Xorazm viloyati Transport boshqarmasi rasmiy kanali
467 subscribers
6.58K photos
652 videos
1.9K links
Telegram:https: //t.iss.one/xorazmtransport_uz

Facebook: https://fb.com/xorazmtrans

You tube: https://youtube.com/channel/UCbzeNa6hpJtQ6jbeXMIgblA

Murojaat uchun ishonch telefon raqam: (62) 229 3037
Download Telegram
#TAYINLOV

Prezident qarori bilan:

Abduraxman Abduvaliyev
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi lavozimiga;

Taxir Nazarov Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori lavozimiga;

Doniyor Axmedov Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga;

Faxriddin Salixov Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.


Manba: O’zA


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Tayinlov

Bekchanov Siroj Bozor oʻgʻli - Xorazm viloyati hokimining  qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
S.Bekchanov tayinlovga qadar Xorazm viloyati hokimining  qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
#tayinlov
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Narzullayev Zufar G'iyasovich "O'zbekiston temir yo'llari"AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Zufar Narzullayev 1996 yildan O'zbekiston temir yo'l sohasidagi tarkibiy bo‘linmalarida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 2009 – 2016-yillarda temiryo‘l tizimida kapital qurilish direksiyasiga rahbarlik qilgan va elektrlashtirilgan “Angren – Pop” temir yo‘li qurilishida faollik ko‘rsatgan. 2016 – 2017-yillarda Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 2017-yildan buyon “O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. 2014 yilda Fidokorona mehnatlari uchun (Vatan oldidagi xizmatlari uchun) ordeni bilan mukofotlangan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Rahmetov Hikmatilla Narzullayevich "O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruvi raisining Birinchi o'rinbosari etib tayinlandi.
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining buyrug‘iga asosan Satimov Temur Muxtarbekovich Xorazm viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar T.Satimov “Xorazm mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi buxgalteriya hisobi va hisobotlar bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun: Xorazm viloyati transport boshqarmasi boshlig'i vazifasida ishlab kelayotgan R.Babayev O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Avtomobil va jamoat transporti departamenti boshlig‘i o‘rinbosari - boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM