Xorazm.uz
11.1K subscribers
11.7K photos
688 videos
12 files
4K links
Xorazm viloyati hokimligining rasmiy sahifasi

Sayt: www.xorazm.uz
fb.com/xorazmviloyatihokimligi
instagram.com/xorazmviloyatihokimligi

Yagona ishonch raqami: (62) 223-00-54

Elektron pochta: [email protected]

Manzil: Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi
Download Telegram
Xorazm viloyatida ipakchilik sanoatidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib о‘tdi

Joriy yilning 17-yanvar kuni О‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining departament direktori D.Nafasov, “О‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi о‘rinbosari R.Abdullayev va hududdagi viloyat tijorat banklari rahbarlari ishtirokida Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan ipakchilik sanoatidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘kazildi.
Uchrashuv davomida davlatimiz tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish о‘rinlarini yaratish va aholining doimiy daromad manbaalariga ega bо‘lishi hisobiga kambag‘allikni qisqartirish bо‘yicha olib borilayotgan islohotlar, xususan ipakchilik faoliyati bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va mazkur faoliyat uchun yaratilgan imkoniyatlar xususida batafsil tushuntirishlar berib borildi.
О‘tkazilgan sayyor qabulda ipakchilik faoliyatini amalga oshiruvchi 9 ta tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan suhbatlashilib, ulardan 3 nafarining murojaatlari ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.

Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube
XORAZMNING TURIZM SALOHIYATI ISPANIYADA TARG‘IB QILINMOQDA

Xorazm viloyati hokimi o'rinbosari B.Saidov boshchiligidagi turizm, madaniyat sohasi vakillari, turoperator va hunarmandlardan iborat delegatsiya Ispaniya Qirolligining Madrid shahrida bo‘lib o‘tayotgan nufuzli “FITUR” xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etmoqda.

Tadbirning birinchi kunida, viloyat hokimi o‘rinbosari B.Saidov “Agencia Catalana de Turismo” (Katalonya turizm agentligi), “European Travel Comission” (Yevropa sayyohlik komissiyasi), Xitoy, Iordaniya, Ispaniya, Belgiya va Yevropaning boshqa yirik sayyohlik tashkilotlari vakillari bilan uchrashib, sayyohlar oqimini oshirish, targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish bo’yicha kelishuvlarga erishdilar.

Shuningdek, Butunjahon Turizm Tashkiloti UNWTO rahbari Z.Pololikashvili “O‘zbekiston” milliy stendiga tashrif buyurib, Xorazm viloyatning turizm salohiyati bilan tanishdi. Xorazm viloyatining sayyohlik imkoniyatlari hamda yurtimiz turizm sohasidagi o‘rni to‘g‘risida ijobiy munosabat bildirdi.

Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube
“E-auksion” elektron savdo platformasi orqali savdoga chiqarilgan
davlat aktivlari bo‘yicha to‘lovlarni, ularning miqdoridan qat’iy nazar 5 (besh) yil ichida bo’lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib oling!

🔷 Urganch shahrida 2 tа (ko'rish)
🔷 Bog'ot tumanida 5 tа (
ko'rish)
🔷 Gurlan tumanida 3 tа (
ko'rish)
🔷 Qo'shko'pir tumanida 1 tа (
ko'rish)
🔷 Urganch tumanida 1 tа (
ko'rish)
🔷 Tuproqqal'a tumanid 2 tа (
ko'rish)
🔷 Xiva tumanida 3 tа (
ko'rish)
🔷 Shovot tumanida 3 tа (
ko'rish)
🔷 Yangiariq tumanida 1 tа (
ko'rish)

Savollarga javob olish

☎️: 71 202 21 11
☎️: 99 207 26 03

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Бугун халқ депутатлари Хоразм вилояти Кенгашининг навбатдаги 5-сессияси бўлиб ўтди.

Сессия кун тартибига “Ўзбекистон - 2030” стратегиясини “Ёшлар ва бизнесни қўллаб-қувватлаш йили”да амалга оширишга оид давлат дастурида белгиланган вазифаларнинг 2024 йилда вилоятдаги ижроси, умумфойдаланувдаги автомобил йўлларини таъмирлаш, мактабгача ва мактаб таълими соҳада ўтган йилда амалга оширилган ишлар ва бошқа бир қатор долзарб масалалар киритилди. Кун тартибидаги масалалар юзасидан масъул раҳбарларнинг ҳисоботлари тингланди.

Сессия ишида вилоят ҳокими Жўрабек Рахимов иштирок этди ва сўзга чиқди. Депутатлар томонидан қизғин муҳокамалардан кейин кўриб чиқилган масалалар юзасидан тегишли қарорлар қабул қилинди.

Хоразм вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM