Xorazm viloyati Transport boshqarmasi rasmiy kanali
534 subscribers
6.75K photos
670 videos
1.94K links
Telegram:https: //t.iss.one/xorazmtransport_uz

Facebook: https://fb.com/xorazmtrans

You tube: https://youtube.com/channel/UCbzeNa6hpJtQ6jbeXMIgblA

Murojaat uchun ishonch telefon raqam: (62) 229 3037
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида йўл ҳаракати хавфсизлигини таъминлаш, инфратузилмасини яхшилаш ва тирбандликларни камайтириш чора-тадбирлари муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по мерам обеспечения безопасности дорожного движения, улучшения инфраструктуры и снижения заторов на дорогах.

#Mirziyoyev #videoselektor #yulharakati #infratuzilma

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари "Хавфсиз йўл" миллий дастури бошланишини эълон қилди.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўрта ва узоқ масофага қатнайдиган жамоат транспорти ривожлантирилади.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Жамоат транспорти соҳасидаги тадбиркорларга бир қатор имтиёзлар берилади.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#OCHIQ_TENDER

YO'LOVCHI TASHISH FAOLIYATI BILAN SHUG'ULLANUVCHI TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

2025-YIL 12-AVGUST KUNI SOAT 17:00 DA XORАZM VILOYATI HUDUDIDАGI SHАHАR АTROFI YO‘NALISHLARNI BIRIKTIRISH BOʼYICHА ELEKTRON TАRZDА OCHIQ TENDER OʼTKАZILАDI.

Ma'lumot uchun: Tender qatnashish uchun talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi.
👍5
📢 EʼLON

Hurmatli yo‘lovchilar va abituriyentlar!

2025-yil 14-iyul kuni Davlat test markazi tomonidan Respublika bo‘ylab OTM larga kirish imtihonlari boshlanishi munosabati bilan test sinovlari soat 06:30 da start oladi.

Shu munosabat bilan, Xorazm viloyatining barcha tumanlaridan Urganch shahriga harakatlanadigan mikroavtobuslar harakati belgilangan grafiga nisbatan ertaroq boshlanadi.

Maqsad — abituriyentlarni o‘z vaqtida imtihon topshiriladigan manzillarga yetkazishni ta’minlashdir.

📍Hurmatli abituriyentlar va ularning yaqinlari! Iltimos, yo‘nalishdagi transport vositalaridan foydalanishda belgilangan vaqtga e’tiborli bo‘ling!

Imtihon kuni barcha haydovchilardan yo‘lovchilar xavfsizligi va tartibga rioya etish talab etiladi.

📌 Ma’lumot Xorazm viloyati transport boshqarmasi tomonidan taqdim etildi.
👏4
Xorazm viloyati Transport boshqarmasida Xitoy Xalq Respublikasining yirik avtobus va transport vositalari ishlab chiqaruvchi Yutong kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida zamonaviy ekologik toza trolleybuslarni xarid qilish masalalari muhokama qilindi va tashkil qilinadigan yangi yo‘nalishlar tarmoqlari hamda trolleybus liniyalari vakillar ishtirokida o‘rganib chiqildi.

Yutong kompaniyasi vakillari o‘z mahsulotlari, texnologik imkoniyatlari va ekologik jihatdan xavfsiz transport vositalari haqida taqdimot o‘tkazdi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yangi texnologiyalarni jalb etish va shahar transport tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha fikr almashdilar.


Mazkur tashrif davomida, mutaxassislar “Xorazm trolleybus saroyi” davlat muassasasida boʻlib, trolleybuslarni saqlash sharoiti, mavjud trolleybuslar holati, texnik xizmat koʻrsatish, ularni joriy taʼmirlash va kelgusida rejalashtirilgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishishdi.
👏2
Xorаzm viloyati Trаnsport boshqаrmаsi binosidа Jinoyat ishlаri boʼyichа Urgаnch tumаn tergov sudi sudiyasi Z.Madraximov Trаnsport nаzorаt inspeksiyasi аvtomobil vа suv trаnsporti Xorаzm viloyat hududiy boʼlimi boshligʼi M.Anyazov bilаn homkorlikda sayyor sud majlisi o’tkazildi.

Sаyyor sud mаjlisida, 45 tа yo’lovchi tashish qoidalarini buzganlik yuzasidan rasmiylashtirilgan ish hujaatlariga asosan Oʼzbekiston Respublikаsi Mа’muriy Jаvobgаrlik toʼgʼrisidаgi Kodeksning 176-3,176-4 198-1-moddalari qo’llanilib, 30 ta haydovchiga nisbatan jarima jаzo qoʼllаnildi.
Shuningdek, huquqbuzarlik sodir etigan kundan boshlab 30 kun ichida qonun buzilish holаtini bаrtаrаf etgan 15 nafar haydovchilarga nisbatan Oʼzbekiston Respublikаsi Mа’muriy Jаvobgаrlik toʼgʼrisidаgi Kodeksning 271-moddаsining 11-qismigа аsosаn sud ishi tugаtildi.
👍3🥱1
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahridagi 5-sonli avtobus yo‘nalishi ilgari “Nurli hayot” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgani, hozirda esa bu hududdan harakatlanmayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Mazkur yo‘nalishning “Nurli hayot” MFY hududidan o‘tmasligiga asosiy sabab – mahalla ko‘chalarida sun’iy yo‘l notekisliklarining (harakatni sekinlashtirish vositalari) tartibga zid tarzda ko‘p miqdorda o‘rnatib yuborilganidir. Bu holat avtobuslarning xavfsiz harakatlanishiga va transport vositasining texnik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Hozirda ushbu muammo yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda masala o‘rganilmoqda va imkon qadar yo‘l infratuzilmasini tartibga keltirgach, yo‘nalishni qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

Fuqarolarimizdan yo‘l harakati xavfsizligi talablariga rioya etilishi va bunday muammolarni hal qilishda hamkorlik qilishlarini so‘rab qolamiz.


Xorazm viloyati transport boshqarmasi
👍4😁1