Xushnudbek.uz
700K subscribers
11.1K photos
2.82K videos
249 files
9.28K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
✈️ 2023-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston jami 719,6 mln AQSh dollariga teng 14 ta samolyot import qildi.

Samolyotlar quyidagi davlatlardan sotib olingan:

🇩🇪 Germaniya – 6 ta (421,7 mln)

🇱🇹 Litva – 4 ta (66,7 mln)

🇨🇭 Shveysariya – 1 ta (86,5 mln)

🇫🇷 Fransiya – 1 ta (64,3 mln)

🇸🇬 Singapur – 1 ta (61,6 mln)

🇬🇧 Buyuk Britaniya – 1 ta (18,8 mln AQSh dollari)


👉 @xushnudbek 👈
❗️Ertaga barcha uchun ish kuni

Bugun Navro‘z bayrami munosabati bilan berilgan ketma-ket 4 va 5 kunlik dam kunlari tugaydi.

Ma’lumot uchun, joriy haftadagi shanba kuni haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun ish hisoblanadi. Chunki ular ayni shu kun hisobidan bugun (22-mart) dam olishdi.


👉 @xushnudbek 👈
RAMAZON TAQVIMI—2023

Barcha musulmon ahlini Ramazon oyi bilan muborakbod etamiz. Duolar ijobat qilinadigan mazkur oy Sizlar uchun xayrli va barakotli bo‘lsin!

Saharlik va iftorlik vaqtini bilishingiz uchun Ramazon taqvimi e’lon qilinmoqda. Sizga foydali bo’ladi degan umiddamiz. #ramazon


👉 @xushnudbek 👈
O’zbekistonda yana zilzila bo’ldi. Episentr Tojikiston, O’zbekistonda sezilish kuchi 4-5 ball.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
O’zbekistonda yana zilzila bo’ldi. Episentr Tojikiston, O’zbekistonda sezilish kuchi 4-5 ball. 👉 @xushnudbek 👈
Episentr Tojikiston (magnituda 6 ball).

O’zbekistonda sezilish kuchi:

Sirdaryo 5 ball;
Farg'ona 5 ball;
Jizzax 5 ball;
Toshkent shahrida 5 ball;
Namangan 4-5 ball;
Samarqand 4-5 ball;
Andijon 4-5 ball;
Surxandaryo 4 ball;
Qashqadaryo 4 ball;
Navoiy 4 ball;
Buxoro 4 ball.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Episentr Tojikiston (magnituda 6 ball). O’zbekistonda sezilish kuchi: Sirdaryo 5 ball; Farg'ona 5 ball; Jizzax 5 ball; Toshkent shahrida 5 ball; Namangan 4-5 ball; Samarqand 4-5 ball; Andijon 4-5 ball; Surxandaryo 4 ball; Qashqadaryo 4 ball; Navoiy 4 ball;…
Toshkent vaqti bilan 01:36 da Tojikistonda yana bitta zilzila bo’ldi. Bu safar 3,9 ballik. Demak, katta ehtimol bilan avvalgi zilzila “qaytdi”.

Ikkinchi zilzila O’zbekistonda sezilmagan.


👉 @xushnudbek 👈
23-mart, payshanba.
Saharlik vaqti: 05:03
Iftorlik vaqti: 18:40 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilinadi:

«Robbning rizosi ota-onaning rizosidadir. Robbning noroziligi ota-onaning noroziligidadir».

📖 Sharh:
Bu hadisda Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuning gaplari keltirilmoqda. Baʼzi vaqtlarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam emas, sahobalar tilidan aytilgan muhim maʼnodagi gaplar hadis kitoblarimizda keltirilaveradi. Chunki sahobalar bunday gaplarni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitishmasa, o‘zlaridan aytishmaydi.

Bizda «Ota rozi – Xudo rozi» degan gap bor. Xuddi mana shu xalq so‘zi biz o‘rganayotgan hadisning tarjimasidir. Robbning roziligi volid, yaʼni ota-onaning roziligidadir. Alloh taoloning noroziligi esa ota-onaning noroziligidadir.

Demak, kim Alloh taoloni rozi qilishni istasa, ota-onaning roziligini olishga harakat qilishi kerak ekan. Kim Alloh taolo mendan norozi bo‘lmasin, desa, ota-onasini norozi qilmaslik uchun harakat qilishi kerak ekan.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈
Audio
#ramazon

Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlarining ramazon oyi tabrigi.

Video varianti bu yerda.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston muvaqqat hukumati vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. 

Kobulda o'tgan muzokaralarda o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, Afg‘oniston hududi orqali turli tranzit yuklarni tashish hajmini oshirish kabi masalalar muhokama qilingan.

«Termiz–Mozori-Sharif–Kobul–Peshovar» temir yo‘lini qurish, «Surxon–Puli-Xumri» yo‘nalishi bo‘ylab elektr tarmog‘ini tortish masalalari alohida ko‘rib chiqilgan.

Ayollar huquqlarini hurmat qilish va himoya qilish, qizlarning Afg‘onistonda ta’lim olishini ta’minlash, shuningdek, Termiz shahridagi Ta’lim markazi negizida afg‘on kadrlarini tayyorlash zarurligi ta’kidlangan.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️Endi jarimalarni vaqtliroq to‘lasa, 50%gacha chegirma beriladi

Prezidentning tegishli qaroriga (PQ-99, 23.03.2023y) ko‘ra, 2023-yil 1-maydan boshlab ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash tizimi yanada soddalashtiriladi. Bu haqda O’zA xabar bermoqda.

Unga ko‘ra:

huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi;

mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
⚡️Endi jarimalarni vaqtliroq to‘lasa, 50%gacha chegirma beriladi Prezidentning tegishli qaroriga (PQ-99, 23.03.2023y) ko‘ra, 2023-yil 1-maydan boshlab ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash tizimi yanada soddalashtiriladi.…
Shuningdek, Prezident qaroriga asosan, 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab:

a) sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi haqidagi ma’lumotlar Ichki ishlar vazirligining “Tezkor ma’lumotlar” yagona axborot tizimida avtomatik ravishda onlayn shakllantiriladi;

b) sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanganligi haqidagi ma’lumotnoma sudlanganlik muddati tugagan yoki sudlanganlik olib tashlangan sananing ertasidan kechiktirmasdan tegishli shaxsning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda bepul yuboriladi.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Oziq-ovqat yetishtirishni koʻpaytirish uchun 6,2 trln soʻm ajratiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yigʻilishida yil oxirigacha oziq-ovqat mahsulotlari boʻyicha import bojlaridan imtiyoz berilishi taʼkidlandi.

1-maydan ijtimoiy reyestrga kirgan aholiga mol, qoʻy va parranda goʻshti, tuxum va oʻsimlik yogʻi xarid qilsa, qoʻshilgan qiymat soligʻi qaytariladi.

Oziq-ovqat yetishtirishni koʻpaytirish uchun shu yilning oʻzida 6,2 trln soʻm yangicha mexanizmlar asosida ajratiladi. Jumladan:

qishloq xoʻjaligi jamgʻarmasidan meva-sabzavotchilikning aylanma mablagʻlari uchun 700 mlrd soʻm ajratiladi;

aholiga berilgan yerlarda koʻchat, urugʻ, oʻgʻit va texnika yetkazib berish uchun jami 500 mlrd soʻm beriladi.

Bundan tashqari, 1-apreldan 130 million dollar mablagʻ tadbirkorlarga banklar ishtirokisiz, toʻgʻridan-toʻgʻri ajratiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Qarshi shahrining sobiq hokimiga sud hukmi o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining 2023-yil 10-martdagi hukmi bilan sobiq hokim Jamshid Fozilov Jinoyat kodeksining:
205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi “a” bandi;
206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi “a” bandi;
209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandi;
229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 2 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Sudlanuvchi hukm ustidan apellyasiya shikoyati kiritgan.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️“O‘zavtosanoat” raisi Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.


👉 @xushnudbek 👈
23-mart, payshanba.
Iftorlik vaqti: 18:40 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilinadi:

«Bir odam Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, hijrat uchun bayʼat qilmoqchi boʻldi. U ota-onasini yigʻlagan holda qoldirib kelgan edi. Ul zot:
“Ota-onangning huzurlariga qaytgin, ularni qanday yigʻlatgan boʻlsang, xuddi shunday qilib kuldirgin”, dedilar».

📖 Sharh: Demak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ota-onaning roziligini topish, ularni xursand qilishni vaqti kelganda hatto hijratdan ham ustun qoʻygan ekanlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ota-onaning haqqini qanday ulugʻlaganlariga bir nazar soling. Oʻzlariga hijrat uchun bayʼat qilgani kelgan muxlis kishiga “Ota-onangning huzuriga borib, ularni kuldir”, demoqdalar.

Baʼzi holatlarda yoshlar diniy amallarga qiziqib, ota-onalarning haqlarini ortga surish holatlariga yoʻl qoʻyishlari mumkin. Bunday paytlarda ilm sohiblari darhol ularga nasihat qilib, ishni toʻgʻri yoʻlga burishlari kerak ekan.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈
Agrippina Shin maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 1-o‘rinbosari - maktabgacha ta’lim agentligi direktori etib tayinlandi.

U shundoq ham 2022-yil 30-dekabrdan buyon maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 1-o‘rinbosari edi. Endilikda unga Bog’cha agentligi ham topshirildi.


👉 @xushnudbek 👈
24-mart, juma.
Saharlik vaqti: 05:01
Iftorlik vaqti: 18:41 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Alloh fahsh soʻzlovchini, fahsh soʻzlashga urinuvchini hamda bozorlarda baqir-chaqir qiluvchini sevmaydi», dedilar».

📖 Sharh: Alloh subhanahu va taolo fahsh soʻz aytuvchilarni, fahsh, uyat, sharm-hayosiz ish qiluvchilarni, bozorlarda baqir-chaqir qiluvchilarni sevmaydi, yoqtirmaydi.

Alloh taolo uyat soʻzlarni, sharm-hayosiz soʻzlarni aytishni, ana shunday amallarni qilishni xush koʻrmaydi.
Shuning uchun moʻmin odam fahsh soʻz va amallardan, bozorlarda baqir-chaqir qilishdan oʻzini nihoyatda saqlashi kerak.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈
Poytaxtda issiq suv 1 kunga o‘chiriladi

Issiqlik tarmoqlari sinovdan o‘tkaziladi. Shu sababli 27-martdan 5-aprelga qadar issiq suv ta’minotida bir kunlik uzilishlar kuzatiladi, deb xabar bermoqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi.

Issiq suv uzilishi kutilayotgan sana va manzillar:
👉 batafsil


👉 @xushnudbek 👈
Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini import bojidan ozod etish muddati uzaytirildi

Prezident shu haqdagi farmonni imzoladi.

Aholining asosiy turdagi oziq-ovqat va iste’mol mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash maqsadida 2024-yil 1-yanvarga qadar:

asosiy iste’mol va oziq-ovqat mahsulotlari (go‘sht, baliq, sut mahsulotlari, meva, o‘simlik yog‘i va b.) bojxona bojlaridan ozod etiladi;

davlat xaridlarida oziq-ovqat mahsulotlarini import qilish bo‘yicha cheklovlar vaqtincha bekor qilinadi.

Amaldagi hujjatga ko‘ra oziq-ovqat tovarlarini import qilishda bojxona bojlarining nol stavkalarini qo‘llash 2023-yil 1-iyulga qadar edi.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Saida Mirziyoyeva BMT konferensiyasida nutq so’zladi va Orol dengizi muammolarni ko‘tardi.

U shoir Ibrohim Yusupovning elegiyasidan bir parchani qoraqalpoq tilida o‘qib berdi.


👉 @xushnudbek 👈