XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.63K subscribers
7.33K photos
1.03K videos
9 files
4.69K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bino va inshootlar haqida onlayn maʼlumot oling!

◼️Hozirgi kunda fuqarolarimiz bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani uydan chiqmasdan turib olishlari mumkin.

📃Ma’lumotnomada bino va inshootlarga doir quyidagi ma’lumotlar aks etgan bo’ladi:

- joylashuv manzili;
- kadastr raqami;
- turar joy yoki noturar joyligi;
- umumiy maydoni;
- huquqiy egasi (egalari);
- bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar turi;
- huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi;
- cheklanish mavjudligi;
- kadastr qiymati.

◼️Natija avtomat taqdim etilib, QR kodli ma’lumotnoma shakllanadi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko‘chmas mulk tarixiga oid
ma’lumotlarni olish tartibi

🏠Hukumatning 380-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga asosan, “Koʻchmas mulk tarixi” maʼlumotlarini DXM, YIDXP yoki davreestr.uz portali orqali aniqlash mumkin.

📃Reglamentga asosan:

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan so‘rovnomada so‘ralayotgan ko‘chmas mulkning kadastr raqami ko‘rsatiladi;

⭐️🌟Kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasi so‘rovnomani uch ish kunida ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etadi;

📃Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotda:

🔹obyektga nisbatan huquq turi va unga asos bo‘lgan hujjat;

🔹obyekt yoki yerning umumiy maydonlari;

🔹obyektning qurilgan yili kabilar ko‘rsatiladi.

Maʼlumotnoma shaxsga doir maʼlumotlar oshkor etilmagan holda beriladi.

▪️Maʼlumotnoma axborot xususiyatiga ega boʻlib, kelgusida rasmiy harakatlarni amalga oshirish uchun asos boʻlmaydi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qaror loyihasi muhokamaga qo'yildi


🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

📃 Qaror loyihasida dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibini nazarda tutuvchi Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish hamda qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibini nazarda tutuvchi Yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlanishi nazarda tutilmoqda.

👔 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, ixtisosligini belgilagan holda bo‘sh turgan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish bo‘yicha loyihalar tayyorlash hamda ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun E-ijara orqali manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishiladi.

◼️ Yer tuzish loyihalari manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan ma’qullangandan so‘ng, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun E-auksion elektron savdo platformasiga yuboriladi.

👉▫️ Batafsil

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bino va inshootlar haqida onlayn maʼlumot oling!

◼️Hozirgi kunda fuqarolarimiz bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani uydan chiqmasdan turib olishlari mumkin.

📃Ma’lumotnomada bino va inshootlarga doir quyidagi ma’lumotlar aks etgan bo’ladi:

- joylashuv manzili;
- kadastr raqami;
- turar joy yoki noturar joyligi;
- umumiy maydoni;
- huquqiy egasi (egalari);
- bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar turi;
- huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi;
- cheklanish mavjudligi;
- kadastr qiymati.

◼️Natija avtomat taqdim etilib, QR kodli ma’lumotnoma shakllanadi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xususiylashtirishning auksion usuli Qonun bilan belgilandi


🇺🇿2024-yil 14-fevral sanasida Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni (OʻRQ-907) qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

◼️Xususiylashtiriladigan davlat mulki obyektlari quyidagilardan iborat:
- davlat ko‘chmas mulk obyektlari;
- davlat ulushlari (aksiyalari, ulushlari);
- davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari.

Davlat mulki, bundan davlat mulkini boshqarish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan xususiylashtirilmaydigan davlat mulki mustasno, to‘liq yoki qisman xususiylashtirilishi mumkin.

◼️Ushbu infografikada Davlat mulkini auksionda xususiylashtirish tartibi haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

👔14.02.2024 yilda imzolangan O‘zbekiston Respublikasining 907-son Qonuni - 16.05.2024 dan kuchga kiradi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer maydonlarini ijaraga olgan yoshlar oʻzlari turgan daftarlardan chiqarilmaydi

📃 Qarorga koʻra, talabgorlarga 30 yil muddatgacha kichik lotlarda “bir massiv – bir mahsulot” tamoyili asosida quyidagilar ijaraga beriladi:

- sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar, makkajoʻxori doni, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishga sugʻoriladigan ekin maydonlari;

- bogʻdorchilik-uzumchilik yoʻnalishlari uchun koʻp yillik daraxtzorlar yoki samarasiz bogʻlar yer maydonlari;

- dorivor oʻsimliklar yetishtirish, chorvachilik yoʻnalishlari uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirishga moʻljallangan, lalmi, boʻz, yaylov va yangi oʻzlashtirilgan yer maydonlari.

◼️Talabgorlarga ajratiladigan yer maydonlari oʻlchamlari “mahalla yettiligi” taklifiga koʻra aniqlanadi.

◼️Yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga olgan yoshlar “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyoz va preferensiyalar saqlab qolinadi.

◼️Talabgorlar tomonidan yer maydonlarida yetishtiriladigan ekin turlari va ular miqdorining doimiy monitoringi Yoshlar ishlari agentligining “Yosh fermerlar” platformasi orqali amalga oshiriladi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Nizolarni sudgacha hal qilish imkoni bor

🇺🇿 Hukumat qarori bilan, joriy yilning 29-avgust kuni Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.

▶️Mulkingizni ro'yxatdan o'tkazishda muammolarga duch kelsangiz, uni qay tartibda hal etish haqida batafsil mazkur videorolik orqali ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

IIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ma'lumot o'rnida

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.05.2024 yildagi "Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek, ba'zilarini o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblash to'g'risida" gi 282-son qarori qabul qilingan edi.

▶️ Mazkur video orqali Yer uchastkalarini xususiylashtirish masalalariga kiritilgan o'zgarishlar va yangiliklar haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qonunga sharh

AOKAda Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi ishtirokida “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun mazmun-mohiyati va ahamiyati mavzusida brifing o'tkazildi.

▶️ Batafsil videoda 👆

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Nizolarni sudgacha hal qilish imkoni bor

🇺🇿 Hukumat qarori bilan, 2023 yilning 29-avgust kuni Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.

▶️Mulkingizni ro'yxatdan o'tkazishda muammolarga duch kelsangiz, uni qay tartibda hal etish haqida batafsil mazkur videorolik orqali ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM