XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI
1.13K subscribers
8.19K photos
1.26K videos
7 files
5.26K links
Qonunchilikdagi yangiliklar hamda Xorazm viloyat adliya boshqarmasining faoliyati haqida ma'lumotlar haqida tanishib boring
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Bolalarga nisbatan zo'ravonlik holatlarini aniqlash va ularni himoya qilish tartibi belgilandi


Hukumat qarori (440-son, 14.07.2025-y.) bilan “Bolalarga nisbatan zo'ravonlik holatlarini aniqlash, zo'ravonlik xavfi darajasini baholash, himoya qilish rejasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizomga ko'ra, zo'ravonlikdan jabrlangan yoxud o'ziga nisbatan zo'ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo'lgan bolalar bevosita o'zlari yoxud qonuniy vakillari “Inson” markazlari, ichki ishlar organlari va boshqa mas'ul organlarga murojaat qiladi.

📝 “Inson” markazlari ichki ishlar organlari ishtirokida bolaning hayotiy vaziyatini 1 kun muddatda o'rganadi.

📜 Bunda “Inson” markazi bolaning hayoti yoki sog'lig'iga tahdid soluvchi omillarni dastlabki baholashdan o'tkazadi hamda xavf darajasini “past” yoki “yuqori” deb topishi mumkin.

☑️ Xavf darajasi “yuqori” deb baholanganida, ichki ishlar organi quyidagi choralardan birini ko'radi:

🔹 zo'ravonlik sodir etgan shaxsni ma'muriy yo'l bilan ushlab turish hamda prosessual majburlov choralarini qo'llash;

🔹 bolaga yoxud uning qonuniy vakiliga himoya orderini berish;

🔹 bolani ota-onasidan (ularning biridan) yoxud uni o'z qaramog'iga olgan boshqa shaxslardan olib qo'yish va uning xavfsizligini ta'minlash.

Tahdid soluvchi omillar bartaraf etilgach, “Inson” markazi bolaning hayotiy vaziyatini 14 kalendar kun ichida kompleks baholashdan o'tkazadi.

📙 Kompleks baholash natijalariga ko'ra 3 ish kuni ichida bolani himoya qilish rejasi ishlab chiqiladi.

❗️ Bolalarga nisbatan zo'ravonlik sodir yoki sodir etishga moyil bo'lgan shaxslarga quyidagi ta'sir choralari qo'llanilishi mumkin:

▪️ tuzatish dasturidan o'tish;
▪️ bolalarini olib qo'yish;
▪️ ota-onalik huquqini cheklash yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilish.
▪️ narkologiya muassasalarida majburiy davolanish;
▪️ majburiy tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini tayinlash.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

💊 Dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni teleradiokanallar orqali reklama qilish uchun xulosa olish kerakligidan xabardormisiz?

Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

🏛 Vakolatli organ: Sog‘liqni saqlash vazirligi.

💰 Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig'im undirilmaydi.

Arizani ko'rib chiqish muddati: 5 ish kuni.

Xulosaning amal qilish muddati: cheklanmagan.

Asos:
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori.

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ta'sis etiladi


“O'zbekiston xalq artisti Botir Zokirov xotirasini abadiylashtirish, uning ijodiy merosini chuqur o'rganish va jahon miqyosida targ'ib qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–230-son, 28.07.2025-y.) qabul qilindi.

🏛 Qarorga ko'ra, Toshkent shahrida Botir Zokirov memorial muzeyi tashkil etiladi.

💰 Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ta'sis etiladi

❇️ 2026-yildan har 2 yilda 1 marta estrada san'ati bo'yicha Botir Zokirov nomidagi xalqaro ko'rik-tanlovi o'tkazib boriladi.

📹 Shuningdek, Botir Zokirovning hayoti va ijodiga bag'ishlangan badiiy film yaratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Bilasizmi

🪙 Qonunchilikka ko'ra, quyidagi shaxslardan avtotransport vositalarining to'xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi:

🔹 "Nogiron haydovchi boshqarayotgan avtomobil" taniqlik belgisi o'rnatilgan avtotransport vositasini boshqarayotgan I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar;

🔹 16 yoshgacha nogironligi bor bolasi bo'lgan ota-onalar (yoki uning o'rnini bosuvchi shaxslar).

📜 Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun tasdiqlovchi hujjatlar, ya'ni nogironlikni tasdiqlovchi tibbiy ma'lumotnoma hamda tegishli pensiya guvohnomasi bo'lishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FHDY organlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlardan onlayn foydalaning!

Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani my.gov.uz portali orqali onlayn olish mumkinligini bilarmidingiz?

Tug'ilganlik haqida guvohnomani onlayn olish tartibi va uning qulayliklari bilan quyidagi videolavhada tanishing:

Kanalga
ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Milliy va jahon musiqasining sara asarlari yanada ommalashtiriladi


“Milliy va jahon musiqa san'ati yutuqlarini xalqimiz orasida keng targ'ib qilishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–231-son, 28.07.2025-y.) qabul qilindi.

🏛 Qarorga ko'ra, O'zbekiston davlat filarmoniyasi Farg'ona viloyati bo'linmasi tarkibida quyidagilar tashkil etiladi:

🔹 Farg'ona milliy cholg'ular orkestri;

🔹 Farg'ona simfonik orkestri.

❇️ Shuningdek, reja bo'yicha Farg'ona shahridagi “Eco City” majmuasi hududidagi amfiteatrda hamda mahalliy aholi va sayyohlar ko'p tashrif buyuradigan boshqa joylarda Simfonik orkestr va Milliy cholg'ular orkestrining konsert dasturlari tashkil etib boriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📝 Hokimliklar favqulodda vaziyatlar organlari bilan hamkorlikda har yili 1-maydan 15-sentabrgacha suvda baxtsiz hodisalar (odamlar o'limi) tez-tez ro'y berib turadigan joylarni aniqlashi kerak.

⚠️ Mazkur hududlar bo'yicha mahalliy aholi va dam oluvchilar o'rtasida tushuntirish ishlari olib borish sharti bilan qirg'oq bo'ylab cho'milishni taqiqlovchi belgilar o'rnatishi shart.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Adliya_aralashgach

📣 Xonqa tumani adliya bo‘limi tomonidan fuqaro L.M.ning mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida ishlagan davrida foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun kompensatsiya to‘lovlari to‘lanmaganidan norozi bo‘lib qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.

🔰 Aniqlanishicha, murojaat muallifi 2022-yil 26-maydan 2023-yil 31-dekabrgacha ishlagan davrida mehnat ta’tilidan foydalanmaganligi sababli foydalanilmagan mehnat ta’tilli uchun pulli kompensatsiya to‘lovlari amalga oshirilmagan.

✔️ Ushbu holat yuzasidan Xonqa tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro L.M.ga to‘lanmasdan qolgan 6 163 042 so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar kechiktirilgan kun uchun jami 12 646 552 so‘m kompensatsiyani undirish haqida fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi. Sud tomonidan ushbu da’vo ariza qanoatlantirildi va fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Taklif bering, rag‘bat oling!

Qonunchilik loyihalariga eng ko‘p taklif bergan va takliflari qabul qilingan fuqarolar rag‘batlantiriladi!

Batafsil videoda bilib oling👆
#Bilasizmi

Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tish tartibidan xabardormisiz?

Mobil-ID mobil qurilmalar orqali shaxsni identifikatsiya qilish tizimi hisoblanadi.

1️⃣ Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki notarial idoralarga tashrif buyurishingiz lozim.

2️⃣ Davlat xizmatlari markazi operatori yoki notariusga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz va mobil raqamingizni ma'lum qilasiz.

3️⃣ Yuzingiz raqamli formatda rasmga tushiriladi va elektron shaklda qo‘l barmog‘ingiz izi olinadi.

4️⃣ Ma'lumotlaringiz OneID tizimi orqali tekshiriladi va Mobil-ID tizimiga yuboriladi.

5️⃣ Telefon raqamingizga tasdiqlovchi kod yuboriladi va kod tizimga kiritiladi.

6️⃣ Xizmat ko'rsatganlik uchun BHM 2 foizi miqdorida yig'im undiriladi.

7️⃣ To'lov amalga oshirilgach, telefon raqamingiz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetingizga bog‘lanadi.

📱 YIDXPning mobil ilovasi orqali Mobil-ID tizimida bepul identifikatsiyadan o‘tishingiz mumkin.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-avgustdagi 479-son qarori.

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Suv kodeksi qabul qilindi


Qonun (O'RQ–1076-son, 30.07.2025-y.) bilan O'zbekiston Respublikasining Suv kodeksi tasdiqlandi.

🔰 Kodeks suv, suv obyektlari, suv xo'jaligi obyektlari va suv fondi yerlaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

✔️ Kodeksga ko'ra, suv umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

🔗 Suvdan foydalanish umumiy va maxsus foydalanishga bo'linadi.

📋 Suv obyektlarining toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:

🔹 O'zbekistonning yer usti va yer osti suv obyektlari;

🔹 O'zbekistonda joylashgan va uning hududini kesib o'tadigan transchegaraviy yer usti va yer osti suv obyektlari.

Suv obyektlari tanho yoki birgalikda foydalanishda bo'lishi mumkin.

🏛 Suv resurslarini boshqarishda qarorlar qabul qilish maqsadida respublika va havzalar, zarur hollarda hududlar darajasida kollegial-maslahat organi shaklida suv kengashlari tashkil etiladi.

🖼 Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika suv kengashi tashkil etiladi.

📍 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan 3 oy o'tgach kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Pedagoglar va iqtidorli o'quvchilarni dam olish maskanlariga qabul qilish tartibi belgilandi


Hukumat qarori (474-son, 29.07.2025-y.) bilan “O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi dam olish maskanlariga dam oluvchilarni qabul qilish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizomga ko'ra, maskanlarga yo'llanmalar yil davomida berilib, u yerda dam olish 12 kunlik kun tartibi asosida amala oshiriladi.

Dam olish har yili quyidagi muddatlarda tashkil etiladi:

🔹 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi (Vazirlik) tizimi xodimlari va ilg'or pedagoglar uchun – sentabr-may oylarida;

🔹 iqtidorli o'quvchilar uchun – iyun-avgust oylarida.

🏛 Har bir hududda maskanlarga dam oluvchilarni saralash uchun komissiyalar tashkil etiladi.

✔️ Komissiyalar tomonidan maskanlarga 7-14 yoshli iqtidorli o'quvchilar belgilangan mezonlar asosida tanlab olinadi.

📜 Shuningdek, dam olish maskaniga quyidagi ilg'or pedagoglar tanlab olinadi:

▪️ xalqaro olimpiadalar g'oliblarini tayyorlagan o'qituvchilar;
▪️ o'qituvchi bo'lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g'oliblari;
▪️ xorijiy til va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo'yicha xalqaro sertifikatlarga ega o'qituvchilar;
▪️ asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g'oliblarini tayyorlagan o'qituvchilar;
▪️ respublika bosqichidagi ko'rik-tanlovlarda faxrli o'rinlarga ega bo'lgan o'qituvchilar;
▪️ oliy va 1-malaka toifasiga ega boshlang'ich sinf o'qituvchilari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglari;
▪️asosiy olimpiadalarning viloyat bosqichi g'oliblarini tayyorlagan o'qituvchilar.

🔗 Belgilangan mezonlar bo'yicha dam oluvchilarga ketma-ketlik asosida yo'llanmalar beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Suv obyektlaridan suv servituti asosida foydalanish asoslari belgilandi


📙 Kodeksga ko'ra, suv obyektlari doimiy yoki vaqtincha foydalanishga, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi bitimlarga asosan foydalanishga beriladi.

⌛️ Suv obyektidan vaqtincha foydalanish muddati 3 yildan kam bo'lmasligi va 49 yildan oshmasligi kerak.

✔️ Suvdan umumiy foydalanish jumlasiga quyidagilar kiradi, jumladan:

▪️ o'zining ichimlik va xo'jalik-maishiy ehtiyojlari uchun suv olish;
▪️ cho'milish;
▪️ chorva mollarini sug'orish;
▪️ sport va havaskorlik yo'li bilan baliq ovlash.

Suvdan umumiy foydalanish ruxsatsiz va cheklovlarsiz amalga oshiriladi.

📝 Suvdan maxsus foydalanish Kodeksda belgilangan hollarda ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.

🔗 Shuningdek, suv servituti quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin, jumladan:

suvdan umumiy foydalanish;
fuqarolar va transport vositalarining o'tishi;
hayvonlarni sug'orish va chorva mollarini haydab o'tish;
sohil bo'yi zonalaridan erkin foydalanishni va undan o'tishni ta'minlash.

📋 Suv servituti ommaviy va xususiy suv servituti shaklida bo'lishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Yer qa'ridan foydalanishga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganlar rag'batlantiriladi


Manba: VMQ-457-son, 22.07.2025-yil.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Ekologik_huquqlar

🪙 Qonunchilikka ko'ra, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suv transporti vositalaridan foydalanish natijasida atrof-muhit ifloslantirilganligi uchun quyidagi miqdorlarda yillik kompensatsiya undiriladi:

🔹 motorli qayiq va gidrosikllar uchun – BHMning 10 baravari;

🔹 kater uchun – BHMning 15 baravari;

🔹 yaxtalar uchun BHMning 25 baravari.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

💊 Dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni teleradiokanallar orqali reklama qilish uchun xulosa olish kerakligidan xabardormisiz?

Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

🏛 Vakolatli organ: Sog‘liqni saqlash vazirligi.

💰 Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig'im undirilmaydi.

Arizani ko'rib chiqish muddati: 5 ish kuni.

Xulosaning amal qilish muddati: cheklanmagan.

Asos:
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Siz tug‘ilishni onlayn rasmiylashtirishni bilasizmi?

Bu — yangi tug‘ilgan chaqaloqning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasini my.gov.uz portali orqali uyingizdan chiqmasdan rasmiylashtirish imkonini beruvchi qulay elektron xizmatdir.

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Iste'molchilarning huquq va manfaatlari ishonchli himoya qilinadi


Qonun (O'RQ–1078-son, 31.07.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.

🔰 Qonun hujjatlariga kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, sotuvchilarni oldi-sotdi shartnomasida ko'rsatilgan majburiyatlarni o'z vaqtida bajarishga undaydigan normalar belgilandi.

💸 Xususan, sotuvchi oldi-sotdi shartnomasida ko'rsatilgan muddatda tovarni topshirish bo'yicha majburiyatini bajarmaganda, kechiktirilgan har bir vaqt birligi uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida iste'molchiga penya to'lashi ko'zda tutildi.

❗️ Biroq bunda penyaning umumiy summasi topshirilmagan tovar bahosidan oshib ketmasligi kerak.

Shuningdek, qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga ichki ishlar organlari xodimi va Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmaslik bilan bog'liq huquqbuzarliklar uchun jazo choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.

❇️ Bundan tashqari, qonun hujjatlariga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, barcha oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda faqat yodlangan tuzdan foydalanilishi belgilandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2025_yil_1_avgustdan

❗️ 1 avgustdan qonunchilikda nimalar o'zgaradi?


🔹 Davlat xizmati lavozimlarini egallash bo'yicha tanlov o'tkazishda yangi tartib joriy etiladi BATAFSIL;

🔹 Davlat organlarida sog'lom turmush tarzi targ'ib qilinadi BATAFSIL;

🔹 Ayrim oilalar farzandlarini qabul qilgan bog'chalarga kompensatsiya to'lanadi BATAFSIL;

🔹 Ish o'rinlarini zaxiralashning elektron tizimi joriy etiladi BATAFSIL;

🔹 Ish haqi va stipendiyalar oshiriladi BATAFSIL;

🔹 Mebel texnologlari malaka sertifikatlarini olish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi BATAFSIL;

🔹 Oziq-ovqatlar uchun texnik reglamentlar majburiyligi bekor qilinadi BATAFSIL;

🔹 Mo'g'ulistondan mayda shoxli mollarni import qilgan tadbirkorlarga imtiyozlar beriladi BATAFSIL.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muddatlar

Talabalar diqqatiga!

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1-avgustdan boshlanadi.

🌐 Arizalar Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

🏛 Vakolatli organ: oliy ta'lim muassasasi.

📄 Davlat xizmati ko'rsatish natijasi bo'yicha yo'llanma taqdim etiladi.

🔹 Yo‘llanma talabalar turar joyida o‘rinlar bo‘shagan kuni dastlab imtiyozli ro‘yxat, so‘ng umumiy ro‘yxatdagi navbat bo‘yicha shakllantiriladi.

📝 Talabani talabalar turar joyiga joylashtirish oliy ta’lim muassasasi va ariza beruvchi o‘rtasida shartnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi.

Yo‘llanma shakllangandan so‘ng 10 ish kunida shartnoma tuzilmasa yoki talabalar turar joyi uchun dastlabki oylik to‘lov amalga oshirilmasa, yo‘llanma bekor qilinadi.

🌟 Foydali ma'lumotlarni yaqinlaringiz bilan ulashing va bizni kuzatishda davom eting!

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM