XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.62K subscribers
7.34K photos
1.03K videos
9 files
4.7K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
#kadastr #qonun

📄"O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" 838-sonli O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni imzolandi.

⚡️"Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to'g'risida"gi Qonunga kiritilgan o'zgartirishlar va O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga kiritilgan o'zgartirilgan haqida infografika orqali bilib oling.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Qurilishi tugallanmagan obyektlar – qurilishi belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq boshlangan, lekin belgilangan kunida tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, ammo qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanish uchun ruxsatnomasi asosida foydalanishga qabul qilinmagan bino va inshootlar.

Xorazm_Kadastr_Axborot_Xizmati:
Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
#Kadastr #infografika

🌟Kadastr agentligiga 2023-yil 1-iyun holatiga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo'yicha ma'lumot Infografika ko'rinishida .

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr

Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan Xorazm viloyatida yer qonun buzilish holatlari bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risida tahliliy ma’lumot. 01.06.2023 holatiga.

Xorazm_Kadastr_Axborot xizmati:
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor #Foydali #kadastr

🌟Kadastr qilish uchun nima qilish kerak?

📹 Ushubu videoda ko’pchilikni qiziqtiradigan savollarga javob berilgan.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
e-auksion.uz elektron savdo platformasi Xorazm viloyatida 4148 ga yaqin yer uchastkalarini taklif etadi.

⭕️ 3528 ta tadbirkorlik uchun yerlar (ko‘rish)

⭕️ 70 ta Yakka tartibda uy-joy kurish uchun yerlar (ko‘rish)

⭕️ 22 ta ko‘p qavatli turar joy uchun yerlar (ko‘rish)

⭕️ 65 ta Dehqon xo‘jaligi yerlar ijarasi (ko‘rish)

⭕️ 55 ta Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari (ko‘rish)

⭕️ 212 ta Yoshlar sanoat zonalaridagi yerlar (ko‘rish)

⭕️ 80 ta kichik sanoat zonalaridagi yerlar (ko‘rish)

⭕️ 47 ta erkin iqtisodiy zonalardagi yerlar (ko‘rish)

⭕️ 40 ta Yangi O‘zbekiston (ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun (ko‘rish)

⭕️ 1 ta Xalqaro yo‘llar bo‘yidagi xizmat ko‘rsatish joylari uchun (ko‘rish)

⭕️ 11 ta Mikromarkazlar uchun yer uchastkasi (ko‘rish)

⭕️ 3 ta Nodavlat umumtaʼlim va maktabgacha taʼlim muassasalari uchun (ko‘rish)

⭕️ 2 ta Bo‘sh yerlar (ko‘rish)

Xorazm_Kadastr_Axborot_Xizmati:
Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
#onlayn_xizmatlar #kadastr

📃 Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo'qligi to'g'risidagi ma'lumotnoma olish jarayoni my.gov.uz portali orqali 1-iyun holatiga kelib tushgan arizalar bo'yicha umumiy statistika.

💻 Yagona portal orqali- 19 477 ta
🏢 Davlat xizmatlari markazi orqali- 30 123 ta

📱 Ma'lumotnoma olish

➡️HARAKATLAR KETMA-KETLIGI➡️

1️⃣ Ariza beruvchi YaIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi.

2️⃣Vakolatli organ so’rovnoma kelib tushgan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida 💳QR-kod qo’yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi hamda uni arizachiga YaIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
#Bilasizmi?

⚡️Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.

Tegishli huquq paydo boʻlgandan keyin 1 oy ichida koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.

🖥 Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoxud koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga murojaat qilinadi.

💰 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln soʻm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4,5 mln soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xorazm_Kadastr_Axborot_Xizmati:
Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
#onlayn_xizmatlar #kadastr

📃 Ko'chmas mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan my.gov.uz portali orqali 1-iyun holatiga kelib tushgan arizalar bo'yicha umumiy statistika.

💻 Yagona portal orqali - 62 892 ta
🏢 Davlat xizmatlari markazi orqali - 213 485 ta

📱 Xizmatdan foydalanish

➡️HARAKATLAR KETMA-KETLIGI➡️

📨 Ariza beruvchi YAIDXPda ro‘yxatdan yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi.

📃 Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yuboradi.

📄 Arizachi yig‘imni to‘laydi va reyestrdan ko‘chirmani yuklab oladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢 FIG PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI.

🌍 Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 doirasida 🇺🇿O’zbekiston nomidan ishtirok etgan 🌟Kadastr agentligi vakillari hamda FIG Prezidenti Diane Dumashie xonim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Diane Dumashie xonim Xalqaro geodezistlar haftaligida O’zbekiston vakillari ishtirok etayotgani uchun alohida minnatdorlik bildirdi va ushbu ishtirok global hamkorlik yo’lidagi muhim qadam ekanligini alohida ta'kidladi.

➡️Muzokara doirasida FIG komissiyasi sessiyalarida ishtirok etib dunyo mamlakatlarining yer resurslarini samarali boshqarish, geoaxborot tizimlarini qo'llash sohalarini kengaytirish, so'ngi texnologiyalarni qo'llanilishi va ilg'or tajribalarni o'rganish yurtimizda sohani yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Shuningdek Kadastr agentligi vakillarida “Yer boshqaruvi va kadastr” yo‘nalishidagi 7-komissiyaning sessiyalari, ESRI kompaniyasining maxsus labaratoriyasidagi amaliy mashg‘ulotlar hamda ko’rgazmadagi geodeziya va kartografiya sohasidagi zamonaviy smart o‘lchov texnologiyalari katta qiziqish uyg’otgani aytib o’tildi.

🌍 Xalqaro geodezistlar federatsiyasi (FIG) bilan hamkorlikni faollashtirish, FIGning “Yosh geodezistlar salohiyatini oshirish”da O‘zbekiston vakillari ishtirokini oshirish, akademik davra imkoniyatlaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Dumashie xonim 🌟Kadastr agentligiga FIGning navbatdagi sessiyalarida yer ma’muriyatchiligi, geodeziya va kartografiya yo‘nalishida 🇺🇿O‘zbekiston tajribasi bilan o’rtoqlashilishidan umidvor ekanligini bildirdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Auksionga taqdim etilgan yer uchastkalari statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun respublika miqyosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga taqdim etish boyicha haftalik statistikani havola etadi:

📆 Hisobot davri: 30-may - 05-iyun, 2023-yil

⚖️ Jami: 390 tа

🗣 e-auksion.uz - elektron onlayn auksionda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔸 Intizom - asosiy mezon.

♦️ Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyat boshqarmalari Xiva tumani bo‘lim va filial xodimlari ishtirokida "Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari" mavzusi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyat boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari B.Eshchanov va X.Matkarimovlar ishtirok etishdi.

📝 Yig‘ilish davomida xodimlarning fuqarolar bilan munosabatda odob-axloq qoidalariga qatʼiyan rioya qilinishi hamda xolislikni taʼminlash, taʼkidlab o‘tildi.

🔴 Bundan tashqari davra suhbatida, xodimlarni o‘z xizmat vazifalari huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni keltirib chiqaradigan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, uning oqibatlari tizim  xodimlariga salbiy taʼsir yetkazishi  tushuntirildi.
Xorazm_Kadastr_Axborot_Xizmati:

Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
#Bilasizmi #Savol_Javob

Savol: Men tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun auksiondan yer maydoni yutib oldim. Mazkur yer uchastkasiga kadastr hujjatini shakllantirsam bo‘ladimi? 

Javob: Bo‘ladi. Bunda kadastr pasportini shakllantirish uchun arizani DXM yoki YIDXP orqali berishingiz mumkin.

Xorazm_Kadastr_Axborot_Xizmati:

Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
▪️Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi respublika bo'yicha ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 31-may - 06-iyun, 2023-yil

◼️O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 7 261 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM