This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dam olish kunida ko’rish uchun tavsiya: nomi yo’q podkast
Birinchi sonda iqtisodchi Otabek Bakirov va jurnalist Muhrim A’zamxoʻjayev bilan birga media sohasining yangi yoʻnalishlari, suvsizlik, energetika muammosi, AI-80 benzini, shaharsozlik va biroz futbol haqida gaplashdik.
Darvoqe, hali podkastga nom qoʻymadik va tanlov oʻtkazishga qaror qildik. Video ostidagi izohlarda podkastga nom taklif qiling. Biz ular ichidan eng yoqqan nomni tanlab olamiz. Gʻolibga 1 mln soʻm mukofot beriladi.
Toʻliq suhbatni tomosha qilish uchun:
📲 https://youtu.be/7A6cl9Q3nxY
👉 @xushnudbek 👈

Xushnudbek.uz
14 yashar qizni 7 oy qullikda saqlab, uni turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgan shahrisabzlik N.A (ayol) ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olinibdi.
👉 @xushnudbek 👈
👉 @xushnudbek 👈
Jamil Sharapov O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi bosh konsuli etib tayinlandi.
Bungacha u TIV Konsullik-huquqiy departamenti direktori o‘rinbosari edi.
👉 @xushnudbek 👈
Bungacha u TIV Konsullik-huquqiy departamenti direktori o‘rinbosari edi.
👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ingliz tilini o‘rganishda so‘zlashish (Speaking) ko‘nikmasini yaxshilash uchun ChatGPT ilovasining bepul versiyasidan foydalanishni maslahat berdi.
Buni qanday ishlashini vazirning o’zi ko’rsatib bergan. Qiziq tavsiya, til o’rganayotganlarga foydasi tegib qolar.
👉 @xushnudbek 👈
Buni qanday ishlashini vazirning o’zi ko’rsatib bergan. Qiziq tavsiya, til o’rganayotganlarga foydasi tegib qolar.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev bugun Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi bilan hamkorlikda qilinayotgan 2 ta loyihaga start berdi.
1️⃣ Shirin shahri va Boyovut tumanlarida jami quvvati 1500 MVt bo‘lgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasining dastlabki bosqichi tarmoqqa ulandi. Bu yerda “Mitsubishi” (Yaponiya) kompaniyasining eng zamonaviy va energiya tejamkor gaz turbinalari o‘rnatilgan.
‼️Bu stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasi (yiliga 12 mlrd kW•soat) O‘zbekistondagi barcha aholining qariyb 8 oylik isteʼmolini qoplash imkonini beradi, deyishmoqda.
2️⃣ Toshkent viloyatida yashil vodorod ishlab chiqarish boshlanadi. Loyihada Xitoyning “Longi” kompaniyasi ilg‘or texnologiyalaridan foydalanilyapti.
Ushbu loyiha ishga tushgach, o‘g‘it ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanish qisqaradi va har yili qariyb 33 million metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinadi.
2-bosqichda Buxoro viloyatida 8 ta shamol turbinalarini o‘rnatish orqali 52 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasida yashil elektr energiyasini ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

25-noyabr kuni “Humo arena” majmuasidagi konsertga kirish chog’ida yuzaga kelgan tartibsizlik payti hech kim vafot etmagan va jarohat olmagan, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.
Ushbu konsert dasturiga kirish uchun fuqarolarga soxta bilet sotilganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

❗️Talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi
Barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida qishki ta’til 2023-yilning 25-dekabridan boshlanib, 2024-yilning 7-yanvariga qadar davom etadi.
Darslar 8-yanvar, dushanbadan boshlanadi.

⚡️2023-yil 1-dekabrdan boshlab Ochiq maʼlumotlar portali hamda vazirlik va idoralarning veb-saytlariga quyidagilar ham joylashtiriladi:
a) hududlar kesimida “Haj” ziyoratiga borish uchun navbatda turgan fuqarolarning yagona onlayn navbati;
b) bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish uchun berilgan arizalar navbati;
v) davlat xaridlarini amalga oshirishga oid tartib-taomillarni belgilovchi ichki hujjatlar;
g) bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va taqdim qilinadigan hujjatlar;
d) nodavlat notijorat tashkilotlariga ajratilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari, shu jumladan g‘olib bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlarining buyurtma doirasida bajargan ishlari yuzasidan hisobotlar.

Quyidagi imtihonlar Internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi:
➖falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish (yopiq ilmiy ishlar bundan mustasno);
➖o‘rta-maxsus va professional taʼlim muassasalarining, (shu jumladan, “Temurbeklar maktablari” harbiy-akademik litseylarining) test sinovlari hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari;
➖oliy taʼlim muassasalaridagi harbiy kafedralarga qabul qilish.
Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi, deya xabar bermoqda O‘zA.
👉 @xushnudbek 👈
➖falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish (yopiq ilmiy ishlar bundan mustasno);
➖o‘rta-maxsus va professional taʼlim muassasalarining, (shu jumladan, “Temurbeklar maktablari” harbiy-akademik litseylarining) test sinovlari hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari;
➖oliy taʼlim muassasalaridagi harbiy kafedralarga qabul qilish.
Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi, deya xabar bermoqda O‘zA.
👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kabel yongan
Ijtimoiy tarmoqlarda Kosmonavtlar metro bekatiga yaqin hududda yer ostidan g‘alati tutun bostrib chiqayotganligi tо‘g‘risida xabar tarqaldi.
Ma’lum bо‘lishicha, bugun 110/35/10 kV’li “Sayilgoh” podstansiyasidan chiquvchi 35 kV kuchlanishli kabel tarmog‘i shikastlangan.
Vujudga kelgan holat bartaraf etilgunga qadar iste’molchilar tо‘liq boshqa tarmoqqa о‘tkazilgan, hozirda elektr energiyasi ta’minotidan uzilishlar yо‘q, demoqda HET.
Mazkur vaziyat sabablari aniqlanmoqda.

Samarqand, Farg‘ona, Andijon va Toshkent viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun yangi tariflar belgilandi.
Ekologiya vazirligi boshqa viloyatlarda ham tariflar o‘zgartirilishini ma‘lum qilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Ekologiya vazirligi boshqa viloyatlarda ham tariflar o‘zgartirilishini ma‘lum qilgan.
👉 @xushnudbek 👈
‼️Va nihoyat qoidabuzar haydovchilarga qarshi jarima tizimini ishga tushirish harakati boshlandi!!!
Transport vositasi haydovchilari tomonidan doimiy ravishda qoidabuzarlik sodir etganlik uchun jarima ballari hisoblash tizimini joriy etish ham belgilanmoqda. Tegishli qonun loyihasi parlament quyi palatasida muhokama qilinmoqda.
Yaʼni hisoblangan jarima ballari bir yil davomida o‘n ikki balldan oshgan hollarda oxirgi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun qo‘shimcha jazo tariqasida haydovchini transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish tartibini joriy etish taklif qilinmoqda.
Shuningdek, transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum bo‘lgan shaxs o’zboshimchalik bilan baribir transport vositasini takroran boshqarib yurgani aniqlansa, unga nisbatan jinoiy javobgarlikni belgilash nazarda tutilmoqda.

❗️Transport vositasini mast holda boshqarish, tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlash uchun jinoiy javobgarlik belgilash ko‘zda tutilgan qonun deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Hozirda buning uchun faqat maʼmuriy javobgarlik ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, o‘tgan yili eʼlon qilingan jarima ballari miqdori loyihasida qizil chiroqda o’tganlarga 3 jarima ball berilishi aytilgandi. Tezlikni oshirganlarga esa 1 ball. Bir yil ichida 12 ball yig‘ilganda esa haydovchilik huquqidan mahrum qilinadi.
Barcha qoidabuzarliklar bo’yicha jarima ballari taqsimoti hozircha aniq emas.
👉 @xushnudbek 👈
Hozirda buning uchun faqat maʼmuriy javobgarlik ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, o‘tgan yili eʼlon qilingan jarima ballari miqdori loyihasida qizil chiroqda o’tganlarga 3 jarima ball berilishi aytilgandi. Tezlikni oshirganlarga esa 1 ball. Bir yil ichida 12 ball yig‘ilganda esa haydovchilik huquqidan mahrum qilinadi.
Barcha qoidabuzarliklar bo’yicha jarima ballari taqsimoti hozircha aniq emas.
👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Og’rigan quloqni davolash emas, kesishni xohlayotganlar haqida
Bugun deputatlar ko’p qonunlar qatorida yana bitta antiqa qonunni ham tasdiqlabdi.
Ya’ni ichki ishlar xodimlarini obro‘sizlantirish maqsadida fuqarolar tomonidan foto yoki videotasvirga olib internet orqali tarqatilishi maʼmuriy, hatto 15 sutkagacha qamoq bilan jazolanishga sabab bo‘lishi haqidagi qonun uch o’qishda tasdiqlanib ketibdi.
Bu nima degani?
Bu shu deganiki, ertaga birorta nopok, o’z ishiga noloyiq va qonunbuzar ichki ishlar xodimining videosi yoki suratini internetga joylasangiz, sizga jamoatchilik nazoratidagi faolligingiz, tizimni tozalashdagi yordamingiz uchun rahmat aytishmaydi, balki aksincha 15 sutkagacha tiqib qo’yishadi.
Aslida bunaqa alohida moddaga ehtiyoj bormi?
Yo’q! Ushbu qonun normasiga hech qanday ehtiyoj yo’q va bu ertaga faqat zarar keltiradi.
Hozirgi qonunlarimizda ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablariga bo’ysunmasdan qarshilik qilganlarga jazo bormi? Bor!
Ichki ishlar xodimini haqorat qilgani uchun (xoh hayotda, xoh internetda) jazo bormi? Bor!
Ichki ishlar xodimiga tuhmat qilib, uni obro’sizlantirgani uchun jazo bormi? Bor!
Bo’ldi-da, unda yana nima kerak sizlarga?
O’zi amaliyotda eng ko’p soxta ayblov qo’yiladigan moddalardan biri — ichki ishlar organlari xodimiga qarshilik qilish, degan modda edi, kimnidir 15 sutkaga qamash kerak bo’lsa, odatda mana shu “dejurniy” ayblovdan foydalanishardi. Endi yana bitta “dejurniy” modda qo’shilyapti, ichki ishlar xodimini obro’sizlantirmoqchi bo’ldi, deb qamashlar ko’payadi. Chunki nima obro’sizlantirishu, nima obro’sizlantirish emasligi haqida aniq chegara yo’q.
Juda yomon ish bo’libdi lekin…

Og’rigan quloqni davolash emas, kesishni xohlayotganlar haqida Bugun deputatlar ko’p qonunlar qatorida yana bitta antiqa qonunni ham tasdiqlabdi. Ya’ni ichki ishlar xodimlarini obro‘sizlantirish maqsadida fuqarolar tomonidan foto yoki videotasvirga olib…
Spiker o’rinbosari Alisher Qodirovning yozishicha, mana bu qonun nafaqat ichki ishlar organi xodimiga, balki barcha huquqni muhofaza qilivchi organlar xodimiga taalluqli ekan.
Deputatlar qabul qilib, Senatga yuborgan qonunga ko’ra, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimini vazifasini bajarishi bilan bog’liq axborotni uni obro’sizlantirish maqsadida, internet tarmog’iga joylashtirgani uchun 50 baravargacha jarima (16 mln 500 ming so’m) belgilanmoqda.
Masalan, kimnidir oyog’idan sudrab olib ketayotgan yoki kimnidir kaltaklayotgan xodimning videosini yoxud majlisda qo’l ostidagilarini bo’ralab so’kayotgan biror pogonli amaldorning audiosini internetga joylaganlarni endi javobgarlikka tortishmoqchi.
“Obro’sizlantirish maqsadida“ degan qismi juda nozik bo’lib, istagan tomonga talqin qilish mumkin. Masalan, kimdir “mening maqsadim obro’sizlantirish emas edi, maqsadim jamoatchilik nazorati edi, maqsadim xabar berish edi, yoki shunchaki layk va prosmotr yig’ish edi” desa nima bo’ladi? Hech narsa. “Seni maqsading aynan obro’sizlantirish edi” deb javobgarlikka tortaverishadi. Xuddi qalbingizga kirib chiqqanday.
Hali buning salbiy aks-sadolari ko’p narsaga ta’sir qiladi, deb qo’rqaman…

‼️Va nihoyat qoidabuzar haydovchilarga qarshi jarima tizimini ishga tushirish harakati boshlandi!!! Transport vositasi haydovchilari tomonidan doimiy ravishda qoidabuzarlik sodir etganlik uchun jarima ballari hisoblash tizimini joriy etish ham belgilanmoqda.…
Jarima ballari tizimi haqida qo’shimcha ma’lumot
13 turdagi yo’l harakati qoidalarini buzganlik uchun 0,5 dan 2 gacha jarima ballari hisoblanarkan va yil davomida 12 jarima ball olgan haydovchi boshqarish huquqidan mahrum qilinadi.
Jazo muddati tugagach, yana qayta imtihon topshirib guvohnoma olish mumkin bo’ladi.
Qoidani buzmagan haydovchilar esa rag’batlantiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
13 turdagi yo’l harakati qoidalarini buzganlik uchun 0,5 dan 2 gacha jarima ballari hisoblanarkan va yil davomida 12 jarima ball olgan haydovchi boshqarish huquqidan mahrum qilinadi.
Jazo muddati tugagach, yana qayta imtihon topshirib guvohnoma olish mumkin bo’ladi.
Qoidani buzmagan haydovchilar esa rag’batlantiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent hayvonot bogʻiga Afrikadan 8 ta yovvoyi hayvon olib kelindi
Xususan:
🦓 3 ta zebra;
🦒 3 ta jirafa bolasi;
🐅 1 ta oq Bengal yoʻlbarsi;
🦁 1 ta oq sher.
Hayvonlar Janubiy Afrikadagi maxsus fermada boqilgan bo‘lib, Toshkentgacha Yohannesburg – Antananarivu – Istanbul – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha 10 827 km masofani bosib oʻtgan.
👉 @xushnudbek 👈
Xususan:
Hayvonlar Janubiy Afrikadagi maxsus fermada boqilgan bo‘lib, Toshkentgacha Yohannesburg – Antananarivu – Istanbul – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha 10 827 km masofani bosib oʻtgan.
👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sherzod Bo‘riyev Shahrisabz shahriga hokim etib tayinlandi.
U bunga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining viloyat boshqarmasi boshlig‘i edi.
Shahrisabzning avvalgi hokimi biroz avval Dehqonobod tumaniga hokim bo’lib ketgan edi.

PQ-380. Yoshlar uchun ming kitob.pdf
3 MB
👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM