XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.63K subscribers
7.44K photos
1.05K videos
9 files
4.76K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
#boshqomusimiz_30_yoshda

KONSTITUTSIYA – FAROVON HAYOTIMIZ POYDEVORI

✍🏼 Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 55-modda.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔸Ma'lumot o'rnida🔸

⚜️“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 803 - Qonun (O‘RQ–803, 28.11.2022 y.)ning ayrim qismlari boyicha Davlat kadastrlari palatasi Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i S.Abdurazzoqov ma'lumot berdi.

Mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing #Kadastr #Xorazm

Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi Komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi Matkarimov Xabibulla Kurbanovich ishtirokidagi brifing.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz

🤫 Qonunchilikka ko‘ra, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi.

🤫 Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiiste’mol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz Kadastr agentligining 📞 1097 ishonch telefoni orqali xabar bering.

📌Ma’lumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi ta’minlanadi.

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qaror

🗓️2022-yil 30-noyabrda Vazirlar Mahkamasining 685-son qarori qabul qilindi.

Qaror bilan:

💬Amalda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini auksionga chiqarish bosqichlari qisqartirilib, ijara huquqi bilan yer olishda 48 ish kuni, mulk huquqida 74 ish kunigacha sarflangan vaqt endilikda 16 va 22 ish kunigacha qisqartirildi;

💬Yerlarni hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashi bilan kelishgan holda, master-reja asosida auksionga chiqarish orqali jarayonlarni tezlashtirish ko‘zda tutildi;

💬Yerlarni bosh rejada nazarda tutilgan lotlarga muvofiq, sodda tartibda tadbirkorlarga berish amaliyoti joriy etildi.

📑Aholi o‘ziga tegishli bo‘lgan davlat ro‘yxatidan o‘tgan yerlarni xususiylashtirish to‘lovi yillik yer solig‘ining 20 baravari miqdorida edi.

Endilikda bu qiymat Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida yer solig‘ining 10 baravari, boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida belgilandi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼtirof

⚡️Samarali mehnat eʼtirofga loyiq!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 8-noyabrdagi Farmoniga binoan “O‘zbekiston Konstitutsiyaning 30 yilligi” esdalik nishoni taʼsis etilgan edi.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sana munosabati bilan viloyatning iqtisodiy, siyosiy hamda ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo‘shayotgan soha xodimlarining mehnati eʼtirofga munosib ko‘rilib, mazkur esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

Taqdirlanganlar:
Kurbanov Bekzod Shonazarovich - Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari

Masharipov Zafarbek Xusainovich - Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi bo'lim boshlig'i

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#eʼtirof

📣 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi keng nishonlanmoqda.

Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 8 -noyabrdagi Farmoniga binoan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi ” esdalik nishoni taʼsis etilgan edi. Shu munosabat bilan Yangiariq tumani shuningdek Urganch hamda Xiva shaharlarida viloyatning iqtisodiy, siyosiy hamda ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo‘shayotgan kadastr sohasi xodimlarining mehnati eʼtirofga munosib ko‘rilib, mazkur esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

🏅Taqdirlanganlar:

Kamolov Zafar Ro‘zmamatovich
- Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi Yangiariq tuman bo‘limi boshlig‘i

Pirov Sanjar Matrasul o‘g‘li - Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi Urganch shahar bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi

Xojayev Siroj Yusupboy o‘g‘li - Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi Xiva shahar bo‘limi boshlig‘i

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#qutlov #eʼtirof

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#qutlov #eʼtirof

Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasining tuman-shahar filiallarida faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarimiz "O'zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" estalik nishoni bilan taqdirlanishdi.

🏅Taqdirlanganlar:

Saidov Sarvar Yusufovich
- Davlat kadastrlari palatasi Urganch shahar filiali boshlig'i

Qurbanov Oybek Erkinboyevich - Davlat kadastrlari palatasi Tuproqqal'a tumani filiali boshlig'i

Polvonov Dilshod Quronbayevich - Davlat kadastrlari palatasi Qo'shko'pir tumani filiali boshlig'i

Rajapov Javlonbek Qadamovich - Davlat kadastrlari palatasi Qo'shko'pir tumani filiali bosh muhandisi

Ro'zmetov Elyor Shavkat o'g'li - Davlat kadastrlari palatasi Xonqa tumani filiali bosh muhandisi

Kurbanboyeva Irodaxon Masharipovna - Davlat kadastrlari palatasi Yangiariq tumani filiali kadastr muhandisi

Shuningdek, 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan kadastr sohasidagi samarali faoliyatlari uchun Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasining Yuridik bo‘limi boshlig‘i V.Urinov, bosh yuristkonsulti S.Sapayev va Komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi X.Matkarimovlar boshqarmaning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Jumabayev tomonidan taqdirlandilar.

Hamkasblarimizni kadastr sohasida olib borayotgan faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#Xorazm #Kadastr #Zakovat #8_dekabr

8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan "Zakovat intellektual klubi" NNT hamkorligida viloyatdagi tizim hodimlari hamda UrDU Tabiiy fanlar fakulteti Geodeziya, kartografiya, geografiya kafedrasi professor o'qituvchilari va talabalari ishtirokida "Zakovat" intellektual turniri bo'lib o'tdi.

Turnirda quyidagi jamoalar faxrli o'rinlarni egallab, diplom esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar:

🥇1-o'rin Urganch tumani jamoasi;
🥈2-o'rin UrDU Kadastr professor- o'qituvchilari;
🥉3-o'rin Yangiariq tumani jamoasi.

Shu bilan birga, Turnirning eng faol jamoasi Qo'shko'pir tumani jamoasi va eng faol ishtirokchi Yangibozor tumani jamoasi a'zosi Bobojonov Sarvarlar taqdirlandilar.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube