XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.63K subscribers
7.34K photos
1.03K videos
9 files
4.7K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
#kadastr #jahon_bank #hamkorlik

🟢«O’rta shaharlarni kompleks rivojlantirish» loyihasini amalga oshirishga ko’maklashish maqsadida 🌟Kadastr agentligi hamda Jahon bankining missiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida 🌟Kadastr agentligini yanada qo’llab-quvvatlash va shahar yerlarida pilot loyihalarni ishlab chiqish masalalarini muhokama qilindi

Uchrashuv konstruktiv tarzda bo‘lib o‘tdi, kelgusidagi vazifalar bo‘yicha o‘zaro fikr va tavsiyalar almashildi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr

Hurmatli viloyatimiz fuqarolari va viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar, agarda Sizlarda soha xodimlari tomonidan yer maydoni ajratib berish, kadastr hujjatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tezroq tayyorlatib berish hamda kadastr to‘lovlarini arzonlatib berish va boshqa shu kabi korrupsion holatlar aniqlansa, zudlik bilan Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisining +998 (95) 606 - 71 -71 raqamiga murojaat qilishlaringiz so‘raladi. Boshqarma maʼmuriyati tomonidan Sizlarni shaxsiy maʼlumotlaringiz sir saqlanishi kafolatlanadi. Unutmaylik korrupsiya illatiga qarshi kurashish barchamizning burchimizdir.


Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
Bugungi kunda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini raqamlashtirish, xususan, kadastr sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha bir qator ustuvor vazifalar belgilangan.

🏛Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan kadastr sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonidagi mavjud muammolar, aholining haqli eʼtirozlariga sabab bo‘layotgan masalalar hamda kadastr sohasida ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini sifatini yana-da takomillashtirish orqali aholiga qulayliklar yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar bo'yicha Urganch shahridagi IT park binosida xalq deputatlari viloyat kengashidagi O‘zLiDep deputatlik guruhi bilan hamkorlikda yig‘ilish o‘tkazildi.

🗒Tadbirda kadastr sohasidagi o‘zgarishlar haqida huquqiy tushunchalar berildi. Shundan so‘ng yig‘ilish qatnashchilarining savollariga tegishlicha javoblar va davlat xizmatini ko‘rsatish uchun belgilangan tartib bo‘yicha yo‘nalishlar berib o‘tildi.

Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr #xalqaro_aloqalar

🇺🇿O‘zbekiston va 🇦🇿Ozarbayjon kadastr idoralari o‘rtasida yer hisobi, geoaxborot tizimlari, kadastr tizimlarining modernizatsiyasi yo‘nalishida idoralararo ishchi guruhlarning onlayn sessiyasi bo‘lib o‘tdi

🟢Joriy yilning 8-iyun hamda 22-iyun sanalarida 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi 🌟Kadastr agentligi hamda 🇦🇿Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Mulk masalalari davlat xizmati o‘rtasida idoralararo ishchi guruhlarning tajriba almashishga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidan:

😎Yer maʼmurchiligi hamda yer hisobini yuritish;
😎Yer va kadastr nazorati;
😎Raqamlashtirish va Yer boshqaruviga oid axborot tizimlari;
😎Ozarbayjonning «Nesas» hamda O‘zbekistonning «Uzkad» axborot tizimi imkoniyatlari;
😎geoaxborot tizimlari va manzillar reyestri;
😎Fazoviy maʼlumotlar infrastrukturasini yaratish yo‘nalishida o‘zaro tajriba almashish o‘rin oldi.

Maʼlumot uchun: Davlatlararo sohaviy hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya o‘rtasida belgilangan harakatlar rejasiga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tomonlarning hamkorlik ko‘lami – yer munosabatlari, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat kadastrlarini yuritish sohasida tajriba almashish, shuningdek mazkur yo‘nalishlarda elektron xizmatlar ko‘rsatish masalalarini qamrab oladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Brifing

🗒 Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassisi Ixtiyar Bekchanov ishtirokida hisobot brifing

YouTube
BRIFING!
📄Bugun Bog‘ot tumanidagi To‘pchi mahallasida Xorazm viloyat hokimligi hamda Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmalari rahbariyati boshchiligida sayyor qabul o‘tkazildi.

🪧Sayyor qabul davomida kadastr sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qonunchilikda kiritilayotgan o‘zgarishlar va sohadagi yangiliklar batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek fuqarolar va tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar jumladan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda bir qator murojaatlar ko‘rib chiqildi.

🟡 Bundan tashqari tadbirda sektor rahbarlari, viloyat sudi, qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi, sog'liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari va boshqalar ishtirok etishdi.

Xorazm_Kadastr_Axborot_Xizmati:

Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube