Xushnudbek.uz
677K subscribers
11.1K photos
2.84K videos
251 files
9.33K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Tashabbusli byudjet muvaffaqiyatsizligi uchun emas, muvaffaqiyati uchun tanqidga uchrayapti

Telegramdagi “Iqtisod4i” kanali “Tashabbusli byudjet” haqida post qoldirdi. Jumladan, shunday deyiladi:

“Xabaringiz bor, hozir O‘zbekistonda Tashabbusli byudjet jarayoni ketyapti.

Turli tomondan tanqidlar ham yog‘ilyapti bu loyihaga. Qizig‘i, shu jarayonni «nima uchun davlat maktabni yoki kasalxonani o‘zi joyiga qo‘yib qo‘ymay, ularni ham Tashabbusli byudjetga qo‘shyapti», deb tanqid qilishyapti.

Mana shuning o‘ziyoq loyiha eng muhim vazifasini bajaryapti degani. Maktablarning, shifoxonalarning ahvolini ko‘rib, ularni shundoq ham joyiga qo‘yish kerakligi aytilyapti. Buning uchun xalq ovoz berishi shart emas. Bu to‘g‘ri. Ana shu muhokamalarga esa Tashabbusli byudjet sababchi.

Mohiyatan xalq o‘z ovozini o‘z vakillariga saylovlarda berib bo‘lgan. O‘sha ovozlar bugun maktablarda, shifoxonalarda muammo bo‘lmasligi uchun yetarli bo‘lishi kerak.

Eng muhimi, pullar qayerga sarflanayotgani haqidagi muhokama, parlamentning asosiy vazifasi bo‘lgan kimdan qancha soliq olish va qayerga qancha sarflash kerakligi haqidagi muhokama ham qachondir boshlanishiga umid beradi.

Bugun “maktabni Tashabbusli byudjetga aralashtirmaslik kerak” deyayotgan odamlar, ertaga aslida maktabga qayerdan pul kelishi kerakligi haqida ham savollar bera boshlar, balki.

Hozircha esa, Tashabbusli byudjet asosan muvaffaqiyatsizligi uchun emas, muvaffaqiyati uchun tanqidga uchrayapti”.

Post tugadi.

P/S: bu haqida avval ham ko’p yozganman, “Tashabbusli byudjet” xalqning ongini oshirishda juda katta foyda beryapti. Eng avvalo:

1) davlat byudjeti amaldorlarning emas, xalqning puli ekanligini tushunyapti;

2) to’layotgan soliqlari qayerga qanday sarflanayotganiga qiziqishyapti;

3) davlat buyurtmasi asosida bajarilayotgan qurilishlar va ishlarni jamoatchilik nazorat qilishni boshlayapti;

4) shaxsiy manfaatlar uchun emas, mahalla va jamoat manfaatlari uchun ko’pchilik o’zaro birlashish, harakat qilish, fidoyilik va jonbozlik ko’rsatishni o’rganyapti;

5) Yuta olmay qolganlar hokim va boshqa mas’ullarga “biz shunday yomon sharoitda qachongacha yashaymiz, nega davlat qilib bermayapti?” deb savol va talab qo’yishni boshlayapti.

❗️Eng asosiysi bularning barchasi juda qisqa vaqt — atigi 2-3 yilda bo’lyapti. Mana bunisi haqiqatda juda ajoyib.

Ovoz berish jarayonidagi muammo va kamchiliklar esa, yil sayin takomillashib boraveradi, bundan katta fojia yasash shartmas.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Prezident farmoni bilan boj to‘lovidan ozod qilingan oziq-ovqatlar narxi “Korzinka” do’konlarida katta chegirma bilan sotuvga chiqarildi.

Bu haqda "Korzinka" rahbari Zafar Hoshimov ma’lum qildi.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️Pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilandi

Bugun Shavkat Mirziyoyev pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi qonunni imzoladi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari o’rinbosari Komil Allamjonov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash uchun ma’muriy va jinoiy javobgarliklar kuchaytirilmoqda.

Jumladan, umumiy holatda biror shaxsni majburiy mehnatga jalb etish 30 mln so‘mgacha (100 baravar) jarimaga sabab bo‘lsa, endilikda pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish 45 mln so‘mgacha (150 baravar) jarima bilan jazolanishi mumkin.

Jinoyat kodeksida ham pedagoglarga qarshi harakat uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilandi va jazo kuchaytirildi. Ya’ni pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash uchun, agar xuddi shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, 45 mln so‘mdan 60 mln so‘mgacha jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi belgilandi.

Shuningdek, ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish uchun ham ma’muriy javobgarlik kuchaytirildi. Endilikda bu qilmish uchun fuqarolarga 2,1 mln so‘mdan 4,5 mln so‘mgacha jarima, mansabdor shaxslarga esa 3 mln so‘mdan 6 mln so‘mgacha jarima belgilanmoqda.

❗️E’tiborli jihati, ilgari pedagogning faoliyatiga noqonuniy aralashish uchun faqat jarima jazosi belgilangandi. Endilikda ushbu qilmishni takroran sodir etgan mansabdor shaxslarga 15 sutkagacha ma’muriy qamoq belgilanishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
27-mart, dushanba.
Iftorlik vaqti: 18:44 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abul Ubaydayndan rivoyat qilinadi:

“Abdullohdan isrofgarlar haqida soʻragan edim, «Ular molni nohaq oʻrinlarga sarflaydiganlar”, dedi».

📖 Sharh: Demak, nohaq oʻrinlarga, harom-xarish, behuda narsalarga mol sarflagan kishi Qurʼondagi “mubazziriyn”, yaʼni isrofgarlardan boʻlib qolar ekan va ularga atalgan azob-uqubatlarga duchor boʻlar ekan. Siz bilan biz isrofchi boʻlishdan mutlaqo saqlanishimiz kerak.

Yana bir hadisda:
Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi:

“Isrofgar nohaq sarflaydigandir”.

📖 Sharh: Yaʼni molni nohaq oʻrinlarga sarflaydigan odam isrofgar boʻlar ekan.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endi pedagoglarning kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashgan yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilgan mansabdor shaxslar 15 sutkaga qamalishi mumkin.

Openbudget uchun ovoz yig’ishga o’qituvchilarini qo’rqitib, majburlayotgan maktab direktorlarining hozirgi holati👆


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Vaqf” fondi zakot to’lamoqchi bo’lgan insonlarga taklif bilan chiqyapti: yurtimizdagi diniy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan tolibi ilmlarning shartnoma pullarini to‘lash orqali zakotingiz haqdorlarga yetkazib beriladi.

Vaqf fondining “ZAKOT” aksiyasida ishtirok eting va bo‘lajak muhaddis, faqih va qorilarning ilm olishiga hissa qo‘shing!

Zakot va xayriya qilish uchun ustiga bosing:
PAYME | CLICK | Uzum | Bank | Agrobank | uPay


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Katta xatoga yo’l qo’ymaylik: Openbudget’ga pasportlarni aralashtirmaslik kerak

Tashabbusli byudjet loyihasida “bir kishi — bir ovoz” prinsipi bo’yicha ovoz berishni tashkil qilish uchun ko’plab takliflar bildirilmoqda.

Jumladan, OneID tizimida elektron imzo orqali ovoz berishni yo’lga qo’yishni taklif qilishmoqda. Bu tizimda har bir insonning pasport ma’lumoti orqali ro’yxatdan o’tish amalga oshirilgani uchun, bir kishi faqat bitta ovoz bera oladi.

❗️Ammo bu katta xato bo’ladi va hozirgiga qaraganda ko’proq jiddiy zarar olib keladi.

Sababi hozir bitta suv uchun telefonidagi SMSni bemalol birovlarga aytib, “ovozini sotayotgan” sodda insonlar, ertaga tushunmasdan pasportini ham birovlarga beraveradi. Natijada begonalar qo’lida o’n minglab insonlarning pasport ma’lumotlari va OneID tizimiga “dostup”i paydo bo’ladi. Bundan esa ko’plab g’arazli maqsadlarda foydalanishlari mumkin.

Shu sababli jarayonni yanada og’irlashtirmaslik va millionlab fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini xavf ostida qoldiradigan tizim yaratib qo’ymaslik kerak.

Bu haqda kechagi ovozli chatda ham o’z munosabatimni bildirdim👆

O’zi bizga minglab odamlarning pasport ma’lumotlari o’g’irlanishiga va o’zining ruxsatisiz nomiga sim-kartalar olinishiga sababchi bo’layotgan UzIMEI tizimi yetib ortadi. Yana bitta UzIMEI og’irlik qiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Katta xatoga yo’l qo’ymaylik: Openbudget’ga pasportlarni aralashtirmaslik kerak Tashabbusli byudjet loyihasida “bir kishi — bir ovoz” prinsipi bo’yicha ovoz berishni tashkil qilish uchun ko’plab takliflar bildirilmoqda. Jumladan, OneID tizimida elektron…
Audio
Bir kishi - bir ovoz prinsipiga qanday o‘tsa bo‘ladi?

Umuman olganda buning texnologik yechimi bor. Avval ham vazirlikka buni ko‘p bora taklif qilganman.

Yuqorida tilga olingan UzIMEI tizimida siz qaysi kompaniya raqamidan foydalanishingizdan qatʼi nazar, ariza yuborilgan paytda tizim avtomatik ravishda shu telefon raqam kimning nomida ekanligini aniqlaydi va pasport maʼlumoti bilan solishtiradi.

Xuddi shu texnik yechimni Openbudget‘da ham qo‘llash kerak. Yaʼni masalan men bitta raqamimdan ovoz bersam, keyingi boshqa raqamimdan qayta ovoz bermoqchi bo‘lganimda, tizim avtomatik tekshirib, «Kechirasiz, hurmatli Xudoyberdiyev Xushnud, siz avval falon raqamingizdan ovoz berib bo‘lgansiz» degan ogohlantirish chiqishi kerak.

Albatta, qo‘shimcha tekshirish maʼlum soniya vaqt oladi, balki serverga yana-da yuklama tushirar. Lekin buyog‘i endi odamlarning emas, vazirlik muammosi, asosiysi bunga yechim topsa bo‘ladi.

Muhimi, agar shunaqa tizim ishga tushsa, hozirgiga o‘xshab mingtalab sim-karta sotib olib, ovozni sunʼiy ko‘paytirishlarga chek qo‘yiladi. Umumiy ovozlar soni keskin kamayadi, ammo haqiqiy holat yuzaga chiqadi.

Balki shu bahonada nomimizga olingan va o'zimiz bexabar bo'lgan telefon raqamlarni ham aniqlab olarmiz.


👉 @xushnudbek 👈
28-mart, seshanba.
Saharlik vaqti: 04:54
Iftorlik vaqti: 18:45 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Nofeʼ ibn Abdulhorisdan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Keng maskan, solih qoʻshni va yaxshi markab kishining saodatidandir”, dedilar».

📖 Sharh: Demak, maskanning keng boʻlishi, qoʻshnining ahli solih boʻlishi va miniladigan markab (ulov)ning yaxshi boʻlishi inson saodati omillaridan ekan.

"Al Adab. 2" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈
Bilol r.a.ning cheksiz muhabbati
Muftiy Nuriddin domla
Cheksiz muhabbat tarixi haqida ta’sirli hikoya.

Manba: @Muftiy_Nuriddin_domla
Muallif: Muftiy Nuriddin domla hazratlari


👉 @xushnudbek 👈
Bugundan boshlab Toshkent shahrida “XVII jahon chempioni Rustam Qosimjonov” xalqaro turniriga start beriladi.

Ilk marta tashkil etilayotgan turnirda qatnashayotgan 20 nafar shaxmatchining 8 nafari xorijiy mehmon grossmeysterlar bo’lib, ular orasida Alexandr Grischuk (2731), Shaxriyar Mamedyarov (2703), Jorden Van Forest (2682) hamda Parham Maghsoodloo (2660) ham bor.

Turnir rapid formatida, 2 ta guruhda 9 turdan iborat bo’ladi. Umumiy sovrin jamg’armasi - 70 ming AQSh dollari.

Qiziq partiyalar ko’ramiz, degan umiddamiz.


👉 @xushnudbek 👈
🧑‍⚕️👨‍⚕️Tibbiyot xodimining faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi

Shavkat Mirziyoyev bu haqdagi tegishli qonunni imzoladi, deya xabar bermoqda O‘zA (@uzauz).

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi 197-7-modda bilan to‘ldirilib, unda tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga turli shaklda qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazish uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.

Mazkur qilmish uchun fuqarolarga – 1,5 mln so‘mdan 2,1 mln so‘mgacha (bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 7 baravarigacha), mansabdor shaxslarga esa 2,1 mln so‘mdan 3 mln so‘mgacha (7 baravardan 10 baravargacha) jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq tarzidagi jazo belgilandi.


👉 @xushnudbek 👈
Kattaqo‘rg‘onda xonadonda gaz portlab, 4 kishi vafot etdi

Samarqand viloyat prokuraturasining xabar berishicha, hodisa shu yil 17-mart kuni soat 05:00 da Kattaqo‘rg‘on tumani, “Madrasa” mahallasida sodir bo‘lgan.

Chaqnash (portlash) xonadon egasining tabiiy gazga mo‘ljallangan isitish pechini o‘t oldirgan vaqtda yuz bergan.

Natijada er-xotin va ularning ikki nafar voyaga yetmagan nabiralari ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.

Holatni prokuratura o‘rganmoqda.

P/S: rasmiy ma’lumot hodisadan 11 kun o‘tib berildi.


👉 @xushnudbek 👈
Soliq qo'mitasi bayonoti: ortiqcha undirilgan foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar qaytariladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida qayd etilgan foyda solig‘i bo‘yicha holatlar Soliq qo‘mitasi tomonidan zudlik bilan o‘rganildi.

Tezkor o‘rganish natijalari tanqidiy ravishda ko‘rib chiqilib, quyidagi chora-tadbirlar belgilab olindi:

birinchidan,
ushbu kamchiliklarga yo‘l qo‘yganliklari uchun Soliq qo‘mitasi masʼul nazorat departamenti boshlig‘i B.Muqimov va Toshkent shahar bo‘lim boshlig‘i O.Lutfillayev egallagan lavozimlaridan ozod etildi;

ikkinchidan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i Yu.Nasimjanov va Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari J.Mirpo‘latovning maxsus unvonlari bir pog‘onaga pasaytirilib, intizomiy jazo chorasi belgilandi;

Shuningdek, Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish departamenti boshlig‘i X.Bazarovga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi tayinlandi.

uchinchidan, foyda solig‘i bo‘nak to‘lovlari hisobidan byudjetga undirilgan ortiqcha mablag‘larni 28-mart kuni soat 13:00 ga qadar soliq to‘lovchilarga to‘liq qaytarish vazifasi belgilandi;

to‘rtinchidan
, qayd etilgan holatlar bo‘yicha Toshkent shahar soliq organlarida maxsus boshqarma tomonidan xizmat tekshirishi o‘tkazish va natijalari bo‘yicha hujjatlarni huquqni himoya qilish organlariga yuborish vazifasi topshirildi.

❗️"Hurmatli tadbirkorlar, Soliq qo‘mitasi qayd etilgan holatlar bo‘yicha vaqtida axborot bergan tadbirkorlik subyektlariga minnatdorlik bildirgan holda, summasidan qatʼi nazar kelgusida qayd etiladigan har bir holat bo‘yicha Soliq qo‘mitasiga yoki @dsq_anticorrupciya_bot ga murojaat qilishingizni iltimos qiladi", - deyiladi bayonotda.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DXX o‘tkazgan tezkor tadbirlarda:

Nurota tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi fermer xo‘jalik rahbari bilan o‘zaro til biriktirib, 80 gektar yer maydonini 1 mlrd so‘mga sotishga kelishib, oldindan 700 mln so‘m olgan vaqtda;.

Andijon shahridagi qurilish firmasi rahbari hokimlik zaxirasidagi 14 sotix yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming AQSH dollari olgan vaqtida;

Samarqand tumanida yashovchi fuqaro o‘ziga dehqon xo‘jaligi tashkil etishi uchun berilgan 35 sotix yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 45 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 25 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.


👉 @xushnudbek 👈
🛬 Rekonstruksiya ishlari olib borilishi munosabati bilan joriy yil 1-apreldan “Andijon” xalqaro aeroportida samolyotlarni qabul qilish va jo‘natish vaqtincha to‘xtatiladi.


👉 @xushnudbek 👈