XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.65K subscribers
7.55K photos
1.07K videos
9 files
4.83K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
▪️Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar qarzdorlik mavjud emasligi tekshirilgandan so‘ng tasdiqlanadi▪️

💸Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–278, 15.08.2023 y.) qabul qilindi.

📃 Qarorga ko‘ra, respublikadagi chegaralari belgilanmagan ko‘p kvartirali uylarning tutash yer uchastkalari chegaralari belgilanib, “YERELEKTRON” axborot tizimiga kiritiladi.

📆 2024-yil 1-yanvardan:

◾️ ko‘p kvartirali uylardagi ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar notariuslar tomonidan mulkdorning majburiy badallar yoki to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi tekshirilgandan keyin tasdiqlanadi;

◾️ majburiy badallarning yoki to‘lovlarning eng kam miqdori Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi;

📃 Qaror bilan shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga quyidagi qo‘shimcha vakolatlar beriladi:

◾️ ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari va joylar mulkdorlari tomonidan issiqlik ta’minotidan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

◾️ ko‘p kvartirali uylardagi umumiy mol-mulk va ularga tutash yer uchastkalarida amalga oshirilgan ta’mirlash-tiklash ishlarining qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

👨‍💻 Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasi har 3 yilda kamida bir marta oshiriladi. Malaka oshirish kurslari ko‘p bilan yetmish ikki soatni tashkil etadi.

🔹 Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning reyestrini yuritadi.

📃 Reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, ma’lumoti, mutaxassisligi, mehnat staji, malakasini oshirgan va attestatsiyadan o‘tgan vaqti hamda boshqa zarur ma’lumotlar aks ettiriladi.

◼️Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ reyestrdagi ma’lumotlarga asosan ro‘yxatdan o‘tkazuvchining malaka oshirish muddati kelishidan o‘n besh kun oldin uning malakasini oshirish bo‘yicha markazga murojaat qiladi.

Markaz ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning murojaatini kelib tushgan kundan boshlab besh kun ichida ko‘rib chiqadi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchini malaka oshirish kursiga qabul qiladi yoki qabul qilishni rad etadi hamda bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ taqdim qilgan ma’lumotlar to‘liq bo‘lmaganda yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etgan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning murojaati rad etiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning murojaatini boshqa asoslarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

📃 Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasi har 3 yilda kamida bir marta oshiriladi. Malaka oshirish kurslari ko‘p bilan yetmish ikki soatni tashkil etadi.

💠 Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning reyestrini yuritadi.

◼️Reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, ma’lumoti, mutaxassisligi, mehnat staji, malakasini oshirgan va attestatsiyadan o‘tgan vaqti hamda boshqa zarur ma’lumotlar aks ettiriladi.

◼️Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ reyestrdagi ma’lumotlarga asosan ro‘yxatdan o‘tkazuvchining malaka oshirish muddati kelishidan o‘n besh kun oldin uning malakasini oshirish bo‘yicha markazga murojaat qiladi.

◼️Markaz ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning murojaatini kelib tushgan kundan boshlab besh kun ichida ko‘rib chiqadi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchini malaka oshirish kursiga qabul qiladi yoki qabul qilishni rad etadi hamda bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ taqdim qilgan ma’lumotlar to‘liq bo‘lmaganda yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etgan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning murojaati rad etiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning murojaatini boshqa asoslarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

🇺🇿 Qonunchilikka ko'ra, o‘zganing yer uchastkasidan piyoda va transportda o‘ta olishni ta’minlash, elektr uzatgich, aloqa va quvur liniyalarini o‘tkazish va ulardan foydalanish, suv bilan ta’minlash uchun, shuningdek ko‘chmas mulk egasining ehtiyojlarini servitut belgilamay turib ta’minlanishi mumkin bo‘lmagan boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun servitut belgilanishi mumkin.

◼️Yer uchastkasida servitut belgilanishi yer uchastkasi egasining ushbu uchastkaga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlaridan mahrum etmaydi.

◼️Servitut belgilashni talab qilayotgan shaxs bilan o‘zga yer uchastkasining egasi o‘rtasidagi bitimga muvofiq servitut belgilanadi va u ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Servitutni belgilash xususida kelisha olinmasa yoki uning shartlarida murosaga kelinmasa, bahs servitut belgilashni talab qilayotgan shaxsning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan hal etiladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi

🔲 Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 8-avgustdagi “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida” gi 860-sonli Qonuni qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

♻️ Mazkur videoda Qonun mohiyati haqida batafsil Davlat kadastrlari palatasi Bosh yuriskonsulti N.Xodjamov xabar beradi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

🫥 Qonun bilan viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlarni mazkur sudlarda taftish tartibida ko‘rish bosqichi joriy etildi.

◼️Apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari sudlari tomonidan ishlarni yangidan ko'rish uchun birinchi instansiya sudlariga yuborish tartibi bekor qilindi hamda ularning zimmasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish mas’uliyati yuklatildi.

◼️Ishni taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda, shuningdek ishni yuqori instansiya sudida taftish tartibida qayta ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.

👉 Batafsil: https://uzdkp.uz/uz/huquqiy-malumot-119/

Asos: O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–888-son Qonuni, 25.12.2023-y

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

☯️Servitutni bekor qilish

💠Servitut quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:

- servitut ishtirokchilarining o‘zaro kelishuviga ko‘ra;
- yer egasining, yerdan foydalanuvchining, yer uchastkalari ijarachisi va mulkdorining yoki servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxsning asoslangan talabiga ko‘ra;
- servitutdan uzoq muddat (kamida uch yil) foydalanilmaganda;
- servitutning amal qilish muddati tugaganda;
- agar servitut belgilash uchun sabab bo‘lib xizmat qilgan asoslar o‘z ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lsa;
- qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra.

📃 Servitutni bekor qilish to‘g‘risida servitut ishtirokchilari o‘rtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda, servitut sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

🖥 Davlat mulkidan foydalanganlik davri quyidagicha belgilanadi:

◼️Davlat mulki belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuzmasdan foydalanishga berilganda, joriy yil 1-yanvar sanasidan holat aniqlangan sanaga qadar;

◼️ijaraga beruvchi ishtirokida avval tuzilgan ijara shartnomasi muddati tugaganidan so‘ng davlat mulki belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuzmasdan foydalanishga berilganda, avvalgi ijara shartnomasi muddati tugagan sanadan holat aniqlangan sanaga qadar;

◼️davlat mulki ijara shartnomasiga kiritilmasdan ijaraga berilganda, shuningdek, ijara shartnomasida ijaraga berilgan mulkning parametrlari va soni kamaytirib ko‘rsatilganda, ijara shartnomasi tuzilgan sanadan holat aniqlangan sanaga qadar.

◼️Bunda hisoblangan davr uchun to‘lov o‘sha yilga belgilangan ijara to‘lovining eng kam miqdoriga mutanosib hisoblanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

💠 Ijaraga beruvchi davlat mulkini ijaraga berishda:

▫️davlat mulkini ijaraga berish jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydi;
▫️ ijara shartnomasi shartlari bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;
▫️ yuridik shaxslar, jumladan, tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarga ijaraga beriladigan davlat mulklari haqida zarur ma’lumotlar (ijaraga beriladigan davlat mulklarining parametrlari, kommunikatsiyalar bilan ta’minlanganligi, fotosurati, davlat mulkidan foydalanish maqsadi, ijara muddati va ijaraga berish shartlari) beradi va zarur amaliy-huquqiy yordam ko‘rsatadi;
▫️ ijaraga beriladigan davlat mulklari targ‘ibotini amalga oshiradi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat hisobidan yuridik yordam

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining "Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida"gi 16.06.2023 yil 848-son Qonuniga sharh

📃 Davlat hisobidan yuridik yordam faqat Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilgan advokatlar tomonidan ko‘rsatiladi.

Quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega:
- kam ta’minlangan shaxslar;
- ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar;
- o‘z huquqlari buzilgan;
- O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.

▶️ Batafsil mazkur videoda👆

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM