Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
#Kadastr #xalqaro_aloqalar
🌍 Fazoviy ma'lumotlar infratuzilmasi bo'yicha Evrosiyo tashabbusi (Eurasia SDI) ishtirokchi davlatlari va tashkiliy qo‘mita a’zolarining 2023-yildagi ilk onlayn formatdagi uchrashuvi bo’lib o’tdi.
✅ Uchrashuvdan ko’zlangan maqsad 2023-yilda tashkiliy qo’mitaning faoliyati va kelgusi rejalarini muhokama qilish hamda 2023-2024yillarda Fazoviy ma'lumotlar infratuzilmasi bo'yicha “Evrosiyo SDI” konferensiyasini o’tkazish bo’yicha mezbon davlatlarni aniqlash muhokamasi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun: Fazoviy ma'lumotlar infratuzilmasi bo'yicha Evrosiyo tashabbusining doimiy a’zolari 🇰🇷Koreya Respublikasi, 🇧🇾Belarus Respublikasi, 🇰🇿Qozog’iston Respublikasi, 🇰🇬Qirg’iziston Respublikasi, 🇹🇯Tojikiston Respublikasi, 🇲🇳Mo‘g’uliston va🇺🇿 O’zbekiston Respublikasi hisoblanib, tashabbusning asosiy maqsadi Koreyaning rivojlanayotgan davlatlar bilan geoaxborot tizimlari va fazoviy ma’lumotlarni rivojlantirishda bilimlar transferi va tajriba almashishdan iborat.
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Ma’lumot uchun: Fazoviy ma'lumotlar infratuzilmasi bo'yicha Evrosiyo tashabbusining doimiy a’zolari 🇰🇷Koreya Respublikasi, 🇧🇾Belarus Respublikasi, 🇰🇿Qozog’iston Respublikasi, 🇰🇬Qirg’iziston Respublikasi, 🇹🇯Tojikiston Respublikasi, 🇲🇳Mo‘g’uliston va
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
#kadastr #xalqaro_aloqalar
🟢 Ayni damda 🌟 Kadastr agentligida 🇹🇯 Tojikiston Respublikasi Yer resurslari va geodeziya qo‘mitasining “Fazo” ilmiy-loyihalash instituti hamda Dushanbe Aerogeodeziya Davlat unitar korxonasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tmoqda.
✅ Uchrashuv kun tartibidan yer va ko’chmas mulk munosabatlari yo’nalishidagi qonunchilikdagi o’zgarishlar, O’zbekistonda fazoviy ma’lumotlar milliy infrastrukturasini qurish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tajriba almashish o’rin olgan.
🟢 Ma’lumot uchun: 2018-yil 17-avgustda Tojikiston Respublikasi Prezidentining O’zbekistonga tashrifi doirasida “Yer tuzish, kadastr, geodeziya, kartografiya va Yerni masofadan turib zondlash sohasida hamkorlik" bo’yicha Hukumatlararo Bitim imzolangan bo’lib, 🇺🇿 O’zbekiston tomondan asosiy ijrochi 🌟 Kadastr agentligi, 🇹🇯 Tojikiston Respublikasi tomonidan Tojikiston Yer resurslari va geodeziya qo‘mitasi hisoblanadi.
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #dron_show #xalqaro_aloqalar
🇰🇷 Koreya Respublikasining 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi Tijoriy hamkorlik masalalari bo‘yicha bo‘linmasi (KOTRA), Koreya Yer, infrastruktura va transport vazirligi hamda 🌟 Kadastr agentligi "✨ Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi hamkorligida tashkil etilgan 👌 “Drone Show” ilmiy-amaliy seminarining ikkinchi kuni o‘z nihoyasiga yetdi.
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
#kadastr #xalqaro_aloqalar
🇺🇿 O‘zbekiston va 🇦🇿 Ozarbayjon kadastr idoralari o‘rtasida yer hisobi, geoaxborot tizimlari, kadastr tizimlarining modernizatsiyasi yo‘nalishida idoralararo ishchi guruhlarning onlayn sessiyasi bo‘lib o‘tdi
🟢 Joriy yilning 8-iyun hamda 22-iyun sanalarida 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi 🌟 Kadastr agentligi hamda 🇦🇿 Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Mulk masalalari davlat xizmati o‘rtasida idoralararo ishchi guruhlarning tajriba almashishga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
⏰ Kun tartibidan:
😎 Yer maʼmurchiligi hamda yer hisobini yuritish;
😎 Yer va kadastr nazorati;
😎 Raqamlashtirish va Yer boshqaruviga oid axborot tizimlari;
😎 Ozarbayjonning «Nesas» hamda O‘zbekistonning «Uzkad» axborot tizimi imkoniyatlari;
😎 geoaxborot tizimlari va manzillar reyestri;
😎 Fazoviy maʼlumotlar infrastrukturasini yaratish yo‘nalishida o‘zaro tajriba almashish o‘rin oldi.
✅ Maʼlumot uchun: Davlatlararo sohaviy hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya o‘rtasida belgilangan harakatlar rejasiga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tomonlarning hamkorlik ko‘lami – yer munosabatlari, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat kadastrlarini yuritish sohasida tajriba almashish, shuningdek mazkur yo‘nalishlarda elektron xizmatlar ko‘rsatish masalalarini qamrab oladi.
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
#kadastr_agentligi #xalqaro_aloqalar
💠 Jahon banki missiyasining “Shahar yerlari boshqaruvi hamda yashil infratuzilmani rivojlantirish masalalari” yuzasidan 🇺🇿 O‘zbekistonga tashrifi bo‘lib o‘tmoqda
🟢 Joriy yilning 4-sentabr sanasida 🌟 Kadastr agentligida Jahon bankining Yеvrора va Markaziy Osiyo mintaqasi uchun bаrqаrоr rivojlanish bo'yicha mintaqaviy direktori Same Vahba boshchiligidagi missiya hamda Agentlik direktorining o'rinbosari M.Mirmaksudov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
✅ Uchrashuv davomida “Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasi bo‘yicha bajarilgan ishlar va “Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini yaratish” istiqboldagi investitsiya loyihasi doirasida 2022-yildan buyon olib borilgan tayyorgarlik ishlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
➡️ Missiya a’zolarining loyihaga doir savollariga javob berildi.
😎 Jahon banki missiyasi tomonidan yer islohoti, xususiylashtirish, raqamlashtirish masalalari milliy iqtisodiyot va fuqarolarning hayot sifatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil ekanligi ta’kidlandi.
😄 Shuningdek, yer ma'murchiligi hamda kadastrni rivojlantirish yo'lida istiqboldagi hamkorlik rejalari bo‘yicha o‘zaro fikr va tavsiyalar almashildi.
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM