Xushnudbek.uz
700K subscribers
11.1K photos
2.82K videos
249 files
9.28K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
25-mart, shanba.
Saharlik vaqti: 05:00
Iftorlik vaqti: 18:42 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qachonki, birortangiz Islomini chiroyli qilsa, uning qilgan har bir yaxshi amali oʻn mislidan yetti yuz barobargacha koʻpaytirib yoziladi. Qilgan har bir yomon amali esa oʻz mislicha yoziladi”, dedilar».

Boshqa bir rivoyatda:

“Faqat Alloh uni oʻtib kechib yuborsa (yozilmaydi)”, deyilgan.

Ikki Shayx rivoyat qilishgan.

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam ushbu hadisi shariflarida biz ummatlarini muxlis musulmon boʻlishga targʻib qilmoqdalar. Chunki oʻta muxlis musulmon boʻlmay turib, hech kim oʻz Islomini chiroyli qila olmaydi. Oʻtgan hadislarning birida kishi Islomining chiroyli boʻlishi ichdan ham, ustdan ham Islomning hamma talablariga javob bera oladigan boʻlishi bilan amalga oshishini oʻrgangan edik.

Inson oʻz Islomini chiroyli qilganda esa katta va ulkan mukofotga sazovor boʻlar ekan. Bu mukofot esa ikki tomonlama boʻladi:
1. Uning qilgan har bir yaxshi amali oʻn barobardan yetti yuz barobargacha koʻpaytirib yozilar ekan.
2. Uning qilgan har bir yomon amali oʻz mislicha, koʻpaytirilmasdan yozilar yoki Alloh xohlasa, kechirib yuborilar ekan. Bu esa albatta, moʻmin bandaning oliy darajalarga erishishidan dalolat beradi.
Bu hadisi sharifdan olinadigan foydalar ochiq-oydin koʻrinib turibdi. Faqat Islomimizni chiroyli qilishga urinishimiz qoldi xolos.

"Hadis va hayot" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈
Bektosh Sayipov Qashqadaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

U tayinlovga qadar Namangan viloyati prokurori lavozimida ishlagan.


👉 @xushnudbek 👈
🎙️Ertaga Tashabbusli budjet bo‘yicha ovozli chat tashkil qilinadi

Ayni paytda “Tashabbusli budjet” loyihasining yangi mavsumida ovoz berish jarayonlari davom etmoqda. Bugungi kungacha 10 milliondan oshiq ovozlar berildi. Bu mutloq rekord ko’rsatkich!

Aholining savollariga javob berish va yuzaga kelayotgan muammolarni yechish maqsadida ertaga, 26-mart (yakshanba) kuni soat 15:00 da @xushnudbek Telegram kanalida ovozli chat tashkil qilamiz.

Spikerlar:

-Anvar Karimov
Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari;
-Shohruh Ishonqulov
Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori oʻrinbosari;
-Azimjon Hasanov
Iqtisodiyot va moliya vazirligi boʻlim boshligʻi.

Savollaringizni mana bu post ostida qoldirishingiz mumkin:
https://t.iss.one/xushnudbekuz/784

Biz ularni mas’ullarga albatta yetkazamiz.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hadis #ramazon

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Qachonki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga quloq osish va itoat qilish haqida bayʼat qilsak, sizga, toqatlaringiz yetgan narsada”, der edilar».

📖 Sharh: Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuning bu gaplaridan koʻrinib turibdiki, sahobalar tomonidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bayʼat takrorlanib turgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning:

“Toqatlaringiz yetgan narsada”, deyishlari Islomning umumiy qoidasiga muvofiq gapdir. Islomda insondan uning toqatidan tashqari narsani talab qilish yoʻq.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Sahobai kiromlarning Rasululloh alayhissalomga qayta-qayta bayʼat qilganliklari. Demak, rahbar bilan unga ergashganlar orasidagi ahdnoma – bayʼat vaqti kelganda yangilanib turishi maqsadga muvofiq ekan.
2. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamga quloq osish va itoat qilish haqida ham bayʼat qilinganligi.
3. Islom dinida insonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilish yoʻq ekanligi.

"Hadis va hayot" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i Afzal Irmatovga Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan ayb eʼlon qilinib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.


👉 @xushnudbek 👈
26-mart, yakshanba.
Saharlik vaqti: 04:58
Iftorlik vaqti: 18:43 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ikki xislat munofiqda jam boʻlmaydi: goʻzal shakl va dinda faqih boʻlish”, deganlar».

📖 Sharh: Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bu hadisi shariflari xabar shaklida kelsa ham, lekin buyruq maʼnosini ifoda qilmoqda.

U zotning: “Ikki xislat munofiqda jam boʻlmaydi: goʻzal shakl va dinda faqih boʻlish” deganlari “Ey ummatlarim, munofiq boʻlmayin desangiz, goʻzal shaklga ega boʻlishga va dinda faqih boʻlishga urininglar!” deganlaridir.

Demak, ushbu hadisi sharifni hayotimizga tatbiq qilib, goʻzal shaklga ega boʻlish va Islom dinida faqih boʻlish uchun harakat qilishimiz kerak. Goʻzal shaklga ega boʻlish tom maʼnoda goʻzal boʻlishdir. Islomda har bir narsa goʻzal boʻlishiga targʻib qilinadi. Shuning uchun biz, musulmonlar tom maʼnoda goʻzal boʻlishga harakat qilmogʻimiz lozim.

Dinda faqih boʻlish – Islom dinini daqiq tushunish esa, ikki dunyo saodatimiz uchun nihoyatda zarurdir. Dinda faqih boʻlish iymon nima-yu kufr nima, Islom nima-yu nifoq nima, savob nima-yu gunoh nima, halol nima-yu harom nima, jannat nima-yu doʻzax nima, jannatga nima bilan erishiladi-yu, doʻzaxga tushishga nima sabab boʻladi kabi va shunga oʻxshash muhim masalalarni toʻliq bilish deganidir.

Biz, musulmonlar munofiq boʻlmaylik, desak, ushbu hadisi sharifda koʻrsatilgan ikki narsani oʻzimizda jam qilishga urinishimiz lozim. Bu bilan esa ikki dunyomiz saodatini taʼminlagan boʻlamiz.

"Hadis va hayot" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈
Live stream scheduled for
🎙️Bugun Tashabbusli budjet bo‘yicha ovozli chat tashkil qilinadi

Ayni paytda “Tashabbusli budjet” loyihasining yangi mavsumida ovoz berish jarayonlari davom etmoqda.

Aholining savollariga javob berish va yuzaga kelayotgan muammolarni yechish maqsadida bugun, 26-mart (yakshanba) kuni soat 15:00 da @xushnudbek Telegram kanalida ovozli chat tashkil qilamiz.

Spikerlar:

-Anvar Karimov
Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari;
-Shohruh Ishonqulov
Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori oʻrinbosari;
-Azimjon Hasanov
Iqtisodiyot va moliya vazirligi boʻlim boshligʻi.

Savollaringizni mana bu post ostida qoldirishingiz mumkin:
https://t.iss.one/xushnudbekuz/784

Biz ularni mas’ullarga albatta yetkazamiz.


👉 @xushnudbek 👈
Live stream started
Tashabbusli budjetga bag‘ishlangan ovozli chat boshlanadi.

Ulanish uchun:
https://t.iss.one/xushnudbek?livestream
Live stream finished (36 minutes)
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
26-mart, yakshanba.
Iftorlik vaqti: 18:43 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Sahl ibn Saʼd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Allohga qasamki, Alloh sening irshoding ila bir kishini hidoyat qilmogʻi sen uchun qizil tuyalardan koʻra yaxshiroqdir”, dedilar.
Uchovlari rivoyat qilganlar.

📖 Sharh: Ushbu hadisi sharifda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam kishilarga din ahkomlarini oʻrgatish, ularni hidoyatga boshlash naqadar savobli va ulugʻ ish ekanligini bayon qilmoqdalar. U zot sollallohu alayhi vasallam bu hadisni hazrati Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhuga u kishini Haybarga yuborayotib aytganlar.

Maʼlumki, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam har qanday narsaga qasam ichavermaydilar. Ammo bu hadisda koʻtarilayotgan masala oʻta muhim boʻlganligi uchun uni “Allohga qasamki”, deb boshlaganlar.

Arablarda oʻsha paytda eng goʻzal va moʻtabar mulk – ayni yetilib, qizgʻish tusga kirgan tuya hisoblangan. Bu bilan Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam hazrati Aliga: “Ey Ali, sening bir odamni hidoyatga kirishiga sabab boʻlganing eng yaxshi mulk boʻlmish qizil tuyalarni sadaqa qilganingdan yaxshiroqdir”, demoqchilar.

Kishilarni hidoyatga boshlash, ularga ilm oʻrgatish Islom dinida eng ulugʻ ishlardan. Bu hadisi sharifdan esa bir insonga ilm oʻrgatib, bilmagan narsasini bildirib, xatosini toʻgʻrilab, uni toʻgʻri yoʻlga irshod qilib qoʻyish qanchalar savobli ish ekanligini bilib olmoqdamiz.

"Hadis va hayot" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa #kechki_mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 15 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Sharof Boshbekov. Mening yozuvchi bo‘lganim (biografik hajviya)

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/sharof-boshbekov-biografik-hajviya

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/bloIZ0tLepc

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

💬 Muhokama bu yerda.

Izoh: Kanalimni anchadan buyon kuzatadiganlar yaxshi biladi, avvallari #кечки_мутолаа loyihasida har kuni biror hikoya berib borar edim. Lekin keyinchalik hikoya tanlash va uning texnik tomonlariga vaqt topa olmay, to‘xtab qolgandi.

Shuni anchadan buyon qayta tiklashni niyat qilardim, ammo kamida 1 oylik zaxira to‘play olmayotgandim. Nihoyat bu Ramazon oyiga to‘g‘ri kelganidan xursandman. Endi nasib qilsa, haftaning har payshanba va yakshanba kunlari "Kechki mutolaa" doirasida hikoyalar eʼlon qilib boramiz.

Va ko‘pchilikning taklifiga binoan, imkon boricha hikoyalarning audiovariantini ham berib borishga harakat qilamiz. Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.


👉 @xushnudbek 👈
27-mart, dushanba.
Saharlik vaqti: 04:56
Iftorlik vaqti: 18:44 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, Alloh azza va jalla menga vahiy qilib: «Tavozeʼli boʻlinglar! Biringiz boshqangizga tajovuzkorlik qilmang!” degan», dedilar».

📖 Sharh
: Nabiy alayhissalom “Bir-biringizga dushmanlik maʼnosidagi gap-soʻz, xatti-harakatlarni qilmanglar, balki kamtar, tavozeʼli boʻlinglar, oʻzlaringizni past tutinglar”, degan ekanlar.

Moʻmin-musulmonlar mana shu hadisi shariflarga amal qilib, mutavozeʼ boʻlishlari, oʻzlarini past tutishlari, bir-birlariga dushmanlik qilmasliklari kerak.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizni ham Oisha r.a onamizdek ko‘zingiz yoshlanarmikan…

Manba: @Muftiy_Nuriddin_domla

Ushbu kanal muftiy Nuriddin domla hazratlarining rasmiy kanali ekan.


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kecha kanalimizda o'tkazilgan Tashabbusli byudjet bo'yicha ovozli chatning to'liq audiovariantini tinglashingiz mumkin.

Orasida qiziq suhbatlar bo'ldi juda. Masalan, TrollUz sahifasi asoschisi Umid Gafurov yaxshi takliflarni bildirdi, parkentlik maktab o'qituvchisi Abdunosir Mirodilov jarayonlar haqida xolis fikrini aytdi, quvalik hokim yordamchisi Nozimbek aka esa rosa yondirdi, ochig'i. Tizim haqidagi ko'p sirlarni ochiq-oydin gapirib berdi.

Umuman olganda kecha bevosita onlayn qatnasholmaganlar imkon bo'lganda eshitib ko'rsangiz zarar qilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
❗️ Oʻzbekistonda oxirgi 10 yilda 6 marta kuchli zilzilalar kuzatilgan

6-8 balli zilzilalar natijasida qurbonlar 16 kishini, jabrlanganlar 54 kishini, iqtisodiy zarar esa 84 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Vayronkor zilzilalar:
Kon zilzilasi (2011-yil, 8 ball);
Tuyaboʻgʻiz zilzilasi (2013-yil, 7 ball);
Marjonbuloq zilzilasi (2013-yil, 8 ball);
Kitob va Baxmal zilzilalari (2016-2017-yillar, 7 ball);
Boysun zilzilasi (2022-yil, 6 ball).

Mamlakat hududida 1900-yildan shu kunga qadar 60 dan ortiq kuchli va halokatli (magnitudasi 5 dan yuqori) zilzilalar sodir boʻlgan.


👉 @xushnudbek 👈
🚆Toshkentdan qatnovchi ayrim mahalliy va xorijiy poyezdlar jadvali oʻzgardi

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportini Bobur koʻchasi bilan bogʻlovchi koʻprikda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 27-martdan 15-aprelga qadar ayrim yoʻlovchi poyezdlar harakati jadvaliga oʻzgartirishlar kiritildi.

📑 Toʻliq jadval


👉 @xushnudbek 👈