XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.71K subscribers
8.28K photos
1.14K videos
9 files
5.21K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

O'zboshimchalik bilan qurib olingan hamda huquqiy hujjatlarga ega bo'lmagan ko'chmas mulk obyektlariga mulk huquqini e'tirof etish uchun qo'yiladigan 8 ta talab bilan infografika orqali tanishib oling.

Asos: 🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuni

#Kadastr_agentligi #O_RQ_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

⌛️ Qonunning kuchga kirishiga 7 kun qoldi.

📌 O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi ORQ-937-son QONUNning kuchga kirish sanasi 2024-yil 8-noyabr.

Qonunga ko'ra qanday o'zboshimchalik bilan qurilgan ko'chmas mulk obyektlariga mulk huquqi e'tirof etiladi?

🔘2018-yil 1-may kunigacha fuqarolar yakka tartibdagi uy-joy qurgan holda o‘zboshimchalik bilan egallagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;
🔘 2018-yil I-may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko'rsatilgan maydondan ortiqcha egallagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;
🔘"Bir martalik aksiya" doirasida huquqlarni e'tirof etish oxiriga yetmagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;
🔘2021-yil 8-iyungacha tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer uchastkalariga;
🔘 Bog'dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer uchastkasiga;
🔘 Kichik sanoat zonalari hududiga 2020-yil 9-martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yer uchastkasiga;
🔘 Davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasiga;
🔘 Hokim qarori bilan mulk huquqi e'tirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasiga.

#Kadastr_agentligi #O_RQ_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

🔘 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun 8-noyabr sanasidan rasman kuchga kiradi.

Qayerga murojaat qilish kerak?
🔘Hech qayerga murojaat etishlari shart emas. Qonunga muvofiq vakolatli tashkilotlardan tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida har-bir hududda xatlov ishlari amalga oshirilishi belgilangan.


📄Mazkur reja-jadval 2024-2025-yillar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko’ra Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlandi.

🟢Unga ko‘ra 2024-yilda respublikamizning barcha tuman va shaharlarida jami 901 ta, 2025-yilda esa 2980 ta mahallalarni qamrab olish rejalashtirilgan.

Shu va boshqalar haqida 🌟Kadastr agentligi Axborot xizmati rahbari N.Atamuratov tomonidan AOKAda o'tkazilgan brifingda ma'lumot berildi.

➡️ BATAFSIL

#Kadastr_agentligi #O_RQ_937 #E_tirof_dasturi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

📄 Qonunda jismoniy va yuridik shaxslarning necha sotixgacha bo‘lgan yerlariga mulk va ijara huquqi rasmiylashtirib beriladi?

❗️ Qonunga ko‘ra, yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi quyidagi hajmgacha beriladi:

⭕️ 1998-yil 1-iyulgacha egallangan bo‘lsa – 0,24 gektargacha;
⭕️ 1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-may kuniga qadar egallangan bo‘lsa – Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 0,06 gektar
⭕️ qolgan hududlarda 0,12 gektardan oshmagan hajmda.

Yakka taritibdagi uy-joy egallagan yer uchastkasining amaldapgi maydoni mazkur qonunchilik hujjatida belgilangan o‘lchamlardan oshgan hollarda, yer uchastkasining ortiqcha egallangan qismiga bo‘lgan ijara huquqi, basharti boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasa, dehqon xo‘jaligini yoki tomorqa xo‘jaligini yuritish uchun e’tirof etiladi.


#Kadastr_agentligi #O_RQ_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1