XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.63K subscribers
7.34K photos
1.03K videos
9 files
4.69K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
#Bilasizmi? #Savol_Javob

Savol: Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to'lovlarni to'lashda nogiron yoki nafaqaxo'rlarga imtiyozlar bormi?

Javob: Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to'lovlarni to'lashda nogiron yoki nafaqaxo'rlarga imtiyozlar Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 186-son qarori bilan tartibga solinadi. I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi).
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📤 SAVOL: Menga tegishli davlat ro‘yxatidan o‘tgan yer uchastkasida qo'shimcha yer bor. Shu qo‘shimcha yerni auksion savdosiga qo'ysa bo'ladimi?

✍️ JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqidagi 14.02.2022 yildagi 71-son qaroriga muvofiq, fuqarolar tomonidan egalik huquqi mavjud bo‘lgan yoki umumiy foydalanishdagi bo‘lgan yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish mumkin emas. Qonunchilikka ko‘ra, faqat qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini belgilangan tartibda auksion savdolariga taqdim qilish mumkin.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📤 SAVOL: Uyimning orqa tarafida 2 sotix yer bor edi,10 yil oldin texnik kadastr qildirganman, shuni hozir auksion savdosiga qo'yamiz deyishyapti. Shuni tartibi haqida tushuntirib bering.

✍️ JAVOB: Qonunchilikka ko'ra, agar texnik hujjatda ushbu yer maydoni ko'rsatilgan bo'lsa auksion savdolariga chiqarilmaydi, hech qanday hujjat mavjud bo'lmagan holatda mazkur yer maydoni zaxira yer maydoni hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 685-sonli qaroriga asosan auksion savdolariga chiqarilishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

****

👉@Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📧 SAVOL: 2 sotix yer va qurilishi yakunlanmagan uy sotib olgan edim. Menga sotgan shaxs ushbu yer va qurilishi yakunlanmagan uyni o'zining 8 sotixli hovlisidan ajratib sotgan edi. Savolim, 2 sotix yerimga egalik huquqini rasmiylashtirishim uchun qanday hujjatlar kerak bo'ladi?

✍️ JAVOB: Ayrim binolar va inshootlarga yoki ularning bir qismiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishi munosabati bilan vujudga kelgan yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan doimiy foydalanish huquqining boshqa shaxsga o‘tishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan tuzilgan, tuman (shahar) qurilish bo‘limi va huquq egasi bilan kelishilgan yer uchastkasini bo‘lish hamda uning yangi chegaralarini belgilash haqidagi dalolatnoma asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Nizo mavjud bo‘lgan taqdirda, yer uchastkasi O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan tartibda bo‘linadi va Reyestrdan tegishli ko‘chirma beriladi.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi? #Savol_Javob

Savol: Assalomu Aleykum, savolim shundan iboratki men uyimning kadastr hujjatini yo‘qotib qo‘ydim endi uyimga yangidan kadastr hujjati tayyorlatishim kerakmi ,buning uchun qo‘shimcha to‘lov undiriladimi ?

Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-sonli "Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxini aniqlashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori izoh qismining 2-bandiga ko‘ra quyidagi holda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘imlar undirilmaydi:

Kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);
Agar sizning ko‘chmas mulk obyektingizga o‘zgartirish kiritilmagan bo‘lsa ya'ni qo‘shimcha ravishda bino qurilmagan yoki bino buzilmagan qayta qurilish amalga oshirilmagan bo‘lsa sizdan to‘lov undirilmaydi.


Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube