XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.62K subscribers
7.39K photos
1.04K videos
9 files
4.73K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Янги йил байрамини нишонлаш даврида қўшимча ишланмайдиган кунни белгилаш ва дам олиш кунини кўчириш тўғрисида”ги қарори

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Bilib_Oling

💬 Savol: Men tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun auksiondan yer maydoni yutib oldim. Mazkur yer uchastkasiga kadastr hujjatini shakllantirsam bo‘ladimi? 

Javob: Bo‘ladi. Bunda kadastr pasportini shakllantirish uchun arizani my.gov.uz yoki DXM orqali berishingiz mumkin.

🔖🔖🔖🔖🔖🔖🔖🔖🔖

#Find_Out

💬Question: I won a plot of land at an auction to do business. Can I create a cadastral document for this plot of land?

Answer: Yes. In this case, you can submit an application for the formation of a cadastral passport through my.gov.uz or DXM.

TelegramInstagram
Facebook I  Youtube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat xizmatlari markazlaridagi kadastr xizmatlari


Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish tartibi bilan tanishing 👆

🗓 Xizmat ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni

#DavKadastrPalata #davlat_xizmatlari_markazi #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Sayyor_Qabul

💬Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida Kadastr agentligi direktor o'rinbosari Abdullayev Abdushukur Xamidovich boshchiligida bo'lib o'tgan sayyor qabul tafsilotlari XORAZM24 informatsion dasturida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mahallabay #Xorazm_Kadastr

Kadastr xizmati:
Inson manfaatlari yo'lida

🌟avlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi hamda uning tuman va shahar filiallari xodimlari tomonidan 2024-yil davomida xalq roziligini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar olib borildi.

Xususan, aholining kadastr xizmatiga oid murojaatlari joyiga chiqib, "Mahallabay" va "Xonadonbay" usulida o‘rganildi.

◼️Quyida havolalar orqali “Mahallabay” va “Xonadonbay” tizimi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida bilib olishingiz mumkin:

💠 Bog'ot tumani
💠 Gurlan tumani.
💠 Qo'shko'pir tumani
💠 Tuproqqal'a tumani
💠 Urganch tumani
💠 Urganch shahar
💠 Xiva tumani
💠 Xiva shahar
💠 Xonqa tumani
💠 Hazorasp tumani
💠 Shovot tumani
💠 Yangiariq tumani
💠 Yangibozor tumani

📱 Telegram 📱 Instagram
📱Facebook I  📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📃 "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi lavozimlariga tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2024 yil 6-dekabrdagi 202-sonli buyrug‘i qabul qilindi.

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi lavozimlariga ishga qabul qilish chog‘ida tanlov o‘tkazish tartibini belgilaydi.

◼️Tanlov ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organdagi bo‘sh (vakant) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi lavozimi uchun munosib nomzodlarni tanlash maqsadida tashkil etiladi va o‘tkaziladi.

◼️Tanlovning o‘z vaqtida va sifatli tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisining buyrug‘i bilan doimiy faoliyat yuritadigan tanlov komissiyasi tashkil etiladi.

Tanlov quyidagi bosqichlardan iborat hisoblanadi:

- tanlovning o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon berish;
- nomzodning hujjatlarini qabul qilish va ularni o‘rganib chiqish;
- nomzodni test va suhbat sinovlaridan o‘tkazish;
- tanlov natijalarini e’lon qilish.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Kadastr agentligida oliy ta’lim muassasalarining bitiruv kursi talabalari stajirovkasini tashkil etish bo‘yicha E’LON

Faoliyat yo‘nalishi:
yosh mutaxassislarni Agentlik tizimi xizmatiga tayyorlash, kasbiy faoliyat mas’uliyatini his etish va tajribali mutaxassislarning ish faoliyatini o‘rganish orqali oliy ta’lim muassasalarida olgan nazariy bilimlarini amaliy mustahkamlash;

Rasmiy talablar:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
oliy ta’lim muassasalarining kadastr va iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi shaklining bakalavriat bosqichi bitiruv kurs talabalari;

Shuningdek:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan;
belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan fuqarolar Kadastr agentligi tizimiga ishga qabul qilinmaydi.

Mehnat sharoiti:
Barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;
ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);
bazaviy hisoblash miqdorining uch barobarigacha miqdorda haq to‘lanadi;

Murojaat muddati va manzil:
nomzodlar o‘qish joyidan ma’lumotnoma, ma’lumotnoma-ob’yektivka, pasport nusxasi va telefon raqamini Kadastr agentligining “[email protected]” elektron pochtasiga 2025-yil 10-yanvar kuniga qadar yuborish lozim (ma’lumot uchun telefon: 71-202-55-65 (1)).

🗣Stajirovkaga qabul qilish tartibi va savollar ro‘yxati bilan 🌟 Kadastr agentligining rasmiy 🌐 Telegram kanali orqali tanishishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Maqola

*️⃣Yer sohasidagi islohotlar bugungi kun hayotimizning barcha sohalari bilan aloqadorligi hamda yerlarni hisobini yuritish va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish zarurligi har bir fuqarolar oʻrtasida boʻlayotgan bahs va munozaralardagi asosiy mavzulardan biriga aylangan.

*️⃣Barchamizga maʼlumki, yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish, yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni taʼminlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash, shuningdek, yerning iqtisodiy qiymatini belgilash orqali uni fuqarolik huquqiy munosabatlar obyekti sifatida erkin muomalaga kiritishga qaratilgan qator islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.

*️⃣Yer uchastkalari xususiy sektorga yaʼni yuridik va jismoniy shaxslarga mulk va ijara huquqi asosida, davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishi yoʻlga qoʻyilgan.

*️⃣Shunindek, yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishda ham qator islohotlar olib borilyapti.

*️⃣Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 31-moddasiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga boʻlgan huquqi joyning oʻzida chegaralar belgilanganidan, yer uchastkalarining planlari (chizmalari) va tavsiflari tuzilib, yer uchastkalariga boʻlgan huquq davlat roʻyxatiga olinganidan keyin vujudga kelishi belgilangan.

*️⃣Ayrim fuqarolar tomonidan “Yer uchastkasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun kadastrga murojaat qildim ammo ishimni hal qilmadi”, degan eʼtirozlarini xam eshitib turamiz gohida. Shuni alohida taʼkidlab oʻtishimiz zarurki, Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan huquq egasining murojaati bilan yer uchastkasiga boʻlgan huquq vujudga kelganidan keyin yer uchastkasiga boʻlgan huquq belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.

*️⃣Yaʼni koʻrib turibmizki, kadastr organlari yer uchastkasini davlat roʻyxatidan oʻtkazmaydi, balki yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi. Bunda, Yer uchastkasi, unga boʻlgan huquqni va ushbu huquq egasini bogʻlovchi tashkilot sifatida koʻrishimiz mumkin. Ushbu jarayonni amalga oshirishimiz uchun yuqoridagi 3 ta maʼlumot boʻlishi zarur.

*️⃣Bundan tashqari yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini qo‘llashda vujudga kelayotgan muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish, shu jumladan, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, yerdan oqilona foydalanish bo‘yicha xorijiy tajribalarni o‘rganib, milliy xususiyatlarni inobatga olgan holda joriy etish, yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ahvolini muntazam o‘rganib borish, sohada huquqni qo‘llashning yagona amaliyotini shakllantirish borasidagi takliflarni muvofiqlashtirish ishlari olib borilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram
📱Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr
#sarhisob

🎊2024-YIL SARHISOBI

🌟Kadastr agentligi va 💫Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar haqida qisqacha ushbu video orqali tanishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱Facebook I  📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmalari jamoasi barcha yurtdoshlarimizni va hamkasblarimizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan tabriklaydi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

😞😡😞😕- YIL SАRHISOBI

🕔 Roppa rosa bir yil avval oldimizga qoʼygan maqsad va istaklarimiz sarhisobi, natija va samaralar koʼrsatkichlari, faoliyatimiz bahosi – yil yakunida koʼz oldimizda koʼzgu boʼladi. Erishganlarimizni siz bilan sarhisob qilamiz va yangi rejalarni birgalikda tuzamiz.

🪬 Surxondaryo viloyati
🪬 Toshkent shahri
🪬 Qashqadaryo viloyati
🪬 Xorazm viloyati
🪬 Farg'ona viloyati
🪬 Toshkent viloyati
🪬 Jizzax viloyati
🪬 Qoraqalpog'iston Respublikasi
🪬 Samarqand viloyati
🪬 Buxoro viloyati
🪬 Andijon viloyati
🪬 Namangan viloyati
🪬 Navoiy viloyati

🎉 Yangi marralar, yangi gʼoya-fikrlar, yangi tashabbus va takliflar bilan erishilgan daraja – pogʼonadan yanada yuqorilash uchun yangi yil, bizga yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

#DavKadastrPalata #yilnoma #sarhisob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"BILISHINGIZ MUHIM" sarhisobi


🌟 Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati tomonidan ushbu loyiha fuqarolarimizning huquqiy bilimlarini yanada oshirish, ovoragarchiliklarni kamaytirish va sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklardan muntazam boxabar qilib borish maqsadida yo'lga qo'yilgan.

⚖️ Jamiyatda qonunlarga nisbatan hurmatni oshirish va ularni keng targ'ib qilish bilan aholining o'z huquqlarini chuqurroq tushunishi va himoya qilishida yordam berishga qaratilgan mazkur ruknda 2024-yil davomida mutaxassislarimiz tomonidan quyidagi savol va murojaatlarga batafsil ma'lumotlar asosida javob berib borildi:

🇺🇿 Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijarga berish tartibi

🇺🇿 Ko‘chma savdo do‘konlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

🇺🇿 Ko‘chmas mulk obyektlari qarzdorligini aniqlash

🇺🇿 Yerga yoki binoga egalik huquqini olish

🇺🇿 Kadastrda "qizil chiziq" qanday tartibda belgilanadi?

🇺🇿 Bino-inshootni xususiylashtirish tartibi

🇺🇿 937-sonli Qonun haqida muhim ma'lumotlar

🇺🇿 937-sonli Qonun ijrosi qanday bosqichlarda amalga oshiriladi?

🇺🇿 937-sonli Qonunga ko'ra huquqlarni e'tirof etishda davlat organlari nazorati

🇺🇿 937-sonli Qonunda qaysi muddatgacha qurilgan uylarga mulk huquqini e’tirof etish ko’zda tutilgan?

🇺🇿 Huquqni e’tirof etish uchun ijobiy xulosa berilgan taqdirda fuqarolar qanday xabar topadi?

🇺🇿 Necha sotixgacha bo‘lgan yerlarga mulk va ijara huquqi rasmiylashtirib beriladi?

🇺🇿 Binolar 2018-yilgacha qurilganligini aniqlash

🇺🇿 Sugʻoriladigan yerlar boʻyicha masalalar

🇺🇿 Bogʻdorchilik va uzumchilik yerlari boʻyicha masalalar

🇺🇿 Ijara huquqi eʼtirof etilgan yer uchastkasini xususiylashtirish tartibi

🇺🇿 Tuman-shahar hokimlarining qarorlari tasdiqlanmagan yerlarga huquqlarni e'tirof etish asoslari

🇺🇿 Kichik sanoat zonalarida joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish asoslari

🇺🇿 Ijara huquqi eʼtirof etilgan yer uchastkasining yer fondi toifasini oʻzgartirish

🇺🇿 Xatlov bo'yicha tavsiyalar 1, 2

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim #sarhisob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Hududim haqida ma'lumot" sarhisobi


🇺🇿 Respublikamizning har bir viloyati o'ziga xos geografik joylashuv, hududiy birliklar va ko'chmas mulk obyektlariga ega. Yil davomida "Hududim haqida ma'lumot" loyihasida har bir viloyatning ma'muriy birliklari, maydoni, aholi soni va ko'chmas mulk obyektlari haqidagi muhim ma'lumotlar infografika shaklida yoritildi.

🫥 Loyiha viloyatlardagi kadastr sohasi bilan bog'liq muhim jihatlarni statistik ma'lumotlar asosida tahlil qilish hamda ularning iqtisodiy va ijtimoiy holatini baholashni osonlashtiradi. Bu esa, hududlarning rivojlanish imkoniyatlarini aniqlash va kadastr tizimining samaradorligini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

🇺🇿 Qoraqalpog'iston Respublikasi
🇺🇿 Xorazm viloyati
🇺🇿 Andijon viloyati
🇺🇿 Buxoro viloyati
🇺🇿 Jizzax viloyati
🇺🇿 Qashqadaryo viloyati
🇺🇿 Samarqand viloyati
🇺🇿 Navoiy viloyati
🇺🇿 Surxondaryo viloyati
🇺🇿 Farg‘ona viloyati
🇺🇿 Toshkent shahri
🇺🇿 Sirdaryo viloyati
🇺🇿 Toshkent viloyati
🇺🇿 Namangan viloyati

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM