Xorazm.uz
12.3K subscribers
13K photos
743 videos
15 files
4.57K links
Xorazm viloyati hokimligining rasmiy sahifasi

Sayt: www.xorazm.uz
fb.com/xorazmviloyatihokimligi
instagram.com/xorazmviloyatihokimligi

Yagona ishonch raqami: (62) 223-00-54

Elektron pochta: [email protected]

Manzil: Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi
Download Telegram
#Yoshlar_texnoparki

Urganch yoshlar texnoparki faoliyatiga start berildi!

Bugun, 26-fevral kuni Xorazm viloyatida Urganch yoshlar texnoparkining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilgan texnopark yoshlarning g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni innovatsion faoliyatga keng jalb etishga qaratilgan.

Bu yerda yoshlar robototexnika, mexatronika, 3D dasturlash, kompyuter savodxonligi kabi bir qator kurslarda tahsil olishlari, InnoX dasturi doirasida o‘z g‘oyalarini startap loyihaga aylantirishlari hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari mumkin.

Yoshlar texnoparki binosi arixtekturaning zamonaviy talablari asosida bunyod etilgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 100 nafardan ortiq yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish imkoniyati mavjud.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar texnopark hududdagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular orasida ilmiy faoliyatni keng targ‘ib etish hamda innovatsion ekotizimni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladilar.

Shundan so‘ng mehmonlar oliy taʼlim muassasalari hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari namoyish etilgan ko‘rgazmada ishtirok etdilar.

Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube