XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI
1.13K subscribers
7.91K photos
1.2K videos
7 files
5.05K links
Qonunchilikdagi yangiliklar hamda Xorazm viloyat adliya boshqarmasining faoliyati haqida ma'lumotlar haqida tanishib boring
Download Telegram
#Huquqiy_aksiya

Oilalarda meros bilan bog’liq nizolarning oldini olish, shuningdek fuqarolarning mol-mulkka bo’lgan huquqlarini ta’minlash, ularning bu sohadagi huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida Аdliya vazirligi hamda O’zbekiston Notarial palatasi tomonidan “Vorislik huquqi“ aksiyasi o’tkaziladi.

🗓 Аksiya 2023-yil 10-fevraldan 10-martgacha davom etadi.

🔰 Аksiya doirasida, jumladan:

🔸davlat tashkilotlari va mahallalarda manzilli huquqiy targ’ibot tadbirlari tashkil qilinadi;

🔸joylarda vasiyatnomalarni tasdiqlash va boshqa notarial harakatlar sayyor tarzda amalga oshiriladi;

🔸vorislik huquqi bo’yicha audiopodkast o’tkaziladi;

🔸2 bosqichli (test va suhbat shaklida) tanlov tashkil etiladi;

🔸merosni rasmiylashtirish va merosni ochish bilan bog’liq murojaatlar yuzasidan buzilgan huquqlarni tiklash bo’yicha amaliy choralar ko’riladi;

🔸bepul onlayn o’quv kurslari va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_aksiya

📽 "Vorislik huquqi" aksiyasi bo`yicha tadbir

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_aksiya

📽 Urganch shahrida “Konstitutsiya – kelajagimiz kafolati” shiori doirasida bo‘lib o‘tgan huquqiy aksiya.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#XorazmMTRK
#Huquqiy_aksiya

“Mehnat huquqlarimizni oʻrganamiz“
huquqiy aksiyasi doirasida Shovot tumanida bo`lib o`tgan tadbirlar lavhasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Huquqiy_aksiya
#Soʻragan_edingiz_javob_beramiz

Savol: Mening to'rt nafar farzandim bor. To'ng'ichim 21 yoshda, talaba. Farzandimiz 18 yoshdan oshganligi tufayli biz ko'p bolali oilalarga berilishi mumkin bo'lgan imtiyozlardan foydalana olmaymizmi? Umuman, ko'p bolali oilalarga qanday imtiyozlar bor?
(Jizzax viloyati G'allaorol tumanidan S. SHuhratova)

Javob: Qonunchilikka ko'ra, 4 nafar va undan ortiq 18 yoshga to'lmagan bolasi bo'lgan oila ko'p bolali oiladir.

Bunda, agar 4 nafar va undan ortiq bolalaridan 1 nafari yoki undan ko'prog'i ta'limning kunduzgi shaklida (o'rta maxsus va professional, oliy) ta'lim tashkilotlarida o'qiyotgan hamda 22 yoshga to'lmagan bo'lsa, bu oila ham ko'p bolali oila hisoblanadi.

Shunga ko'ra, Sizning oila ko'p bolali oila hisoblanadi.

🔰Davlat ko'p bolali oilalarga qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar berilishini ta'minlaydi, jumladan:

💰Tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishda Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi hisobidan moliyaviy yordamlar ko'rsatiladi.

💼 Ko'p bolali ota-onalar uchun ish o'rinlarining eng kam soni tuman (shahar) hokimlari tomonidan belgilanadi, shuningdek, tashkilotlar tomonidan zaxiraga qo'yiladi.

Bunda, bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari bajarilishini birga qo'shib olib borish imkonini beruvchi ishning moslashuvchan jadvaliga ega bo'lgan ish o'rni yaratiladi.

🏫 Ko'p bolali oilalarning bolalari davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishda imtiyozli ro'yxatga kiritiladi.

Boquvchisini yo'qotgan ko'p bolali oilalar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig'idan ozod qilingan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Huquqiy_aksiya
#Soʻragan_edingiz_javob_beramiz

Savol: Turmush o'rtog'im tug'uruqxonada ishlaydi, oliy ma'lumotli. 3 yoshga to'lmagan farzandimiz bor. SHunday bo'lishiga qaramasdan, tungi navbatchilikda ishlab kelmoqda. Qonunan bu to'g'rimi? Turmush o'rtog'imga qanday imtiyozlar bor?
(Qashqadaryo viloyati YAkkabog' tumanidan R.Arslonov)

Javob: Mehnat kodeksiga ko'ra, homilador ayollar, 14 yoshga to'lmagan bolaning (16 yoshga to'lmagan nogironligi bo'lgan bolaning) ota-onasidan biri (ota-onasining o'rnini bosuvchi shaxs) faqat o'z yozma roziligi bilan tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilinishi, shuningdek xizmat safariga yuborilishi mumkin.

Bunda ish beruvchi mazkur xodimlarni tungi ishlardan, ish vaqtidan tashqari ishlardan, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlardan yoki xizmat safaridan voz kechish borasidagi huquqi to'g'risida xabardor qilishi shart.

Homilador ayollarni va 3 yoshga to'lmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga bunday ish homilador ayolning hamda bolaning hayotiga va sog'lig'iga xavf tug'dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa mavjud bo'lgan taqdirdagina yo'l qo'yiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Huquqiy_aksiya
#Soʻragan_edingiz_javob_beramiz

Salom. Men ikki joyda ishlayman. O’rindosh bo’lib ishlaydigan joydan otpuskaga (ta'tilga) chiqishim mumkinmi?
(S. Qurbonova Hazorasp tumani)

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan,
asosiy ish joyi Mehnat kodeksining 125-moddasiga muvofiq ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat daftarchasi yuritiladigan tashkilot;
o‘rindoshlik asosida ishlash — xodimning o‘zining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan bo‘sh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq to‘lanadigan ishni bajarishi.

Mehnat kodeksining 432-moddasi 2-qismiga ko’ra, o‘rindoshlik asosidagi ish xodim tomonidan o‘zining asosiy ish joyida (ichki o‘rindoshlik) yoki boshqa ish beruvchida (tashqi o‘rindoshlik) bajarilishi mumkin.

Endi sizning savolingizga javob beradigan bo’lsak, yuqoridagi Nizomning 16-bandida, o‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga har yilgi asosiy, shuningdek o‘rindoshlar haqli bo‘lgan qo‘shimcha ta’tillar asosiy ish joyidagi har yilgi mehnat ta’tili bilan bir vaqtda berilishi belgilangan.

Bundan tashqari, mazkur Nizomga ko’ra, o‘rindoshlar o‘rindoshlik asosidagi ish joyi bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari olish huquqiga egadir.

Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to’lash tartibi to’g’risida” gi Nizomga ko’ra, quyidagi pedagog xodimlar mehnatiga soatbay haq to‘lanishi belgilangan:

- ketma-ket ikki oydan ortiq bo‘lmagan davrda kasallik yoki boshqa sabablar bilan ishda bo‘lmagan xodimlarning o‘rnini bosish tartibida ishlab berilgan soatlar uchun haq to‘lashda;

- boshqa muassasalardan jalb etiladigan o‘qituvchilar va boshqa mutaxassislarning, shu jumladan o‘rindoshlik bo‘yicha boshqa maktablardan jalb etiladigan o‘qituvchilar va mutaxassislarning pedagogik ishi uchun haq to‘lashda;

- o‘rnini bosish tartibida umumta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan o‘tilgan o‘quv soatlari uchun haq to‘lashda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “O‘quv mashg’ulotlarini o’tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to’lash miqdorlarini tasdiqlash to’g’risida” qarori (22.04.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3157) ga ko’ra, soatbay haq to’lash tarkibiga mehnat ta’tili miqdori kiritilgan.

Demak, yuqorida nazarda tutilgan pedagog xodimlarga mehnat ta’tili berilmaydi.

Qolgan barcha holatlarda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan o’rindoshlarga mehnat ta’tili beriladi.

📍Hazorasp tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Huquqiy_aksiya
#Soʻragan_edingiz_javob_beramiz

Savol: Aliment va moddiy yordam olaman. Erimning oyligi yaxshi. Biroq aliment juda kam tushadi. Buni tekshirtirish uchun kimga murojaat qilish kerak?

Javob:
Oila kodeksiga muvofiq, aliment sud tomonidan belgilanganda aliment to'lovchining har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining:

🔸 bir bolaga – to'rtdan bir qismi;
🔸 ikki bolaga – uchdan bir qismi;
🔸 uch va undan ortiq bolaga – yarmisi miqdorida undiriladi.

💰 Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 26,5 foizi (hozirgi kunda 259 700 so'm)dan kam bo'lmasligi kerak.

🔺 Davlat ijrochisi aliment bo'yicha pul mablag'larining qarzdorning ish haqidan to'g'ri ushlab qolinishi va o'z vaqtida o'tkazilishi yuzasidan undiruvchining arizasiga ko'ra yoki o'z tashabbusi bilan tekshirish o'tkazishi mumkin.

Shu sababli, Siz aliment pullari to'g'ri ushlab qolinayotganligini tekshirish uchun davlat ijrochisiga murojaat qilishga haqlisiz.

⚠️ Qarzdorning daromadlari va mulkiy ahvoli haqida noto'g'ri ma'lumotlar berganlik yoki qarzdor o'zining ish joyi va boshqa daromadlar olish joyi haqida ma'lum qilmaganligi javobgarlikka tortishga asos bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya