Xushnudbek.uz
697K subscribers
11.1K photos
2.83K videos
249 files
9.29K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
♻️ Ozodalik uchun kurash

🚯 Yil boshidan buyon noqonuniy chiqindi tashlash bo‘yicha 11 ming 566 ta qoidabuzarlik aniqlandi.

📹 Shuning 600 dan ortig‘i onlayn kuzatuv kameralari orqali qayd etilgan.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha eng ko‘p qoidabuzarlik Samarqandda kuzatilgan — 1 ming 544 ta.

Bu raqamlar boshqa hududlarda quyidagicha:

Toshkent shahrida 1 ming 271 ta;
Farg‘onada 1 ming 212 ta;
Surxondaryoda 983 ta;
Jizzaxda 834 ta;
Namanganda 804 ta;
Andijonda 725 ta;
Sirdaryoda 718 ta;
Navoiyda 590 ta;
Qoraqalpog‘istonda 546 ta.
Buxoroda 507 ta;
Qashqadaryoda 444 ta;
Xorazmda 332 ta.

💵 Jami 4,9 mlrd so‘m jarima belgilangan, shundan 2,5 mlrd so‘mi undirilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Toshkentda “Diffusion Fundamentals-X” xalqaro ilmiy konferensiyasi o‘tkazilmoqda

Ushbu konferensiyada 🇬🇧Buyuk Britaniya, 🇺🇸AQSh, 🇩🇪Germaniya, 🇫🇷Fransiya va 🇦🇹Avstriya kabi davlatlarning dunyo reytingida yuqori o‘rinlarda turuvchi universitetlaridan 25 nafar tadqiqotchi-olimlar ishtirok etmoqda.

Ushbu konferensiya bahonasida kimyo, fizika, kompyutersozlik va matematika bo‘yicha ilmiy-tadqiqot olib borayotgan mahalliy tadqiqotchi-olimlar o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini xalqaro miqyosdagi olimlar bilan muhokama qilish orqali yanada yaxshilash imkoniga ega bo‘ladi.

Konferensiyada Buyuk Britaniyaning University College London universitetidan (22-o'rin) Dr. Marc-Olivier Coppens;
AQShning Chikago universitetidan (13-o'rin) Dr. Steven Durlauf;
AQShning Korenel universitetidan (20-o'rin) Dr. Lawrence E.Blume kabi olim va professor-o‘qituvchilar taqdimot o'tkazishmoqda.


👉@xushnudbek👈
Stipendiyali kontrakt qanaqa bo‘ladi?

Joriy yil 2023/24-o‘quv yili uchun kontrakt miqdorlari oshirilmasligi eʼlon qilindi. Kontraktlar jadvalida bazaviy, yaʼni stipendiyasiz miqdorlar ko‘rsatilgan. Yaʼni ushbu miqdordagi kontrakt to‘lagan talabalarga stipendiya berilmaydi.

Kontraktdagilar ham stipendiya olish uchun nima qilish kerak?

Buning uchun 12 oylik stipendiya pulini ham kontraktga qo‘shib to‘lash kerak.

Masalan, hozirda bir oylik stipendiya 517 ming 880 so‘m. Buni 12 oyga ko‘paytirsak, 6 mln 214 ming 560 so‘m bo‘ladi.

Talabaning 1 yillik bazaviy kontrakti 6 mln 412 ming 610 so‘m deb tasavvur qilaylik. Shunda agar talaba har oy stipendiya olishni istasa, unda 12 mln 627 ming 170 so‘m kontrakt to‘lashi kerak bo‘ladi.

Shunda o‘zi to‘lagan pulni har oy bo‘lib-bo‘lib stipendiya shaklida qaytarib oladi.

Bu oddiy holatda unchalik ham manfaatli taklif emas, lekin ayrimlarda hozir imkon bo‘lsa, stipendiyali shaklda to‘lab qo‘ygani yaxshi. Bundan tashqari ishxonasidagi oylikdan to‘laydiganlar ham stipendiyali qilib o‘tkazsa, soliq imtiyozidan 1 yilda 745 ming so‘m qo'shimcha foyda qiladi.

Bundan tashqari taʼlim krediti olganda ham stipendiyali kontraktga shartnoma olish variantini ko‘rib chiqish mumkin. Ayniqsa qizlarda bu yana-da foydali bo‘ladi, chunki ularga foizsiz kredit beriladi.


👉@xushnudbek👈
Iqtisodchi Otabek Bakirov to‘lov-kontrakt narxlarini o‘zgartirmaslik haqidagi qaror to‘g‘risida o‘z xavotirlarini bildirmoqda. Jumladan, u shunday deydi:

"Narxlarni uzoq vaqt sunʼiy ravishda o‘zgartirmay ushlab turish, bu elektr yo gaz bo‘ladimi, oliy taʼlimda kontrakt bo‘ladimi yo aytaylik, bu kartoshka bo‘lsa ham, masala yechimini va o‘sha tovar-xizmatni siyosiylashtiradi. Keyingi har bir qadamni qo‘yishning ijtimoiy narxi oshib boraveradi, oqibatlar qimmatlashaveradi. Yaʼni ezgu maqsad yo‘lida qopqonga tushiladi.

Biz oliy taʼlimda kontrakt narxlari bo‘yicha shuning chegarasida turipmiz. Ertaga narxlarni hatto tannarx darajasiga olib chiqish uchun ham siyosiy qaror qabul qilishga to‘g‘ri kelib qoladi. Yoki bo‘lmasam subsidiyalanadigan, byudjetga qo‘shimcha yuklama bo‘ladigan yana bir segmentni qabul qilib olamiz.

Hammasini ko‘tara olamizmi?", — deya savol qo‘ygan Otabek Bakirov.

Shuningdek, iqtisodchi oddiy kontraktlar narxi oshirilmayotgani hisobiga xarajatlarni qoplash uchun universitetlar superkontrakt va super-superkontraktlar orqali talaba yig‘ishga moyilligi ortib borayotganini taʼkidlagan.

Eslatib o‘tamiz, 3 yildan buyon davlat oliy taʼlim muassasalarida to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi. Hattoki qog‘ozda moliyaviy mustaqillik berilgan 35 ta OTMlarda ham kontraktni oshirishga ruxsat berilmayapti.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«UzReport» axborot agentligiga tegishli FTV kanali xalqaro formatdagi «The Х-factor» loyihasini namoyish etish uchun Britaniyaning FreemantleMedia kompaniyasidan rasmiy huquqlarni sotib olibdi.

Mualliflik huquqiga rioya qilingan holda jahon miqyosidagi media-loyihalarning O'zbekistonga kelishini eshitsam, doim xursand bo'laman. Chunki bu ijodkorlar uchun yangi chaqiriq, media soha uchun yangi daraja va tomoshabinlar uchun yaxshi kontent bo'ladi.

«Х-faktor» vokal shousining ilk soni 24-sentyabr kuni soat 20:00 da FTV telekanalida efirga chiqadi. Bizni tomoshabop hamda saviyali shou kutib turibdi, degan umiddamiz.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Stipendiyali kontrakt qanaqa bo‘ladi? Joriy yil 2023/24-o‘quv yili uchun kontrakt miqdorlari oshirilmasligi eʼlon qilindi. Kontraktlar jadvalida bazaviy, yaʼni stipendiyasiz miqdorlar ko‘rsatilgan. Yaʼni ushbu miqdordagi kontrakt to‘lagan talabalarga stipendiya…
Talabalar stipendiyasi bo‘yicha ayrim tushuntirishlar

Yangi o‘quv yili boshlangani munosabati bilan barcha talabalar, ayniqsa, 1-kursga kirganlar stipendiya bo‘yicha quyidagi qoidalarni bilib qo‘yishsa zarar qilmaydi:

1️⃣ Davlat grantida o‘qiydiganlar uchun:

👉 umumiy qoidaga ko‘ra, davlat grantida o‘qiydiganlarning barchasi bazaviy 517 ming 880 so‘m stipendiya oladi;

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba semestr yakunida barcha fanlardan “aʼlo” (5) baho (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) olsa, unda unga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holda, yaʼni hozirda 621 ming 456 so‘m miqdorida stipendiya tayinlanadi;

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba 30% va undan ortiq fanlardan “qoniqarli” (3) baho (reyting ko‘rsatkichi — 71 balldan kam) olsa keyingi semestr davomida stipendiya to‘lanmaydi.

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba barcha fanlarni to‘liq 5 bahoga yopmagan yoki 30%dan ko‘prog‘ida 3 baho olmagan bo‘lsa, unda unga bazaviy stipendiya — 517 ming 880 so‘m tayinlanadi.

2️⃣ To‘lov-kontrakt asosida o‘qiydiganlar bo‘yicha:

👉 agar talaba stipendiyali kontrakt to‘lagan bo‘lsa, unda har oy o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qatʼi nazar bazaviy 517 ming 880 so‘m stipendiya oladi, agar stipendiyasiz to‘lagan bo‘lsa, unda olmaydi;

👉 agar to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan talaba semestrda barcha fanlarni “5” bahoga yopsa, unda quyidagicha stipendiya oladi:

kontraktni stipendiyali to‘laganlar — 621 ming 456 so‘m (517 880 + 103 576);

kontraktni stipendiyasiz to‘laganlar — 103 ming 576 so‘m (517 800 so‘mdan 20%).

❗️Demak, hattoki stipendiyasiz kontraktda o‘qiyotgan talabalar ham barcha fanlardan “5” baho olsa, unda ularga OTMning Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan 103 ming 576 so‘m stipendiya tayinlanadi. Stipendiyali kontraktda o‘qiyotganlarniki esa 20%ga ko‘p, yaʼni 621 ming 456 so‘m tayinlanadi;

👉 to‘lov-kontraktni stipendiyali to‘lagan talabalar sessiyani 3 yoki 4 bahoga yopishidan qatʼi nazar, ularga kafolatlangan har oylik 517 ming 880 so‘m stipendiya beriladi.

3️⃣ Alohida toifadagi talabalarning stipendiya olishi:

avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qatʼi nazar 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan o‘zlashtirayotgan (fanlardan qarzi bo'lmagan) talabalarga (grant yoki kontrakt) stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori 776 ming 820 so‘m (517 800 + 258 940) miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qatʼi nazar to‘liq davlat taʼminotida bo‘lgan o‘zlashtirayotgan (fanlardan qarzi bo'lmagan) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori 776 ming 820 so‘m (517 800 + 258 940) miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

Barcha javoblar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi 59-son qarori asosida tayyorlangan.


👉 @xushnudbek 👈
Kontraktdagi talabalar uchun to‘lov-shartnoma berilishi boshlandi

Bugundan boshlab kontrakt.edu.uz platformasi orqali 1-kursga talabalikka tavsiya qilinganlarga hamda 2 va undan yuqori kursda kontraktda o‘qiyotgan talabalarga to‘lov-shartnoma berish boshlandi.

Shartnoma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish hamda ariza yuborish kerak. Ariza OTM tomonidan ko‘rib chiqib, tadsiqlangach, talaba shaxsiy profili orqali elektron shartnomani yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Demak, endi talabalar bemalol to‘lov-shartnomani olgach, banklardan taʼlim krediti olish uchun ariza berishlari mumkin.

❗️ESLATMA: quyidagilar uchun hozircha shartnoma berish boshlanmadi:

• magistraturaga kirganlar;
• super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar;
• “perevod”da o‘tish balini olib, o‘qishini ko‘chirganlar;
• “perevod”da o‘tish balini to‘play olmasdan, super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar.

Ushbu toifa vakillari uchun ham tez orada shartnoma olish imkoniyati paydo bo‘ladi, hozirda tegishli texnik ishlar ketmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
56,7 balldan kam to‘plaganlar ham super-kontraktda o’qishi mumkinmi?
#abituriyent

JAVOB: Ha, mumkin.

Buni biz shartli ravishda “super-muper kontrakt” deb nomlaganmiz. 56,7 balldan kam to’plaganlar super-kontraktning 2 barobarini to‘lashi kerak.

Masalan, abituriyent moliya yo‘nalishiga topshirib, 40 ball to‘plagan, yaʼni 56,7 balldan kam. Demak, u kamida 182 mln 598 ming so‘m to‘lashi kerak (2 x 91.299.300).

‼️Ayrimlar so‘ramoqda. Masalan, abituriyent 54 ball oldi. Kirish bali esa 57 ball bo‘ldi. Shunda 3 ball yetmagan bo‘lsa, 4 ballik shkala doirasida super-kontrakni kamroq to‘laydimi? Yo‘q va aslo yo‘q!

56,7 balldan kam to‘plandimi, tamom, bunaqada ikki karra ko‘proq super-kontrakt to‘lanadi. Kirish baliga qancha yetmagani ahamiyatsiz.

Yanada osonroq hisoblash uchun, mana bu yerdagi faylda ko’rsatilgan miqdorlarni 2 ga ko’paytirsangiz super-muper kontrakt narxi kelib chiqadi.

*️⃣ Aytgancha, 15-oktyabrgacha 100% to’lov qilinganda beriladigan 10% lik chegirma super-muperga ham taalluqli.


👉 @xushnudbek 👈
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi yana Sog‘liqni saqlash vazirligi tarkibiga o‘tkazildi.

Agentlik ayni paytda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tarkibida edi.

Shuningdek, 2024-yil 1-yanvardan Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ham Sog‘liqni saqlash vazirligi tarkibiga o‘tkaziladi.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi. Murojaatni Bosh vazir Abdulla Aripov o'qib eshittirdi.

"Biz eng zarur mahsulotlar savdosi va transportirovkasida to‘liq erkinlik hamda oziq-ovqat yuklari harakatini tartibga soladigan qoidalarni soddalashtirish tarafdorimiz. Savdo yo‘llari xavfsizligi va ochiqligini ta’minlash davlatlararo munosabatlarda o‘zgarmas tamoyil bo‘lib qolishi zarur", — deyiladi murojaatda.

Ma’lumot uchun, 7-8-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiyada 32 ta davlatidan 620 nafardan ziyod xorijiy mehmonlar hamda 30 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotdan vakillar qatnashmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Talabalar to'lov-kontrakt olish maqsadida kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza berayotganda "Shartnoma turini tanlash" degan band bor. Bunda yoki 2 tomonlama, yoki 3 tomonlama shartnomani tanlash so‘ralmoqda. Shu bo‘yicha izoh so‘rab, abituriyentlardan ko‘plab savollar kelib tushdi.

Bu juda oddiy.

2️⃣ Ikki tomonlama shartnoma — bu OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Boshqacha aytganda agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi yonidan to‘lamoqchi bo‘lsa, shu bandni tanlash kerak.

Bundan tashqari bankdan taʼlim krediti olmoqchi bo‘lsa yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lsa ham ikki tomonlama shartnoma olish kifoya qiladi.

3️⃣ Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa (balki keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlab berish sharti bo‘lishi ham mumkin), unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak. Uch tomonlama tanlanganda o‘sha homiy korxonaning (o'qiyotgan universitetning emas) STIR raqamlarini ham kiritish kerak bo‘ladi.

Bankdan ta'lim krediti olmoqchi bo'lganlar yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lganlar uch tomonlama shartnoma olmasin. Ular ikki tomonlama shartnoma olishi kerak.


👉 @xushnudbek 👈
Toshkent xalqaro aeroportida so‘nggi 30 yil ichidagi eng yirik miqdordagi — 8,5 tonna giyohvandlik moddasi qo‘lga olindi.

Bu haqda Bojxona qo‘mitasi O‘zAga maʼlum qildi.


👉@xushnudbek👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qo‘lga tushgan 8,5 tonna giyohvandlik moddasi — voqea aslida qanday bo‘lgan?

“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona komleksining “Aviayuklar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida havo yo‘llari orqali respublikamizga xorijdan olib kelinib, so‘ngra yuk avtotransport vositasi orqali tranzit tarzida olib o‘tilishi rejalashtirilgan 25 tonna og‘irlikdagi 1000 qop qandolat ko‘knorisi urug‘lari oziq-ovqat mahsuloti belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Qandolat ko‘knorisi qayta ishlangan maxsus urug‘ bo‘lib, odatda turli pishiriqlarga qo‘shiladi yoki yuzasiga sepiladi va u giyohvand modda hisoblanmaydi.

Ammo bojxona ko‘rigi davomida hujjatlarda qandolat ko‘knorisi deb ko‘rsatilgan 25 tonna urug‘ va somonlar tarkibida haqiqiy giyohvandlik vositasi hisoblangan 8,5 tonna ko‘knori somoni borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


👉@xushnudbek👈
Jamoat joylarida ibodat libosida yurganlik uchun jazo olib tashlanmoqda

Kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ayrim o‘zgarishlar kiritish haqida qonun qabul qilinganini xabar qilgandik. Shu bo‘yicha ayrim izohlar bermoqchiman:

***

Eng avvalo, kecha eʼtibor berilmagan jihatlardan biri — MJtK 184-1-moddadagi fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlari uchun javobgarlik (1,5 mln so‘mdan 3 mln so‘mgacha jarima yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq) bekor qilindi.

2020–2022 yillarda fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlari yuzasidan 33 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ish ochilgan. Amaliyotda bu odatda hijobda yurgan ayollarga nisbatan qo‘llanardi, garchi bir necha bora hijob ibodat libosi emasligi, Islom dinida ibodat libosi degan alohida kiyim turi yo‘qligi aytilgan bo‘lsa ham.

Xullas, endi shu modda kodeksdan butunlay chiqarib tashlanmoqda.

***

Kechagi qonun bilan FHDY organlarida rasman nikohdan o‘tmagan fuqarolar o‘rtasida nikoh tuzishga doir diniy marosimlar o‘tkazganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi. Ayrimlar ilgari ham shunaqa ediku, rasmiy bo‘lmasa nikoh o‘qigan domlaga chora ko‘rilardi, deb hayron bo‘lmoqda.

Aslida bungacha faqat nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirishganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik mavjud edi, ammo qonuniy o'tmagan nikoh yoshiga yetganlar o‘rtasida nikoh o‘qiganlik uchun javobgarlik belgilanmagan edi.

***

Kechagi qonunda ko‘p xotinli bo‘lishni targ‘ib qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi. Ayrimlar buni ko‘p xotinlik taqiqlandi, deb tushundi. Aslida bizda ko‘p xotinli bo'lish azaldan taqiqlangan.

1995-yil kuchga kirgan Jinoyat kodeksining 126-moddasiga ko‘ra, ko‘p xotinli bo‘lish, yaʼni umumiy ro‘zg‘or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashash 50 baravardan 100 baravargacha jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kechagi qonunda esa jinoyat sifatida belgilangan ushbu qilmishni targ‘ib qilganlik uchun maʼmuriy jazo kiritildi. Yaʼni gap faqat targ‘ibot haqida ketmoqda.


👉@xushnudbek👈
Super-kontraktlar uchun shartnoma berish boshlandi

Beshala yo‘nalishga ham kira olmagan abituriyentlar kontrakt.edu.uz sayti orqali super-kontraktda o‘qish hamda shartnoma olish uchun ariza berishlari mumkin.

❗️ Hozirda, amaldagi qonunchilik bo‘yicha, faqat o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga super-kontrakt uchun ariza yuborish imkoniyati mavjud. Ikkinchi va undan keyingi yo‘nalishlari bazada ko‘rinmaydi.

Chunki hali beshala yo‘nalishga ham kira olmaganlar istalgan birini tanlab super-kontrakt qilishga rasman ruxsat berilgani yo‘q. Ammo shunaqa imkoniyat chiqib qolishi mumkin, kutilmoqda.

Agar siz birinchi yo‘nalishga emas, ikkinchi yoki undan keyingi biror yo‘nalishga super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsangiz, unda ariza bermasdan kutib turishni maslahat beraman.

Shuningdek, birinchi yo‘nalishdan yiqilgan, lekin ikkinchi va undan keyingilardan birortasiga o‘qishga kirganlar ham birinchi yo‘nalishiga super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsa, unda hozir bunga imkoniyat yo‘q. kontrakt.edu.uz sayti orqali faqat o‘qishga kirgan universitetining oddiy kontraktini olishi mumkin. Bunday toifadagi abituriyentlar ham biroz kutib turishlari kerak. Hozirda shu masala ko‘rib chiqilmoqda. Balki tez unda o'qishga kirganlar uchun ham birinchi yo'nalishga super-kontraktda o'qishga ruxsat berilishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈