Xorazm.uz
11.3K subscribers
11.6K photos
685 videos
12 files
3.98K links
Xorazm viloyati hokimligining rasmiy sahifasi

Sayt: www.xorazm.uz
fb.com/xorazmviloyatihokimligi
instagram.com/xorazmviloyatihokimligi

Yagona ishonch raqami: (62) 223-00-54

Elektron pochta: [email protected]

Manzil: Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi
Download Telegram
#Tashabbusli_budjet

Bugungi kunda Xorazm viloyatida jami 543 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 10 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, 363 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 14 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari, jami 930 ta ta’lim muassasalari faoliyat yuritib kelmoqda.

Ta’lim muassasalarini 2023-2024-yangi o‘quv yili va kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida birmuncha ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2023-yilda “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida 101 ta muassasalar, shundan 91 tasi umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 2 tasi ixtisoslashtirilgan maktab, 8 tasi esa maktabgacha ta’lim tashkiloti g‘olib deb topilib, loyiha doirasida jami 90,2 mlrd. so‘m yutib olindi.

Ushbu mablag‘lar hisobiga muassasalarni joriy ta’mirlash, deraza romlari, issiqlik tarmoqlari va qozonlarni almashtirish, yozgi ayvonchalarni ta’mirlash, quyosh panellari o‘rnatish, mebel-jihoz, texnik vositalari sotib olish va hududlarning tevarak-atrofini o‘rash ishlari amalga oshirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

⚡️“Bir fuqaro – bir ovoz” tamoyili joriy etiladi

Fuqarolarning taklif va istaklarini inobatga olgan holda “Tashabbusli budjet” jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida amaldagi tartibga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Bunga ko‘ra, endilikda:

1️⃣Tashabbusli budjet” jarayonlari “Bir fuqaro – bir ovoz” tamoyili asosida o‘tkazilishi;
2️⃣Mening yo‘lim” loyihasi har yili Tashabbusli budjetjarayonining birinchi mavsumi bilan birlashtirilgan holda o‘tkazilishi belgilanmoqda.

#tashabbusli_budjet #open_budget #inson_qadri_uchun

➡️ Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube