XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.63K subscribers
7.34K photos
1.03K videos
9 files
4.69K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr_agentligi #xususiylashtirish

“Қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ер участкаларини хусусийлаштириш тўғрисида”ги Қонунга кўра

Қуйидаги ерлар хусусийлаштирилиши мумкин:

🔹юридик шахсларга тадбиркорлик ва шаҳарсозлик учун берилган ерлар;
🔹фуқароларга якка тартибда уй-жой қуриш ва уй-жойни ободонлаштириш, тадбиркорлик ва шаҳарсозлик учун берилган ерлар (илгари ЯТТларнинг хусусийлаштирилиши назарда тутилмаган);
🔹хусусийлаштириладиган давлат объектлари жойлашган ерлар (илгари бу рухсат берилмаган);
🔹бўш турган ерлар.

Ер участкалари қуйидаги шаклларда хусусийлаштирилади:
📝 умрбод эгалик қилиш ҳуқуқи асосида тегишли бўлган ерни сотиб олиш;
💻ерни электрон онлайн-аукцион орқали сотиб олиш.

Қуйидагилар хусусийлаштиришни рад этиш учун асос ҳисобланади:
хусусийлаштириш учун асос мавжуд эмаслиги;
ерга нисбатан тугалланмаган суд ишларининг мавжудлиги;
ерда жойлашган кўчмас мулкка қўйилган тақиқнинг ёки хатловнинг мавжудлиги;
аҳоли пунктларининг тасдиқланган бош режаларида, аҳоли пункти лойиҳаларида хусусийлаштиришга монелик қиладиган маълумотларнинг мавжудлиги;
давлат ва жамият эҳтиёжлари учун ер участкаларини олиб қўйиш тўғрисида қарор мавжудлиги;
хусусийлаштириладиган ер участкасини сотишга ёки бошқача тарзда ўзга шахсга ўтказишга нисбатан тақиқнинг мавжудлиги;
аризада нотўғри, бир-бирига зид бўлган ёки бузиб кўрсатилган маълумотлар аниқланганлиги;
хусусийлаштириладиган ер пули тўланмаганлиги.
Салбий қарор асослантирилган шаклда бўлиши шарт.

📌Бўш турган ер участкалари электрон онлайн-аукцион орқали хусусийлаштирилади.

🕐 Ерга бўлган мулк ҳуқуқи учун давлат ордери ер учун тўлов қилинганидан сўнг 1 иш кунида Давлат активларини бошқариш агентлиги томонидан берилади.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
АОКАда Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов иштирокида соҳадаги янгиликлар, қонунчиликдаги ўзгаришлар масалалари юзасидан брифинг бўлиб ўтди.

Қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган қандай ерларни ва қандай шаклда хусусийлаштириш мумкин? Қандай ҳолатларда рад этиш белгиланган?

Давлат кадастрлари соҳасида давлат хизматлари нархларини белгилашда табақалаштирилган ёндашув тартиби қандай?

🖇Ер участкаларини ўзбошимчалик билан ўзлаштириш, қонунбузилиш ҳолатларини бартараф этиш, қонуний чоралар кўриш бўйича амалга оширилган ишлар ҳисоботи

✍️ Батафсил
_______________

Расмий хабарлар | Медиабанк
▫️Fuqarolarga subsidiya ajratish qayta yo‘lga qo‘yildi▫️

🔹Farmonga ko‘ra, sotib olinadigan kvartira joylashuvi, qiymati va maydonidan qat’iy nazar dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar qat’iy belgilangan 32 million so‘m miqdorida, foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – birinchi 5 yil davomida 10 %lik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi.

🔹Endilikda fuqarolarga ipoteka kreditini olishda, birgalikda qarz oluvchi sifatida birga yashamayotgan va yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxslarni ham jalb etish huquqi berildi.

🔹Subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomalar ular berilgan vaqtdan boshlab 12 oy davomida amal qiladi.

🔹Subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan shaxslarga ipoteka kreditlari va subsidiyalar 2021 yil 10 dekabrga qadar amalda bo‘lgan shartlar va miqdorlarda ajratiladi.

#DavKadastrPalata #subsidiya #ipoteka

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
💠O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qaroriga ko'ra Ko‘chmas mulk ob’ektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibi quyidagicha.

#DavKadastrPalata #subsidiya #ipoteka

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
▫️Davlat dasturlari ijrosi nazorat qilinadigan bo‘ldi▫️

Prezidentning “Davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida”gi (10.12.2021 yildagi PQ-43) qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq:
▫️1 aprelga qadar joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasining holati, yangi loyihalarni amalga oshirish zarurati va ularning joylashuvi hamda ushbu masalalar yuzasidan keng jamoatchilik fikri o‘rganiladi;

▫️Yil oxiriga qadar kelgusi yillarga moʻljallangan dastur tasdiqlanadi va unga kiritilgan loyihalar boʻyicha tender (tender) eʼlon qilinadi. Shu bilan birga, loyiha (loyihadan oldingi) hujjatlari ekspertizasidan o‘tmagan loyihalarni dasturga kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

▫️Bosh prokuratura tuzilmasida qurilish sohasidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi tashkil etiladi.

▫️Shuningdek, inventarizatsiyadan o‘tgan obyektlar, jumladan, ularning kadastr raqamlari va pasportlari bo‘yicha yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish tizimi yaratiladi.
Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan aniqlangan o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlari to‘g‘risida ma’lumot 01.12.2021 holatiga.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom qiling :
Telegram l Instagram
Facebook l Youtube
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr_agentligi #infografika

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarori mazmun-mohiyati bilan infografikalarda tanishing!

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#XORAZMKADASTR #BILIBOLING

📢Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish oqibatlari:

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanishi belgilangan.
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlariga noqonuniy egallangan yer uchastkalarini bartaraf qilish bo‘yicha mustaqil sudga daʼvo arizasi kiritish vakolati berildi hamda mazkur daʼvolar bo‘yicha davlat bojidan ozod qilingan.
Manba:“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuning 8-moddasi.
Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun uchastkalarini realizatsiya qilish tartibi:

O‘zbekiston fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun 0,04 gektargacha yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali mulk huquqi asosida realizatsiya qilinadi.
  Bunda yer uchastkalarini muhandislik-kommunikatsiya      tarmoqlariga ulash shartlari nazarda tutilishi kerak.

Manba: Yer kodeksining 27 -moddasi