#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #xatlov #Qonun_937
🌟 Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmasi shuningdek tuman(shahar) filiallari xodimlariga ZOOM platformasi orqali boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi X.Matkarimovning video murojaati namoyish etildi. Ushbu murojaat xodimlarni korrupsiyaga qarshi ogohlikka chaqirishga qaratilgan.
▶️ Video orqali O'zbekiston Respublikasining O'RQ-937-sonli Qonuni doirasida kadastr xodimlarining xatlov jarayonlarida o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilishlari yoki korrupsiya harakatlariga yo‘l qo‘yishlari holatlari haqida ogohlantirildi. Shuningdek, xodimlarga bunday holatlar yuzaga kelgan taqdirda darhol xabar berish zarurligi ta'kidlandi.
📣 Xabibulla Matkarimov shuningdek, qonunning mazmuni va ahamiyatini tushuntirib, kadastr xodimlarini korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlardan saqlanishga, shuningdek, qonuniy me’yorlarga to‘liq rioya qilishga chaqirdi.
📱 Telegram I 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XATLOVDAN XABARLAR
#DavKadastrPalata #OʼRQ_937 #xatlov2024 #xorazm_viloyati
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Xatlov
🔴 “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun amalda.
🖥 Bu jarayon Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan maxsus reja-jadval asosida amalga oshirilmoqda. Xatlov ishlarining maqsadi — o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni hisobga olish, ularni tahlil qilish va zarur huquqiy tartibni o‘rnatishdir. Bu orqali fuqarolar o‘z mulklarining huquqiy maqomini rasman belgilashlari mumkin bo‘ladi. Reja-jadvalning to‘liq versiyasi bilan tanishish uchun bu yerga bosing.
✔️ Ushbu xatlovlar orqali ko‘plab fuqarolarga o‘z mulklarining huquqiy maqomini qayd etish imkoniyati beriladi, bu esa ularning yer va binolariga bo‘lgan huquqlarini rasmiy hujjatlar bilan himoya qilish imkonini yaratadi.
Foto: Davlat kadastrlari palatasi raisning birinchi o’rinbosari N.Inamov Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi boshlig'i F.Niyozov Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmasi boshlig'i H.Rozmetovlar xatlov jarayonlaridan lavhalar.
📱 Telegram I 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱 Youtube
Foto: Davlat kadastrlari palatasi raisning birinchi o’rinbosari N.Inamov Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi boshlig'i F.Niyozov Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmasi boshlig'i H.Rozmetovlar xatlov jarayonlaridan lavhalar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
Quyidagi kadastr xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi:
#DavKadastrPalata #kadastr_xizmatlari
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Seminar
⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmari binosida 2024-yil 25-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligida Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni munosabati bilan, shuningdek, xotin-qizlar huquqiy ongi va madaniyatini oshirish hamda jamiyatda diniy ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirishga qaratilgan seminar-davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
✔️ Tadbirda URDU Huquq kafedrasi o‘qituvchisi O‘ktamova Shohida Adilbekovna mehmon sifatida ishtirok etdi. U kishi ayollarning huquqiy himoyasi, gender tenglikni ta’minlash, zo‘ravonlikka qarshi kurashish borasida amaliy maslahatlar berib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.
🔴 Seminarda quyidagi asosiy masalalar muhokama qilindi:
*️⃣ Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga oid milliy qonunchilik va xalqaro me’yorlar.
*️⃣ Zo‘ravonlikka uchragan shaxslar uchun mavjud yordam mexanizmlari.
*️⃣ Yosh avlodni diniy ekstremizm va boshqa zararli oqimlardan himoya qilishda ayollarning roli.
*️⃣ Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar va mavzu yuzasidan takliflarini taqdim etdilar. Davra suhbati ochiq va samimiy muhitda o‘tkazilib, ishtirokchilarga xotin-qizlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish bo‘yicha turli ko‘rgazmali materiallar ham taqdim etildi.
📱 Telegram I 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
#Kadastr_agentligi #infografika
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #maqola
🖥 2024-yil 5-avgustda imzolangan "O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonun O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni qonuniylashtirish uchun muhim qadam bo‘ldi. Bu qonun, asosan, 2018-yil 1-maygacha egallangan yerlar va ulardagi binolarni huquqiy maqomga ega qilishni maqsad qilgan.
*️⃣ Xorazm viloyatidagi ishlar haqida:
✔️ Xatlov ishlari: Viloyatda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va binolar xatlovdan o‘tkazilmoqda. Bu jarayonda, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan ko‘chmas mulk ob’ektlari aniqlanib, hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Hozirgacha minglab xonadonlar va yer maydonlari bo‘yicha hujjatlar tartibga solingan
✔️ Huquqiy asos: Qonunga ko‘ra, yer uchastkalari boshqa shaxsga ajratilmagan, nizoli emas va sug‘oriladigan hududlar yoki muhofaza zonalarida bo‘lmagan holda huquqiy maqomga ega qilinadi. Xorazmda ham mazkur talablar asosida ishlar olib borilmoqda
✔️ Jamoatchilik nazorati: Mahallalarda tashkil etilgan jamoatchilik guruhlari jarayonni nazorat qilib, fuqarolarning qonuniy huquqlarini himoya qilishda yordam bermoqda. Shuningdek, mahalla yig‘ilishlarida hujjatlar ochiq muhokama qilinmoqda
✔️ Chegirma va yengilliklar: Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, masalan, I va II guruh nogironlari, to‘lovlardan ozod qilingan yoki ularga yengilliklar taqdim etilgan
Natijalar va istiqbollar: Mazkur qonun Xorazm viloyatida minglab fuqarolarni o‘z yer uchastkalari va ko‘chmas mulklarini qonuniylashtirish imkoniyati bilan ta’minlamoqda. Bu esa, fuqarolarning mulk huquqini himoya qilish va iqtisodiy barqarorlikni oshirishga xizmat qiladi
*️⃣ Agar sizda qo‘shimcha savollar yoki maxsus hujjatlar bilan bog‘liq ehtiyojlar bo‘lsa, Kadastr agentligining mahalliy bo‘limlariga murojaat qilishingiz mumkin.
*️⃣ Mualif: Kadastr agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig'i Bexzod Jumabayev
📱 Telegram I 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱 Youtube
Natijalar va istiqbollar: Mazkur qonun Xorazm viloyatida minglab fuqarolarni o‘z yer uchastkalari va ko‘chmas mulklarini qonuniylashtirish imkoniyati bilan ta’minlamoqda. Bu esa, fuqarolarning mulk huquqini himoya qilish va iqtisodiy barqarorlikni oshirishga xizmat qiladi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Yer_nazorati #Bartaraf
⭐️ Kadastr agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Tuproqqal'a tumani inspektorlari tomonidan Xorazm viloyati Tuproqqal'a tumani «Muhabbat» mahallasida o‘tkazilgan monitoring jarayonida fuqaro S.A umumiy 50 kv.metr yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, hech qanday qurilishga ruxsat beruvchi hujjatlarsiz bino qurilganligi aniqlandi va bartaraf qilish bo‘yicha fuqaroga yozma ko‘rsatma yuborildi. Hozirgi kunda fuqaro xulosa chiqargan holda o‘z hisobidan noqonuniy qurilmani bartaraf qilinishi taʼminlandi.
⚠️ Eslatma: O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan, 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurish orqali o'zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etiladi.
❗️ Unutmang! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
📱 Telegram I 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM