XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI
1.13K subscribers
7.9K photos
1.2K videos
7 files
5.03K links
Qonunchilikdagi yangiliklar hamda Xorazm viloyat adliya boshqarmasining faoliyati haqida ma'lumotlar haqida tanishib boring
Download Telegram
#Bilasizmi

🔖Qonunchilikka ko'ra, 2025-yildan doimiy tarzda oliy ta'lim muassasalarida teatr-studiyalari o'rtasida teatr-studiyalar respublika ko'rik-festivali o'tkazib boriladi.

✔️Tadbirning yuqori bosqichlari teletanlov va tele-shou shaklida tashkil etiladi.

💸Respublika bosqichida 1, 2 va 3-o'rinni egallagan jamoalar tegishli ravishda BHMning 100, 70 va 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔖 Konstitusiyaga ko'ra, oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir.

✔️ Nikoh O'zbekiston xalqining an'anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi.

📝 Davlat oilaning to'laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish
tartibidan xabardormisiz?

Talabalar turar joyiga joylashish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

🏛 Vakolatli organ: Oliy ta’lim muassasalari.

Ariza berish har yili 1-avgustdan boshlanadi.

💰 Xizmat bepul korsatiladi.

🧾
Xizmat ko'rsatish natijasi bo'yicha yo'llanma taqdim etiladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-son qarori.

🌟 Foydali ma'lumotlarni yaqinlaringiz bilan ulashing va bizni kuzatishda davom eting!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Bilasizmi

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish
tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatidan foydalanish talabgorlar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladilar.

🏛 Vakolatli organ: Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi

5 ish kunida talabgorni attestatsiyaga qo‘yish yoki qo‘ymaslik to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

🧾Attestatsiya yakunlari bo‘yicha malaka toifasi sertifikati rasmiylashtiriladi.

💠Malaka toifasi 5 yil muddatga beriladi.

Asos:
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-sentabrdagi 477-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Bilasizmi

⁉️O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olmoqchi bo'lgan shaxs davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilishi kerakligidan xabardormisiz?

Davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun chet davlat fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladilar.

🏛 Vakolatli organ: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi va uning hududiy bo‘linmalari

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: BHMning 20 foizi.

Hujjatlar qabul qilib olinganidan so'ng 1 oy muddatda imtihon o'tkaziladi.

🧾 Imtihon natijalari bo‘yicha malaka sertifikati beriladi.

Malaka sertifikati muddatsiz amal qiladi.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 592-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Bilasizmi

Tovlamachilik jazosi muqarrar jinoyatdir

Batafsil infografikada👆


📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Bilasizmi

🏢Davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish tartibidan xabardormisiz?

💠Davlat mulki obyekti — davlat ko‘chmas mulk obyektlari, xo‘jalik jamiyatlari ustav fondidagi (kapitalidagi) davlatga tegishli bo‘lgan ulushlar (aksiyalar).

Davlat xizmatidan foydalanish uchun nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladilar.

🏛 Vakolatli organ: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari.

💰 Xizmat bepul korsatiladi.

Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 5 ish kuni.

🧾Xizmat ko'rsatish natijasi bo'yicha buyurtmanoma qabul qilinganligi to‘g‘risida xabarnoma taqdim etiladi.

Asos
: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 627-son qarori.

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Bilasizmi

🕋“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati uchun litsenziya olish tartibini bilasizmi?

👫Ariza beruvchilar toifasi:
yuridik shaxslar.

🏢Litsenziyalovchi organ:
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi

💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori
: bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari.

💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari.

Arizani ko‘rib chiqish muddati: hujjatlar qabul qilish yakunlangan kundan boshlab 30 kun davomida.

Litsenziyaning amal qilish muddati: cheklanmagan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-oktabrdagi 668-son qarori. |

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Bilasizmi

🚫 Qonunchilikka ko'ra, yangi quriladigan ko'p kvartirali uylarni chiqindi to'plash joylarini belgilamasdan loyihalashtirish hamda foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi.

🏬 Shuningdek, uylarning chiqindi to'plash joylari ulardagi kvartiralar soniga mutanosib ravishda hamda atrofdagi mavjud chiqindi to'plash shoxobchalari quvvati hisobga olingan holda loyihalashtiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

☑️ Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sud tomonidan shaxsga nisbatan har qanday qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo'llash natijasida yetkazilgan zarar davlat tomonidan to'la hajmda qoplab beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya