XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.62K subscribers
7.38K photos
1.04K videos
9 files
4.72K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati

🇺🇿Yer umummilliy boyligimiz!

📌Uni asrab avaylash, har qachon to’g’ri maqsadda foydalanib kelajak avlodga bus-butun yetkazish har birimizning burchimizdir.

Ushbu videoda siz yer bilan bog’liq bir nechta muammoli vaziyatlarning kelib chiqish sababi va uni hal qilishdagi yangiliklar bilan yaqindan tanishasiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️1 iyundan qonunchilikdagi o‘zgarishlar▫️

2022 yil 1 iyundan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy o‘zgartirishlar sharhini taqdim etamiz.

🔹Davlat xizmatchilarining ish haqi oshiriladi

🔹Tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmasevtika va boshqa xodimlarining oylik lavozim maoshlari oshiriladi

🔹Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda o‘tkaziladigan kirish test sinovlari uchun kimlar to‘lovlarni amalga oshirmaydilar

🔹Litsenziyalashning yangi tartibi joriy etiladi

🔹Xorijda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalari ochiladi

🔹Volontyorlar elektron platformasi ishga tushiriladi

🔹Tibbiyot xodimlari emlanadi

🔹Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha imtiezlar joriy qilinadi.

🔹Olimlar O‘zbekistonning halqaro reytinglari bilan shug‘ullanadilar.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
⚜️ Bugun, 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni mamlakatimizda ham alohida tantana qilib nishonlanishi an’anaga aylangan.

🇺🇿 Yangi O‘zbekistonimizning yangicha dunyoqarashga ega, zukko, bilimli kelajak avlodlari boshlagan ishlarimizning davomchilaridir. Ular ishonchimiz, ertangi kunimizning porloq quyoshlaridir. Farzandlarimiz bilan oilalarimiz obod, qalblarimiz quvonchga to‘la.

👫 Mamlakatimizda yoshlarimizga, bolajonlarimizga bolaliklari baxtli o‘tishi uchun, o‘qib bilimli bo‘lib ulg‘ayishlarida jamiki sharoitlar yaratilgan. Quvonchdan porlagan ko‘zlari, quvnoq hayqiriqlari uchun dunyolarni berguvchi biz kattalarning baxtiga doimo sog‘ omon ulg‘aying. Mustaqil davlatning baxtli bolajonlari – bayramingiz muborak bo‘lsin!

Davlat kadastrlari palatasi
Markaziy apparati

#DavKadastrPalata #bolalar_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Kadastr agentligi organlari tomonidan maʼmuriy amaliyot sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida MAʼLUMOT

🔰Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi organlari tomonidan joriy yil 4 oyida yer va kadastr nazorati sohasida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha jami 1 034 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.

📌Xususan:

💠ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaganlik uchun 654 nafar shaxs;
💠yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun 109 nafar shaxs;
💠o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida qurilish ishlarini amalga oshirganlik uchun 251 nafar shaxs;
💠yer tuzish loyihalaridan o’z boshimchalik bilan chetga chiqqanlik uchun 17 nafar shaxs ma’muriy jazoga tortilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🌏 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

👫😊Bolalarning yuzidagi tabassum - inson nigohini quvontiruvchi eng ajoyib tuyg'u desak adashmaymiz. Bu tabassumlarda shu qadar ko'p samimiylik va ishonch mujassam-ki, ular eng badjahl va qattiqqo'l yurak sohibini ham eritishga qodirdir.

🥳🤩Kadastr agentligi xamda Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmalari barcha bolajonlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan chin qalbdan tabriklaydi! Bolalarga bo'lgan muhabbat hayotingizga yangi ma'no va quvonch olib kelishini, faqatgina ijobiy hissiyotlar va ilhom hadya etishini tilaymiz. Bolalar kulgusi yangrasin, umid uchqunlari paydo bo'lsin va orzular amalga oshsin!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️O'simlik dunyosi obyektlari▫️

🌱 Davlat kadastrlari palatasi Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

🌱 Mazkur maʼlumotda siz, O'simlik dunyosi obyektlarining joriy yil yanvar-may holati boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #davlat_kadastrlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Kadastr_Agentligi #Sayyor_qabul

DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Xorazm viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🏢 Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Xorazm viloyati Bog'ot tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Jismoniy va yuridik shaxslarni murojaatlar bo‘yicha hamda kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 10-iyun kuni soat 10-00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi boshlig‘i O‘razbayev Ruslan Xajibayevich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Xorazm viloyati Bog'ot tumani 14-son musiqa maktabi binosi (Mo‘ljal: Urganch-Hazorasp yo'li)

‼️Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishlarini so‘rab qolamiz.

📝 Murojaat uchun: +998622246705
Korrupsiya-taraqqiyot dushmani.

Korrupsiya bu - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo'lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfli jinoyatdir.

🔹Shu sabab Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyati boshqarmalari Komplayens nazorat xizmati xodimlari tomonidan ushbu mavzuda davra suhbatlari o'tkazilmoqda.

🔹Bugungi davra suhbati viloyat boshqarmalarining Gurlan tuman bo'lim va filialida o'tkazildi.

🔹Ushbu davra suhbatida filial va bo'limda ishlovchi muataxassislar ishtirok etdi.

Komplayens-nazorat xizmati xodimlari tomonidan yig'ilish ishtirokchilariga xizmat intizomining buzilishi, tamagirlik, firibgarlik kabi korrupsion holatlar va ularning huquqiy oqibatlari xususida aniq misollarga tayangan holda atroflicha tushuntirish berib o'tildi.

Tadbirlar davomida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha qilinayotgan ishlar, oldinda turgan dolzarb vazifalar xususida davra suhbati ishtirokchilari bilan erkin fikr almashildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️Utilizatsiya obyektlari▫️

♻️ Davlat kadastrlari palatasi Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

♻️ Mazkur maʼlumotda siz, Chiqindini ko'mish va utilizatsiya joylarining joriy yil yanvar-may holati boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #davlat_kadastrlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев фаолиятининг май ойидаги асосий тадбир ва воқеалари.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter