Xushnudbek.uz
616K subscribers
11.3K photos
2.87K videos
252 files
9.43K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
August 13, 2024
August 13, 2024
August 13, 2024
August 13, 2024
August 13, 2024
August 13, 2024
🏅 Prezident Tadbirkorlar kuni oldidan qator tadbirkorlarni “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi.

Farmoyish bilan 104 nafar ishbilarmon taqdirlanmoqda.

Taqdirlanganlar ro‘yxati: https://president.uz/uz/lists/view/7466


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 14, 2024
August 14, 2024
August 14, 2024
Forwarded from Xushnudbek.uz
August 14, 2024
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
August 14, 2024
August 14, 2024
❗️Konstitutsiyaga zid va yo‘qolib qolgan qonun nihoyat ertaga Senatda ko‘rilar ekan. Ertaga senatorlarimizning vijdoni sinovdan o‘tadigan kun

Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan yili yo‘l harakatini takomillashtirishga oid bir qator YAXSHI yangiliklarni o‘z ichiga olgan qonun loyihasi ishlab chiqilgandi. Bu qonunni ancha yillardan buyon kutayotgan edik, chunki qonun orqali doimiy qoidabuzar haydovchilarga jarima ballari joriy etilayotgandi.

Ammo YAXSHI hujjat orasiga o‘zining manfaatini tiqib ketishga o‘rganib qolgan ayrim shaxslar shu qonun ichiga O‘TA YOMON va hattoki KONSTITUTSIYAGA ZID bo‘lgan qonun normasini qo‘shib ketishgan. Ya’ni organ xodimini foto va videoga olib, internetga joylashni taqiqlash haqidagi qoida edi bu.

Nega Konstitutsiyaga zid deyapman, bilasizmi? Qonun tashabbuskori bo‘lgan Ichki ishlar vazirligi xorijiy tajriba sifatida "Mana, Fransiyada ham shunaqa qonun bor" deb misol keltirgandi. Bu misol Senat saytida ham chiqqan. Vaholanki, Fransiyada qabul qilingan o‘sha qonun keyinchalik Fransiya Konstitutsiyaviy sudi tomonidan Konstitutsiyaga zid deya topilib, bekor qilingan. Va men 100% ishonaman, bu qonun bizning Konstitutsiyaga ham zid.

Senat saytida keltirilgan Buyuk Britaniya va Germaniya misoli ham xato ekan, ushbu davlatlarda aynan bunaqa qonun mavjud emas ekan.

Jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan mana shu qonun 8 oydan buyon Senatda qolib ketgan edi. Shu qonun ertaga Senat Yalpi majlisida ko‘rilar ekan.

Menda bitta yaxshi va bitta yomon taxmin bor.

Yaxshisi — Senat 8 oy bu qonunni puxta o‘rganish uchun ushlab turgan.
Yomoni — shunchaki jamoatchilik noroziligi bosilib, odamlarning esidan chiqqandan so‘ng, sekingina imi-jimida qabul qilib yuborish uchun ushlab turgan.

Men senatorlar haqida yaxshi gumondaman. Ilohim, ertaga shu gumonim o‘zini oqlasin.

Mustaqillik bayrami arafasida, va bo‘lib ham Olimpiadadagi tarixiy yutuqdan xursand bo‘lib turgan xalqimizning kayfiyatini rasvo qiladigan, fuqarolarning KONSTITUTSIYAVIY huquqlarini mantiqsiz sabab bilan cheklaydigan bunaqa ahmoqona qonunni qabul qilishmaydi, degan umiddaman.

Hurmatli senatorlar, xalq sinovidan o‘tish payti keldi! Bunaqa imkon har doim ham bo‘lavermaydi. Sizlarga ertaga qat’iyat va omad tilayman!


👉 @xushnudbek 👈
August 14, 2024
Xushnudbek.uz
⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e'lon qilindi Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari…
August 14, 2024