XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.69K subscribers
7.63K photos
1.08K videos
9 files
4.88K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
🌸8-Mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo'lsin!🌸

Yurtimizda yasharish, yangilanish fasli bo'lgan bahor bayramlar bilan boshlanadi. Bahorning ilk bayrami
8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kunidir.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyati boshqarmalarida 8-Mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami ko'tarinki ruhda qarshi olinmoqda.

🌺 Aziz va munis onaxonlar va dilbar opa-singillar sohamizning barcha muxtarama ayollari hamda go‘zal qizlari! Barchangizga nafis bahor, muhabbat, go‘zallik, latofat va mehr ramzi bo‘lgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube

Ixtisoslashishini o‘zgartirish — bino va inshootlarni yoki alohida xonalarni, shu jumladan, qurilishi yakunlanmaganlarini ularning dastlabki loyiha-smeta va kadastr hujjatlarida nazarda tutilmagan maqsadli yo‘nalishining rekonstruksiya qilingan va rekonstruksiya qilinmagan o‘zgarishi.

#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
🔷QUYIDAGI HOLLARDA REKONSTRUKSIYA QILISH UCHUN RUXSATNOMA TALAB ETILMAYDI🔷

🔹binolarning mustahkamligi va zilzilabardoshliligiga taʼsir qiluvchi yuk ko‘tarib turuvchi qismlarining o‘zgarishiga olib kelmaydigan qayta rejalashtirish (ko‘p kvartirali uydagi joylarni qayta rejalashtirish bundan mustasno);

🔹poydevor maydonini o‘zgartirmasdan yengil turdagi qurilmalar va vaqtinchalik qurilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish.

Bunda loyiha hujjatlari tuman (shahar) qurilish bo‘limlari bilan (arxitektura rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqmasdan) kelishiladi. Obyektni foydalanishga qabul qilish talab etilmaydi.

🟢Ruxsatnoma tuman (shahar) qurilish bo‘limlari tomonidan beriladi.

🔰Huquqiy asos: Vazirlar
Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga 2-ilova

#ruxsatnoma #foto #infografika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Бугун, 9 март куни соат 15:00 да Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг навбатдаги мажлиси бўлиб ўтади. Унда “Ўзбекистон Республикаси Конституцияси тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Конституциявий қонуни лойиҳаси муҳокама қилинади.

Мазкур тадбир “Ўзбекистон 24”, “Ўзбекистон” телеканаллари, Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг расмий veb-sayti, youtubedagi канали орқали тўғридан-тўғри эфирга узатилади.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Qo‘shimcha qurilish — yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli yer uchastkalarining oldin qurilgan bino va inshootlardan bo‘sh qismida ularga tutashgan holda va (yoki) alohida turadigan yangi bino va inshootlarning barpo etilishi.

#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali ariza tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida o‘rganadigan ma'lumotlari

🔰Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali yer uchastkasining topografik xaritasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandida belgilangan muddatlarda topografik rejani tayyorlaydi.

🔰Yer uchastkasi va unga tutash hududning topografik rejasini tayyorlash uchun to‘lov summasi bir gektar yer maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari hisobidan kelib chiqib (bir kvadrat metrgacha bo‘lgan aniqlikda) hisoblanadi va yer uchastkasini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.

#yer_uchastkasi #xususiylashtirish #foto #infografika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
YER UCHASTKALARINI XUSUSIYLASHTIRISHNING ASOSIY PRINSIPLARI

🔰Huquqiy asos:
“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ – 728-son Qonunining 4-moddasi

#yer_uchastkasi #xususiylashtirish #foto #infografika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Xususiylashtirish subyektlariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar davlat reyestrida ko‘rsatilgan maydon va chegaralar doirasida amalga oshiriladi. Mazkur yer uchastkalarini xususiylashtirishda ularning maydoni va chegaralariga o‘zgartishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

🔰Huquqiy asos: “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ – 728-son Qonunining 22-moddasi

#Bilasizmi #Kadastr

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish uchun asoslar:

🔹yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarning mavjud emasligi;

🔹xususiylashtiriladigan yer uchastkasiga nisbatan tugallanmagan sud ishlarining mavjudligi;

🔹xususiylashtiriladigan yer uchastkalarida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan qo‘yilgan taqiqning yoki belgilangan xatlovning mavjudligi;

🔹aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarida, aholi punkti qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarida, hududlarni kompleks rivojlantirish va qurishga doir boshqa hujjatlarda yoki yer uchastkasidan foydalanishning ruxsat berilgan turlarida yer uchastkalarini xususiylashtirishga bevosita monelik qiladigan ma’lumotlarning mavjudligi;

🔹yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risida ariza topshirilguniga qadar qabul qilingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari mavjudligi;

🔹xususiylashtiriladigan yer uchastkasini sotishga yoki boshqacha tarzda o‘zga shaxsga o‘tkazishga nisbatan taqiqning mavjudligi;

🔹arizada noto‘g‘ri, bir-biriga zid bo‘lgan yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar aniqlanganligi;

🔹xususiylashtiriladigan yer uchastkasining sotib olish qiymatini to‘lash ushbu Qonunda belgilangan muddatda amalga oshirilmaganligi yoki to‘liq amalga oshirilmaganligi.

Yer uchastkalarini xususiylashtirishni boshqa sabablarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

🔰Yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, rad javobi olingan kundan e’tiboran bir oy ichida arizachi davlat xizmatlari ko‘rsatilishi uchun yig‘imni to‘lamasdan qayta ariza berish huquqiga ega bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Rekonstruksiya qilish — binolardan foydalanish sharoitlarini o‘zgartirish, ularning jismoniy eskirishi tufayli yuzaga kelgan yo‘qotishlar o‘rnini to‘ldirish, binolardan foydalanishning yangi maqsadlariga erishish uchun asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni (yuklamalarni, xonalarning rejalashtirilishini, binoning qurilish hajmini va umumiy maydonini, muhandislik jihatdan jihozlanishini) o‘zgartirish bilan bog‘liq qurilish ishlari va tashkiliy-texnik tadbirlar hamda ko‘p kvartirali uydagi joyni qayta rejalashtirish majmui.

#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
“Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi qonun (OʻRQ–821-son, 09.03.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi

🔰 Qonun davlat mulkini boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Davlat mulkiga boʻlgan mulk huquqi fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, shuningdek quyidagi asoslarga koʻra ham yuzaga keladi:

🔹shartnomalar va boshqa bitimlar tuzilganda;
🔹mol-mulkni yoki mol-mulkdan foydalanish huquqini, soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzdorlikni, shuningdek davlat ulushi boʻyicha hisoblangan dividendlarni xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritish yoʻli bilan ulushni olishda;
🔹sud qarorlari asosida.

🚫 Qonunga koʻra, ayrim davlat mulklari xususiylashtirilmaydi, jumladan:

Oʻzbekiston hududi doirasidagi yer, yer osti boyliklari, suv omborlari, havo boʻshligʻi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi;
moddiy madaniy meros obyektlari, arxiv hujjatlari, davlat muzeylari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, shu jumladan xiyobonlar va botanika bogʻlari;

🔘 Davlat mulkini boshqarish subyektlari quyidagilardan iborat:

▫️Vazirlar Mahkamasi;
▫️Agentlik;
▫️maxsus vakolatli davlat organlari;
▫️davlat muassasalari, shu jumladan davlat organlari;
▫️mahalliy davlat hokimiyati organlari.

🏢 Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat mulkini boshqarish sohasidagi vakolatli davlat organidir.

📝 Davlat mulki reyestrini yuritish Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda va shaklda Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.

🗒 Agentlik har yili 1-avgustgacha davlat ishtirokidagi korxonalarning oʻtgan moliya yilidagi faoliyati samaradorligi toʻgʻrisidagi yigʻma hisobotni oʻz rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.

📌 Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏃‍♂️ Urganch shahrida “Yangi nafas” sport musobaqasi bo‘lib o‘tadi!

Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan, 12-mart Respublikamizning 15 shahri qatori Urganch shahrida ham “Yangi nafas” ommaviy yugirish musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Yugirish musobaqasiga soat 8.00 da start beriladi. Ishtirokchilar Urganch shahri Al-Xorazmiy ko‘chasi bo‘ylab 3 km masofaga yugiradilar.

2023-yilni yurtimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yili deb e’lon qilinishidan maqsad ham fuqarolarimiz , hususan, ularning sog’liqlariga bo’lgan e’tiborni kuchaytirish va ularni sog’lom turmush tarziga jalb etish, jismoniy tarbiya bilan doimiy ravishda shug’ullanishlari uchun imkon yaratib berishdir.

Biz sogʻlom turmush tarzi tarafdorimiz, yurtdoshlarimizni ushbu musobaqada ishtirok etishga chorlaymiz.
Shaharsozlik hujjatlari — hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar.

#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

🔹qonuniylik;

🔹ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning majburiyligi;

🔹davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning ustuvorligi;

🔹ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi axborotning ochiqligi;

🔹taqqoslanuvchanlik va muvofiqlik.

🔰Huquqiy asos: “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ – 803-son Qonunining 4-moddasi

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YERLAR FAQAT AUKSION ORQALI SOTILADI YOKI IJARAGA BERILADI

❗️Yer
sotib olib tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lsangiz qonuniy va shaffof yo‘lni tanlang, firibgarlarga aldanib qolmang!

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube