XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.63K subscribers
7.34K photos
1.03K videos
9 files
4.7K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
🔹 KORRUPSIYA TARAQQIYOT DUSHMANI 🔹

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyati boshqarmalari Tuproqqal'a tumani bo‘limi va filiali xodimlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyat boshqarmalarining Komplaens nazorat xizmati bosh mutaxassislari B.Eshchanov va X.Matkarimovlar ishtirok qilishdi.

Davra suhbatida, xodimlarni o'z xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarilishiga alohida to'xtalib, huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni keltirib chiqaradigan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiya holatlariga yo'l qo'ymaslik, uning oqibatlari tizim xodimlariga salbiy ta'sir yetkazishi alohida tushuntirildi.

#korrupsiyaga_qarshi_kurash #kadastr

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▶️ HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!

👔 So'nggi vaqtlarda Yer uchastkalarini olish va foydalanish bo'yicha firibgarlik holatlari ko'p uchrab turgani barchamizga ayon. Shu sababli Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi fuqarolarimizni ogohlikka chaqiradi.

➡️ YER BILAN BOG'LIQ KORRUPSIYA VA TAMAGIRLIK HOLATLARIGA DUCH KELSANGIZ HUQUQNI MUHOFAZA QILISH ORGANLARIGA YOKI 1097 QISQA RAQAMIGA MUROJAAT QILING!

FIRIBGARLARGA ALDANIB QOLMANG!

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

Gauss-Kryuger proyeksiyasi — Yer yuzasini olti burchakli meridional zonalarda ifodalovchi to‘g‘ri burchakli ko‘ndalang-silindrik kartografik proyeksiya. Bunda har bir zonaning o‘q meridianida tasvirlashning buzilishi nulga teng bo‘ladi. Gauss-Kryuger proyeksiyasida davlat koordinatalar tizimining yassi to‘g‘ri burchakli koordinatalari hisoblab chiqilgan.

#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
🟩🟩🟩🟩 #kadastr #kalendar_mart

Mart oyida⭐️Kadastr agentligi tizimidagi xodimlar necha kun dam olishadi?

📆Quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:

8-mart — chorshanba (Xalqaro xotin-qizlar kuni);

21-mart — seshanba (Navro'z bayrami);

🟢 Qo'shimcha dam olish kunlari:

20,22-mart —ish haftasidan qatʼiy nazar barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

⚠️ 11,25-mart kunlari 5 kunliklar uchun ko'chirilgan ish kunlari hisoblanadi.

🔍 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 23.12.2022 yildagi PF-270-son

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌏 OAV biz haqimizda

Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasida "Kadastr sohasi qonunchiligidagi yangiliklar, asosiy o'zgarishlar, yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayonlari" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Batafsil

#OAV_biz_haqimizda #Kadastr #Xorazm

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
🔹Aholining kadastr xizmatlaridagi fuqarolik huquqlari davlat himoyasida🔹

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari
tashabbusi bilan Urganch shahar Yuqoribog' mahallasida "Aholining kadastr xizmatlaridagi fuqarolik huquqlari davlat himoyasida" shiori ostida mahalla fuqarolarining sohadagi huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati boshlig'i - boshliq maslahatchisi Navruzbek Allaberganov, Kadastr agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Matbuot xizmati xodimi Sadulla Allaberganov ishtirokida ochiq muloqot tashkil qilindi.

Tadbirda, mas'ullar tomonidan kadastr sohasiga oid huquqiy tushunchalar berildi hamda fuqarolarning savollariga tegishliligi bo'yicha javoblar va davlat xizmatini ko'rsatish uchun belgiliangan tartib bo'yicha yo'nalishlar berib o'tildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Prezident raisligida raqamlashtirish bo‘yicha 2023-yilgi vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

So‘nggi uch yilda IT sohasiga qaratilgan jiddiy eʼtibor natijasida maʼlum o‘zgarishlarga erishilgani taʼkidlandi.

Masalan, o‘tgan yilda IT Park rezidentlari 5 trillion so‘mlik xizmatlar ko‘rsatdi (2021-yilda 2,5 trillion so‘m), 140 million dollarlik xizmatlarni eksport qildi (2021-yilda 50 million dollar).

Shu bilan birga, mavjud 715 ta davlat xizmatidan 370 tasi raqamli platformaga o‘tkazilib, bu xizmatlardan o‘tgan yili 12 million aholi foydalandi (2021-yilda 9 million bo‘lgan).

Raqamlashtirish natijasida 70 dan ortiq turdagi maʼlumot va hujjatlar aholidan talab qilinishi bekor qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
🌏 OAV biz haqimizda

Kuni kecha Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasida "Kadastr sohasi qonunchiligidagi yangiliklar, asosiy o'zgarishlar, yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayonlari" mavzusida bo'lib o'tgan matbuot anjumani

Batafsil

#OAV_biz_haqimizda #Kadastr #Xorazm

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Prezident barcha biznes jarayonlarini hamda aholi uchun eng zarur xizmatlarni to‘liq raqamlashtirib, o‘zaro integratsiya qilish vazifasini qo‘ydi.

O‘tgan yilda maktablar, FHDYO, ichki ishlar idoralari va bog‘chalarning maʼlumot bazalari integratsiya qilingani hisobiga 350 milliard so‘m iqtisod qilindi.

Sog‘liqni saqlash, sport, kollej va oliygohlar, madaniyat sohalarining maʼlumotlar bazasini to‘liq ishga tushirish va bir-biriga integratsiya qilish orqali kamida 1 trillion so‘m mablag‘ni iqtisod qilish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bundan buyon raqamlashtirish hisobiga iqtisod qilingan mablag‘larning 50 foizi ITni rivojlantirish uchun vazirlik va hokimliklarga qaytarib berilishi belgilandi.

Taʼkidlanganidek, Raqamlashtirish vazirligining asosiy vazifasi loyihalarni boshida ko‘rib, maʼqullash emas, ularni ishga tushirishga yordam berish va foydalanishga qabul qilish, dasturlarning kelgusida samarali ishlatilishi va natijadorligini nazorat qilib, vazirliklar va hududlarning reytingini yuritish bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube