Xushnudbek.uz
700K subscribers
11.1K photos
2.82K videos
249 files
9.28K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
2024-yil 1-yanvarga qadar olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi belgilanadigan tovarlar ro'yxati.

Bunda asosan kundalik iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari nazarda tutilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Mahkumlarni bir koloniyadan boshqasiga o‘tkazish sud tomonidan hal etiladigan bo'ldi

Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarni kino-, foto-, videotasvirga tushirishga va ulardan intervyu olishga ularning yozma roziligi bilan birga jazoni ijro etuvchi organning ruxsati ham olinishiga oid yangi norma kiritildi.

Mahkumlarga navbatdagi uchrashuvdan mahrum qilish tarzidagi intizomiy jazo chorasi kiritildi.

Endilikda saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlarga oid quyidagi masalalar sud tomonidan hal qilinadi:

manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga, umumiy, qattiq yoki maxsus tartibli koloniyalardan – turmaga o‘tkazish;

manzil-koloniyadan umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga, qattiq tartibli koloniyadan – maxsus tartibli koloniyaga, koloniyadan – turmaga qaytarish haqida.

Ilgari mazkur tartiblar intizomiy jazo sifatida Jazoni ijro etish muassasalari tomonidan qo‘llanilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Asaka tumani sobiq hokimiga sud hukmi o‘qildi

Mansur Alixonovga
nisbatan Jinoyat kodeksining 5 ta moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Sud hukmi bilan unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 3 yil 1 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Sudlanuvchining shikoyatiga asosan ish Andijon viloyat sudining apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, M.Alixonov 2022-yilning sentyabrida yer munosabatlarini tartibga solishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etmagani hamda faoliyatida boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlari aniqlangani uchun lavozimidan ozod etilgan edi.


👉 @xushnudbek 👈
2023-yilgi (hijriy 1444-yil) zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️Ulug‘bek Rozuqulov «O‘zavtosanoat» kompaniyasi raisi lavozimiga tayinlandi.

U 2018-yildan buyon O‘zbekistonning Indoneziya, Vyetnamdagi elchisi edi.

Ulug'bek Rozuqulov 2015-2017-yillarda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - «O‘zavtosanoat» rahbari sifatida faoliyat yuritgan.


👉 @xushnudbek 👈
24-mart, juma.
Iftorlik vaqti: 18:41 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Anasdan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Allohga duo qilsangiz, duoda azmu qarorli boʻling. Zinhor birortangiz: «Xohlasang, bergin” demasin, chunki Allohni majburlovchi yoʻq», dedilar».

📖 Sharh: Alloh taolo bandasining soʻrashidan bezor boʻlmaydi. Banda soʻrasa bas. Alloh subhanahu va taolo barcha maxluqotlarning soʻraganlarini toʻplab turib, har biriga soʻraganidan yuz baravar, million baravar ortiq qilib berib yuborsa ham, mulkidan zarracha kamaymaydi.

Shuning uchun koʻp narsa soʻrab yubormadimmi, kabi nooʻrin andisha qilib oʻtirmasdan, azmu qaror bilan soʻrayverish kerak. Duolarim albatta qabul boʻladi, degan ishonch bilan soʻrash lozim.

Bu hadisi sharifda kelgan maʼnoga hayotda juda koʻp marta guvoh boʻlganmiz. Baʼzilar: “Duo qilganimda falon narsani ham soʻrasam boʻlar ekan” qabilidagi gaplarni koʻp gapirishadi. Bunday afsuslar takrorlanmasligi uchun duoda ushbu hadisi sharifga doimo amal qilishimiz lozim boʻladi.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈
❗️Ertaga (shanba) barcha uchun ish kuni.

Sababi haftasiga 5 kun ishlovchilar ayni shu kun (shanba) hisobidan 22-mart (chorshanba) kuni dam olishgan edi.


👉 @xushnudbek 👈
“Ipoteka-bank” va “Coca-cola”dagi davlat ulushi qanchaga sotilgan?

Shavkat Mirziyoyev bugun davlat mulkini xususiylashtirish ishlarining ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda aytilishicha, o‘tgan o‘n yilda 1,2 trillion so‘mlik davlat aktivlari sotilgan bo‘lsa, 2022-yilning o‘zida bu ko‘rsatkich 11,3 trillion so‘mga yetdi.

Jumladan, “Ipoteka bank” 324 million dollarga va “Coca-cola” kompaniyasidagi davlat ulushi 252 million dollarga sotilgani ham oxirgi yillardagi eng yirik bitimlar bo‘ldi.

Ammo bu boradagi ishlar hamma joyda ham bir maromda ketmayapti. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo va Sirdaryoda o‘tgan yili savdoga chiqarilgan mulklarning 30 foizi ham sotilmagan.

“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi mulklarning xususiylashtirilishi sust.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
“Ipoteka-bank” va “Coca-cola”dagi davlat ulushi qanchaga sotilgan? Shavkat Mirziyoyev bugun davlat mulkini xususiylashtirish ishlarining ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda aytilishicha, o‘tgan o‘n yilda 1,2 trillion so‘mlik davlat aktivlari sotilgan…
❗️Bugun prezidentning qarori bilan xususiylashtirish dasturi tasdiqlandi. Unda 3 ta yo‘nalishda – aksiya, ko‘chmas mulk va IPO bo‘yicha xususiylashtirish rejalari belgilangan. Unga ko‘ra:

mingta korxonadagi davlat aksiya paketlari sotuvga chiqariladi;

mingta ko‘chmas mulk obyektlari ommaviy savdolarga qo‘yiladi;

40 ta yirik korxona va banklardagi davlat ulushi “xalqchil IPO” orqali sotiladi. Jumladan, ilk bor Navoiy va Olmaliq kombinatlari, Metallurgiya kombinati, “O‘ztelekom”, Milliy bank, Sanoatqurilishbank kabi yirik korxonalarning o‘rtacha 2 foiz aksiyalari aholiga taklif etiladi.

Bunda aholiga aksiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish imkoniyati yaratiladi. Aksiyalari sotilgan korxonalar 5 yil davomida sof foydasining kamida 30 foizi dividend to‘lashga yo‘naltiradi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur dastur samarasida joriy yilda 13 trillion so‘m tushum taʼminlanadi.


👉 @xushnudbek 👈
25-mart, shanba.
Saharlik vaqti: 05:00
Iftorlik vaqti: 18:42 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qachonki, birortangiz Islomini chiroyli qilsa, uning qilgan har bir yaxshi amali oʻn mislidan yetti yuz barobargacha koʻpaytirib yoziladi. Qilgan har bir yomon amali esa oʻz mislicha yoziladi”, dedilar».

Boshqa bir rivoyatda:

“Faqat Alloh uni oʻtib kechib yuborsa (yozilmaydi)”, deyilgan.

Ikki Shayx rivoyat qilishgan.

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam ushbu hadisi shariflarida biz ummatlarini muxlis musulmon boʻlishga targʻib qilmoqdalar. Chunki oʻta muxlis musulmon boʻlmay turib, hech kim oʻz Islomini chiroyli qila olmaydi. Oʻtgan hadislarning birida kishi Islomining chiroyli boʻlishi ichdan ham, ustdan ham Islomning hamma talablariga javob bera oladigan boʻlishi bilan amalga oshishini oʻrgangan edik.

Inson oʻz Islomini chiroyli qilganda esa katta va ulkan mukofotga sazovor boʻlar ekan. Bu mukofot esa ikki tomonlama boʻladi:
1. Uning qilgan har bir yaxshi amali oʻn barobardan yetti yuz barobargacha koʻpaytirib yozilar ekan.
2. Uning qilgan har bir yomon amali oʻz mislicha, koʻpaytirilmasdan yozilar yoki Alloh xohlasa, kechirib yuborilar ekan. Bu esa albatta, moʻmin bandaning oliy darajalarga erishishidan dalolat beradi.
Bu hadisi sharifdan olinadigan foydalar ochiq-oydin koʻrinib turibdi. Faqat Islomimizni chiroyli qilishga urinishimiz qoldi xolos.

"Hadis va hayot" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈
Bektosh Sayipov Qashqadaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

U tayinlovga qadar Namangan viloyati prokurori lavozimida ishlagan.


👉 @xushnudbek 👈
🎙️Ertaga Tashabbusli budjet bo‘yicha ovozli chat tashkil qilinadi

Ayni paytda “Tashabbusli budjet” loyihasining yangi mavsumida ovoz berish jarayonlari davom etmoqda. Bugungi kungacha 10 milliondan oshiq ovozlar berildi. Bu mutloq rekord ko’rsatkich!

Aholining savollariga javob berish va yuzaga kelayotgan muammolarni yechish maqsadida ertaga, 26-mart (yakshanba) kuni soat 15:00 da @xushnudbek Telegram kanalida ovozli chat tashkil qilamiz.

Spikerlar:

-Anvar Karimov
Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari;
-Shohruh Ishonqulov
Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori oʻrinbosari;
-Azimjon Hasanov
Iqtisodiyot va moliya vazirligi boʻlim boshligʻi.

Savollaringizni mana bu post ostida qoldirishingiz mumkin:
https://t.iss.one/xushnudbekuz/784

Biz ularni mas’ullarga albatta yetkazamiz.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hadis #ramazon

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Qachonki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga quloq osish va itoat qilish haqida bayʼat qilsak, sizga, toqatlaringiz yetgan narsada”, der edilar».

📖 Sharh: Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuning bu gaplaridan koʻrinib turibdiki, sahobalar tomonidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bayʼat takrorlanib turgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning:

“Toqatlaringiz yetgan narsada”, deyishlari Islomning umumiy qoidasiga muvofiq gapdir. Islomda insondan uning toqatidan tashqari narsani talab qilish yoʻq.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Sahobai kiromlarning Rasululloh alayhissalomga qayta-qayta bayʼat qilganliklari. Demak, rahbar bilan unga ergashganlar orasidagi ahdnoma – bayʼat vaqti kelganda yangilanib turishi maqsadga muvofiq ekan.
2. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamga quloq osish va itoat qilish haqida ham bayʼat qilinganligi.
3. Islom dinida insonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilish yoʻq ekanligi.

"Hadis va hayot" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i Afzal Irmatovga Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan ayb eʼlon qilinib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.


👉 @xushnudbek 👈
26-mart, yakshanba.
Saharlik vaqti: 04:58
Iftorlik vaqti: 18:43 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ikki xislat munofiqda jam boʻlmaydi: goʻzal shakl va dinda faqih boʻlish”, deganlar».

📖 Sharh: Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bu hadisi shariflari xabar shaklida kelsa ham, lekin buyruq maʼnosini ifoda qilmoqda.

U zotning: “Ikki xislat munofiqda jam boʻlmaydi: goʻzal shakl va dinda faqih boʻlish” deganlari “Ey ummatlarim, munofiq boʻlmayin desangiz, goʻzal shaklga ega boʻlishga va dinda faqih boʻlishga urininglar!” deganlaridir.

Demak, ushbu hadisi sharifni hayotimizga tatbiq qilib, goʻzal shaklga ega boʻlish va Islom dinida faqih boʻlish uchun harakat qilishimiz kerak. Goʻzal shaklga ega boʻlish tom maʼnoda goʻzal boʻlishdir. Islomda har bir narsa goʻzal boʻlishiga targʻib qilinadi. Shuning uchun biz, musulmonlar tom maʼnoda goʻzal boʻlishga harakat qilmogʻimiz lozim.

Dinda faqih boʻlish – Islom dinini daqiq tushunish esa, ikki dunyo saodatimiz uchun nihoyatda zarurdir. Dinda faqih boʻlish iymon nima-yu kufr nima, Islom nima-yu nifoq nima, savob nima-yu gunoh nima, halol nima-yu harom nima, jannat nima-yu doʻzax nima, jannatga nima bilan erishiladi-yu, doʻzaxga tushishga nima sabab boʻladi kabi va shunga oʻxshash muhim masalalarni toʻliq bilish deganidir.

Biz, musulmonlar munofiq boʻlmaylik, desak, ushbu hadisi sharifda koʻrsatilgan ikki narsani oʻzimizda jam qilishga urinishimiz lozim. Bu bilan esa ikki dunyomiz saodatini taʼminlagan boʻlamiz.

"Hadis va hayot" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈
Live stream scheduled for
🎙️Bugun Tashabbusli budjet bo‘yicha ovozli chat tashkil qilinadi

Ayni paytda “Tashabbusli budjet” loyihasining yangi mavsumida ovoz berish jarayonlari davom etmoqda.

Aholining savollariga javob berish va yuzaga kelayotgan muammolarni yechish maqsadida bugun, 26-mart (yakshanba) kuni soat 15:00 da @xushnudbek Telegram kanalida ovozli chat tashkil qilamiz.

Spikerlar:

-Anvar Karimov
Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari;
-Shohruh Ishonqulov
Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori oʻrinbosari;
-Azimjon Hasanov
Iqtisodiyot va moliya vazirligi boʻlim boshligʻi.

Savollaringizni mana bu post ostida qoldirishingiz mumkin:
https://t.iss.one/xushnudbekuz/784

Biz ularni mas’ullarga albatta yetkazamiz.


👉 @xushnudbek 👈
Live stream started
Tashabbusli budjetga bag‘ishlangan ovozli chat boshlanadi.

Ulanish uchun:
https://t.iss.one/xushnudbek?livestream