XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.71K subscribers
8.29K photos
1.14K videos
9 files
5.22K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
#kadastr #tayinlov #tabrik

📣 TAYINLOV

🔹Davlat kadastrlari palatasi Xiva shahar filiali boshlig'i lavozimiga Masharipov Javlonbek Ulug'bekovich tayinlandi.

🔹Javlonbek Masharipov shu kunga qadar Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi Xiva shahar filiali bosh muhandisi lavozimida faoliyat yuritgan.


Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr #tayinlov #tabrik

📣 TAYINLOV

🔹Davlat kadastrlari palatasi Urganch shahar filiali boshlig'i lavozimiga Allayarov Bekzod Dilshodovich tayinlandi.

🔹Bekzod Allayarov shu kunga qadar Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi Urganch tuman filiali bosh muhandisi lavozimida faoliyat yuritgan.


Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#mini_futbol #kadastrda_sport

🌟Kadastr agentligi mutasaddilari hamda sport ustalari ishtirokida 2023-yil 21-26-avgust kunlarida o'tkaziladigan ⚽️ mini futbol sport musobaqasi jamoalarning guruhlarini aniqlash maqsadida qura tashlash bosqichi o‘tkazildi.

➡️Qura tashlash natijalariga ko'ra:

🅰️-guruhda:
*️⃣DKP,
*️⃣Toshkent viloyati,
*️⃣GKK va DKGF,
*️⃣Sirdaryo viloyati

🅱️-guruhda:
*️⃣RAM,
*️⃣Navoiy viloyati,
*️⃣“Geoinfokom” DUK,
*️⃣Buxoro viloyati

🔠-guruhda:
*️⃣Jizzax viloyati,
*️⃣Toshkent shahri,
*️⃣Farg‘ona viloyati,
*️⃣“Kartografiya” DIICHK

🔠-guruhda:
*️⃣Qashqadaryo viloyati,
*️⃣Kadastr agentligi,
*️⃣Qoraqalpog‘iston Res.,
*️⃣Samarqand viloyati

🔠-guruhda:
*️⃣Andijon viloyati,
*️⃣Xorazm viloyati,
*️⃣Surxondaryo viloyati,
*️⃣Namangan viloyati

⚡️Barcha jamoalarga musobaqada omad yor bo'lsin!

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_agentligi #huquqiy malumot

🏠Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi

🏛 Ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi hujjat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran 1 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

❗️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq uni qo‘ygan vakolatli mansabdor shaxsning yoki sudning qaroriga binoan olib tashlanadi.

🇺🇿 Asos: O'zbekiston Respublikasining O‘RQ–803-son Qonuni, 28.11.2022-y.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
▪️Respublikamizda bajarilgan qurilish ishlari▪️

📆 2023-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 80,5 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

🏗 Respublikada yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 23,7 % ni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 58,9 % hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 17,4 % ni tashkil etdi.

📊 Shu jumladan, 2023-yil 1-avgust holatiga, qurilish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning soni 52 057 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 108,8 % ni tashkil etdi. So‘nggi yillarning mos davrida ushbu sohada ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning dinamikasi quyidagicha:

▫️2019-yilda – 34 553 ta
▫️2020-yilda – 41 479 ta
▫️2021-yilda – 46 509 ta
▫️2022-yilda – 47 827 ta
▫️2023-yilda – 52 057 ta

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_sohasida_atamalar

🔺Geografik axborot tizimi — geografik obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, ularga ishlov berish, ularni tahlil qilish, saqlash, modellashtirish va aks ettirish uchun, shuningdek kartografiyaga oid axborotdan foydalangan holda umumdavlat ahamiyatiga yoki tarmoq ahamiyatiga molik axborotga va hisob-kitobga doir vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan tizimdir.

*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣

#terms_in_the__cadastral_field

🔺Geographical information system - for collecting, processing, analyzing, storing, modeling and displaying information about geographical objects, as well as information of national importance or network importance using cartographic information and accounting. is an automated system designed to solve tasks related to the book.

Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
e-auksion.uz yer uchastkalarini taklif etadi

⭕️16653 ta dehqon xo'jaligi uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 41141 ta tadbirkorlik uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 2788 ta kichik sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 1248 ta yoshlar sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 2000 ta uy-joy qurish uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 1048 ta erkin iqtisodiy zonalardagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 729 ta qishloq xo'jaligi yerlari (ko'rish)
⭕️ 597 ta xalqaro yo‘llar bo‘yidagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 90 ta ko'p qavatli turar joy uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 304 ta mikromarkazlar uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 7 ta turistik-rekreatsion zona uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 134 ta Yangi O'zbekiston massivlari uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 26 ta nodavlat ta'lim muassasalari uchun yerlar (ko'rish)
⭕️7 ta turistik rekreatsion zona uchun yerlar (ko'rish)

Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
👍1🕊1
▪️Auksionga taqdim etilgan yer uchastkalari statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun respublika miqyosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga taqdim etish boyicha haftalik statistikani havola etadi:

📆 Hisobot davri: 15-21-avgust, 2023-yil

⚖️ Jami: 223 tа

🗣 e-auksion.uz - elektron onlayn auksionda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #matbuot_anjuman #Andijon

🟢Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan 2023-yilning 7 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan murojaatlar soni 269 taga kamaygan.

➡️Batafsil o'qish uchun

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Bilasizmi? #Savol_Javob

Savol: Assalomu Aleykum, savolim shundan iboratki men uyimning kadastr hujjatini yo‘qotib qo‘ydim endi uyimga yangidan kadastr hujjati tayyorlatishim kerakmi ,buning uchun qo‘shimcha to‘lov undiriladimi ?

Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-sonli "Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxini aniqlashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori izoh qismining 2-bandiga ko‘ra quyidagi holda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘imlar undirilmaydi:

Kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);
Agar sizning ko‘chmas mulk obyektingizga o‘zgartirish kiritilmagan bo‘lsa ya'ni qo‘shimcha ravishda bino qurilmagan yoki bino buzilmagan qayta qurilish amalga oshirilmagan bo‘lsa sizdan to‘lov undirilmaydi.


Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
1
#kadastr_agentligi #Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏙 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish tartibi belgilandi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (409-son, 22.08.2023 y.) bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

📄 Nizomga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish (har 3 yilda kamida bir marta) 🌟Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Shunga ko‘ra, 🌟Kadastr agentligining 💫Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari malaka oshirish muddati kelishidan 15 kun oldin Markazga xat yuboradi.

📆 Markaz xat kelib tushgan kundan 5 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazuvchini malaka oshirish kursiga qabul qiladi yoki uni rad etadi.

❗️O‘quv kurslarining eng ko‘p hajmi 72 soatni tashkil qiladi.

📄 Kurslar tamomlangach, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar test sinovidan o‘tkazilib, testdan muvaffaqiyatli o‘tganlarga sertifikat beriladi.

Malaka oshirish davrida ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlanadi.

📌 Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar har 3 yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi (suhbat shaklida).

OTMni tugatgan va egallagan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik bo‘yicha 2 yildan kam ishlagan bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #UzKad

Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmasida Davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha Arxivda saqlanayotgan “Yer hisobi” kitoblarini saqlanishi, «UzKad» dasturiga kiritilgan yer maydonlarini yer turlarida aniqlangan xato ва kamchiliklarni bartaraf etish, “Milliy yer hisoboti”ga tayyorgarlik ko‘rish ва maʼlumotlarni jamlash yuzasidan filial Yer kadastri mutaxassislariga «ZOOM» orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

ZOOM platformasida masʼullar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish davomida davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha amaldagi qonun ва qarorlar asosida ish tashkil etish ва yer hisobini har bir yerdan foydalanuvchilar kesimida yer turlari asosida to‘g‘ri yuritish, “Yer hisobi” kitoblarini arxivda saqlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma ва topshiriqlar berildi.

Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
👍1
▪️Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar qarzdorlik mavjud emasligi tekshirilgandan so‘ng tasdiqlanadi▪️

💸Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–278, 15.08.2023 y.) qabul qilindi.

📃 Qarorga ko‘ra, respublikadagi chegaralari belgilanmagan ko‘p kvartirali uylarning tutash yer uchastkalari chegaralari belgilanib, “YERELEKTRON” axborot tizimiga kiritiladi.

📆 2024-yil 1-yanvardan:

◾️ ko‘p kvartirali uylardagi ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar notariuslar tomonidan mulkdorning majburiy badallar yoki to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi tekshirilgandan keyin tasdiqlanadi;

◾️ majburiy badallarning yoki to‘lovlarning eng kam miqdori Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi;

📃 Qaror bilan shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga quyidagi qo‘shimcha vakolatlar beriladi:

◾️ ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari va joylar mulkdorlari tomonidan issiqlik ta’minotidan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

◾️ ko‘p kvartirali uylardagi umumiy mol-mulk va ularga tutash yer uchastkalarida amalga oshirilgan ta’mirlash-tiklash ishlarining qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Sayyor_qabul

DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Xorazm viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🏢 Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Xorazm viloyati Yangiariq tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 29-avgust kuni soat 10:30 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi boshlig‘i O‘razbayev Ruslan Xajibayevich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Xorazm viloyati Yangiariq tumani Yangiobod mahallasi, Jaloladdin Manguberidi ko‘chasi 10/1-uy ( Mo‘ljal: Kadastr agentligi Yangiariq tuman bo‘limi binosi )

📲 Murojaat uchun: +998 (62) 224-67-05
👍1