Xorazm viloyati Transport boshqarmasi rasmiy kanali
466 subscribers
6.59K photos
652 videos
1.9K links
Telegram:https: //t.iss.one/xorazmtransport_uz

Facebook: https://fb.com/xorazmtrans

You tube: https://youtube.com/channel/UCbzeNa6hpJtQ6jbeXMIgblA

Murojaat uchun ishonch telefon raqam: (62) 229 3037
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yangi Yoʻl harakati qoidalari tasdiqlandi

Hukumat qarori (172-son, 12.04.2022-y.) bilan Yoʻl harakati qoidalari tasdiqlandi

Qarorga koʻra, aholi punktlarida transportlarning tezligini soatiga 70 kilometrdan, maktab va bogʻchalar atrofidagi yoʻllarda 300 metrgacha masofada 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Bunda Prezidentning tegishli qarori bilan tashkil etilgan Yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi respublika komissiyasi qarori asosida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi yo‘l harakati qatnovi yuqori bo‘lgan va aholi gavjum hududlarda transport harakatlanishining yuqori tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilanishi mumkin.

☑️ Yengil avtomobillarda yuk tashishga ularning tom qismiga oʻrnatilgan yukxonadagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmagan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.

❗️Yuk avtomobillari, Yoʻl harakati qoidalarida belgilangan ayrim istisnolardan tashqari barcha holatlarda, yoʻlning faqat oʻng qatnov qismidan harakatlanishi shart.

🚫Transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga 30 metr yetmasdan yoki oʻtib toʻxtash taqiqlanadi.

🚴‍♂️Sutkaning qorongʻi vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda velosiped yoʻlkasi boʻlmagan holda yoʻlning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar nur qaytargichli kamzulda yoki nur kaytaruvchi elementlar boʻlgan ustki kiyimda boʻlishi shart.

Bunda ushbu nur qaytaruvchi elementlar boshqa haydovchilarga ko‘rinadigan bo‘lishi kerak.

📌 Shuningdek, aholi hamda haydovchilar oʻrtasida 7 yoshgacha bolalarni maxsus bolalar oʻrindigʻida, 7 yoshdan 12 yoshgacha bolalarni maxsus ushlab turuvchi moslamali xavfsizlik kamarini taqqan holda tashish, transportning orqa oʻrindigʻidagi yoʻlovchilar ham xavfsizlik kamarini taqib olishlari boʻyicha manzilli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

🗓 Yangi tahrirdagi Yoʻl harakati qoidalari 2022-yil 1-maydan amalga kiritiladi.
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

YPX xodimi hujjatlarni tekshirishda aniqlangan barcha huquqbuzarlik boʻyicha chora koʻradi

Hukumat qarori (173-son, 12.04.2022-y.) bilan Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

❗️Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, endilikda YPX xodimi transportni hujjatlarni tekshirish uchun toʻxtatganda, tekshirish jarayonida aniqlangan barcha huquqbuzarliklar boʻyicha chora koʻradi.

Ilgari faqat hujjatlarni tekshirish jarayonida aniqlangan qoidalar buzilishi bo‘yicha chora ko‘rilgan.

Haydovchi YPX xodimining dislokatsiyasi koʻchirmasi bilan oʻsha joyning oʻzida tanishishi mumkinligiga oid norma chiqarib tashlandi.

➡️ Bunda dislokatsiya bilan tanishish uchun saf boʻlimiga murojaat etish orqali yozma maʼlumot olishni talab qilish mumkin.

🔢 Shuningdek, nizomga haydovchilarning alkogolli ichimliklar taʼsiridan mast holatda ekanligini aniqlash tartibi kiritildi.

☑️ Mastlik holati alkotester yordamida hodisa joyida aniqlanishi mumkin. Tekshiruv kamida 2 ta xolis ishtirokida amalga oshiriladi (kuzatuv kamerasidan (body camera) foydalanilgan hollar mustasno).

📋Tekshiruvda etanol bugʻ 0,135 milligramm va undan koʻp boʻlganida haydovchiga nisbatan bayonnoma rasmiylashtiriladi.

📌Transportlarning tusi oʻzgartirilgan (tonirovka) oynalari meʼyorlariga javob berishiga aniqlik kiritish uchun taumetr moslamasidan foydalaniladi.
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yo'l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona axborot tizimi ishga tushiriladi

“Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni imtihondan o'tkazish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (393-son, 20.07.2022-y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, haydovchilarni tayyorlashda o'quv soati haftasiga 20 soatgacha, kunlik 4 soatgacha rejalashtiriladi.

📲 Haydovchilarning malakasini oshirganlik bo'yicha sertifikatlar faqat elektron rasmiylashtiriladi.

🚖 Amaliy imtihonlarda “B” toifa uchun ishlab chiqarilganiga 5 yildan ko'p bo'lmagan, boshqa toifalar uchun 10 yildan ortiq bo'lmagan transportlardan foydalaniladi.

🏢 O'quv dasturlarini Ichki ishlar vazirligi ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Yagona namunadagi animatsiyali nazariy imtihon savollari 1 000 tadan kam bo'lmagan miqdorda tasdiqlanadi.

2023-yil 1-yanvargacha Yo'l harakati xavfsizligi xizmatining avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimi ishga tushiriladi.

🗓 2022-yil 1-noyabrdan haydovchilik uchun beriladigan tibbiy ma'lumotlarning yagona elektron bazasi shakllantiriladi va Yagona axborot tizimiga integratsiya qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Maʼmuriy jarimalar 15 kun ichida toʻlansa, 50 foiz chegirma qoʻllaniladi

Prezident qaroriga (PQ–99-son, 23.03.2023-y.) muvofiq, maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha qoʻllanilgan jarimani ixtiyoriy toʻlash tizimi yanada soddalashtiriladi.

🗓 Shunga koʻra, 2023-yil 1-maydan:

🔸 huquqbuzar unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi.

Mazkur tartib endilikda sud qarorlariga asosan qoʻllaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

🗒 Shuningdek, 2023-yil 1-sentyabrdan:

🔹sudlanganlik muddatining oʻtib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi haqidagi maʼlumotlar Ichki ishlar vazirligining “Tezkor maʼlumotlar” yagona axborot tizimida avtomatik ravishda onlayn shakllantiriladi;

🔹bu boʻyicha maʼlumotnoma sudlanganlik muddati tugagan yoki sudlanganlik olib tashlangan sananing ertasidan kechiktirmasdan tegishli shaxsning YAIDXP (my.gov.uz)dagi shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda bepul yuboriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Aerovokzal, temir yoʻl va avtobus vokzallarida xizmat koʻrsatish sifati yaxshilanadi

“Aerovokzal, temir yoʻl va avtobus vokzallarida xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (159-son, 17.04.2023-y.) qabul qilindi

🔰 Qaror bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

🔹Aeroportlarning aerovokzal majmualarida va vokzal oldidagi maydonlarda xavfsizlikni taʼminlash tartibi toʻgʻrisida;

🔹Temir yoʻl vokzallarida (stansiyalarida) yoʻlovchilar va tashrif buyuruvchilarning qoʻl yuki va bagajini koʻzdan kechirish, ularning temir yoʻl vokzallarida (stansiyalarida) boʻlishi tartibi toʻgʻrisida;

🔹Avtovokzallarda (avtostansiyalarda) yoʻlovchilar va tashrif buyuruvchilarning qoʻl yuki va bagajini koʻzdan kechirish, ularning avtovokzallarda (avtostansiyalarda) boʻlishi tartibi toʻgʻrisida.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, jumladan:

☑️ Aerovokzal majmualari binolariga kirish joylariga yaqin kelib toʻxtash uchun faqat yoʻnalishsiz va yoʻnalishli taksilarga ruxsat etiladi, shaxsiy avtomobillar va jamoat transporti yoʻlovchilarni va tashrif buyuruvchilarni olib ketish va olib kelish uchun moʻljallangan avtomobil turargohi va toʻxtash joylariga yoʻnaltiriladi.

▶️ Shuningdek, estakadadan foydalanish uchun yoʻlovchi tashish avtotransportlariga ruxsat beriladi. Bunda yengil avtotransportlarga estakadada 5 daqiqagacha hamda avtobus va mikroavtobus avtotransport vositalariga 10 daqiqagacha toʻxtab turishga ruxsat beriladi.

📌 Barcha turdagi avtotransport vositalari aerovokzallar majmualari chegarasidan 30 metrdan kam boʻlmagan masofada joylashtiriladi.

🔘 Temir yoʻl vokzallarida koʻzdan kechirishdan oʻtish vaqti yoʻlovchilarning poyezdga chiqishga kechikishi uchun shart-sharoitlar yaratmasligi zarur. Bunda koʻzdan kechirish vaqtini qisqartirish maqsadida koʻzdan kechirish tartib-qoidasini soddalashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
​​#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Avtomobilda xalqaro tashuv uchun ruxsatnoma berish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (277-son, 07.07.2023 y.) bilan Avtomobilda yuk va yo'lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tartibi to'g'risida nizom qabul qilindi.

🔰 Nizomga ko'ra, ruxsatnomalarda avtomobilda yuk va yo'lovchilarni xalqaro tashish turlari (ikki tomonlama, tranzit yoki uchinchi davlatga/dan tashish) va ulardan foydalanish shartlari ko'rsatiladi.

📁 Ruxsatnomalar quyidagi asosiy turlarga bo'linadi:

🔹ikki tomonlama yuk tashish uchun;
🔹tranzit yuk tashish uchun;
🔹uchinchi davlatga/dan yuk tashish uchun;
🔹ikki tomonlama/tranzit yuk tashish uchun;
🔹ikki tomonlama qatnovlarda yo'lovchilarni nomuntazam tashish uchun;
🔹tranzit qatnovlarda yo'lovchilarni nomuntazam tashish uchun;
🔹ikki tomonlama/tranzit qatnovlarda yo'lovchilarni nomuntazam tashish uchun.

📝 Xorijiy/ko'p tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun arizani milliy tashuvchi o'zining ERIsi bilan tasdiqlagan holda “E-avto ruxsatnoma” AAT orqali takdim etadi va ariza olingan kundan 1 ish kunida ko'rib chiqiladi.

▶️ Ruxsatnomani berish yoki berishni rad etish “E-avto ruxsatnoma” AATda avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

🗓 Ruxsatnomalar ular berilgan kundan 90 kalendar kun ichida vakolatli organga qaytarish sharti bilan tashuvchilarga beriladi.

☑️ Har bir beriladigan xorijiy/ko'p tomonlama ruxsatnoma uchun BHMning to'rtdan biri (82 ming 500 so'm) miqdorida yig'im undiriladi.

❗️Milliy tashuvchi tomonidan unga berilgan xorijiy/ko'p tomonlama ruxsatnomalarni yoki ular bo'yicha huquqlar uchinchi shaxslarga berilganligi aniqlangan taqdirda, “E-avto ruxsatnoma” AATda avtomatik tarzda ushbu tashuvchiga – 3 oy muddatga, yil davomida qayta aniqlansa – 6 oy muddatga barcha xorijiy/ko'p tomonlama ruxsatnomalar berilishi to'xtatiladi.
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Avtobuslarda yo'lovchilarni kechasi tashishga ruxsat beriladi

“Transport vositalarida tashishda harakat xavfsizligini ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Hukumat qarori (406-son, 21.08.2023 y.) qabul qilindi

🔰Qarorga ko'ra, avtobuslarda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini nazorat qilish qurilmalari bo'lganda yo'lovchilarni tunda shaharlararo, viloyatlararo va xalqaro muntazam yo'nalishlarda ichki ishlar organlari hamrohligisiz tashishga ruxsat beriladi.

2024 yil 1 yanvardan:

▫️shaharlararo, viloyatlararo va xalqaro yo'lovchi tashuvchi avtotransportlar haydovchilarining ish vaqti tabellar, yo'l varaqlari, chiptani hisobga olish varaqlari taxograf ko'rsatkichiga asosan hisobga olinadi;

▫️mehnat va dam olish rejimiga rioya etilishini nazorat qiluvchi inspektorlar zarur qurilmalar bilan ta'minlanadi.

📁 Qarorga ko'ra, muntazam yo'nalishlarda yo'lovchi tashish qoidalarini buzganlik, mehnat va dam olish rejimiga rioya etmaslik holatlari yuzasidan Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari tomonidan bayonnoma tuzish va ma'muriy javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

🔰 Qaror bilan shuningdek, quyidagi tartiblar joriy etiladi:

🔹sochiluvchan (qadoqlanmagan) qurilish materiallari, qishloq xo'jaligi mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, qurilish va maishiy chiqindilarni, shuningdek, boshqa to'kiladigan (issiq asfalt, yirik gabaritli va og'ir yuklardan tashqari) yuklarni N, O3 va O4 toifadagi bortli va o'zi ag'daruvchi avtotransportlarda majburiy tartibda brezent yoki polivinilxlorid qoplamali materiallardan tayyorlangan tent bilan bort sathidan oshirmasdan va bortga mustahkam qotirilib, yuza qismi to'liq yopilgan tarzda tashish;

🔹“O'zbekiston temir yo'llari” AJning 2023 yil 10 sentabrdan temir yo'l transportida mahalliy yuklarni (tosh ko'mir, qo'ng'ir ko'mir, koks, ma'dan va ma'dan konsentratlari) ichki yo'nalishlarda ochiq turdagi vagonlarda bortidan oshirib yuklanganda, yukni tashishda brezent yoki polivinilxlorid qoplamali materiallardan tayyorlangan tent bilan qoplangan holda tashish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-247-son, 08.07.2024 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra, Xitoy Hukumati, Qirg'iziston Vazirlar Mahkamasi va O'zbekiston Hukumati o'rtasida “Xitoy – Qirg'iziston – O'zbekiston” temir yo'li loyihasini birgalikda amalga oshirishda hamkorlik qilish to'g'risidagi Bitim tasdiqlandi.

🗓 Bitim 2024-yil 6-iyun kuni Pekin shahrida imzolangan.

🏢Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM