XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.63K subscribers
7.34K photos
1.03K videos
9 files
4.7K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
#kadastr_sohasida_atamalar
#atama

Kadastr raqami — yer uchastkasi, bino, inshoot va ko‘p yillik daraxtlarning o‘ziga xos, O‘zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan alohida raqami hisoblanadi va ushbu raqam ko‘chmas mulkni shakllantirishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq beriladi va ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud bo‘lishi davrida saqlab qolinadi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasi (FMMI) — tashkiliy tuzilma, ilmiy-texnika siyosati, texnik va dasturiy vositalar, bazaviy va sohaga oid fazoviy ma’lumotlar, metama’lumotlar hamda metama’lumotlar bazalarini, fazoviy ma’lumotlar servislarini, normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni, xalqaro standartlarni, O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilishi mumkin bo‘lgan fazoviy ma’lumotlarni ishlab chiqish, yangilash, ularga ishlov berish, ularni saqlash, berish, integratsiyalash hamda ulardan foydalanish masalalariga doir O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlarini o‘z ichiga oladigan tizim.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Aholi punktlarining ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlari — ko‘chalar, tor ko‘chalar, o‘tish yo‘llari, boshi berk ko‘chalar, qiyaliklar, kirish yo‘llari, istirohat bog‘lari, xiyobonlar, shox ko‘chalar, magistrallar, maydonlar, bulvarlar, katta yo‘llar, sohilbo‘yi, avtomobil yo‘llari.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Manzil — Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va u haqida tuzilgan bitimlarning davlat reyestrida ro‘yxatga olingan yoki ro‘yxatga olinmagan ko‘chmas mulk obyektlari — yer uchastkalari, binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan imoratlar, shu jumladan, qurilayotgan, alohida ajratilgan joylar, avtomobil saqlash joylari (chiziqli inshootlar bundan mustasno) (keyingi o‘rinlarda obyektlar deb ataladi) joylashgan joyni bir xil identifikatsiyalaydigan elementlarning noyob yig‘indisi.

Xorazm_Kadastr_Axborot_Xizmati:

Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestri — ma’lum bir hudud uchun ularga mos bo‘lgan holda kompyuter yordamida o‘qiladigan toponimlarni (geografik nomlarni) o‘z ichiga olgan raqamli ma’lumotlar bazasi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestri — ma’lum bir hudud uchun ularga mos bo‘lgan holda kompyuter yordamida o‘qiladigan toponimlarni (geografik nomlarni) o‘z ichiga olgan raqamli ma’lumotlar bazasi.

Xorazm_Kadastr_Axborot_Xizmati:

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Ko‘chmas mulk haqida tuzilgan bitimlar — fuqaro va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni o‘rnatishga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga (boshqa shaxsga o‘tkazish, ipotekaga qo‘yish, uzoq muddatli ijaraga olish, merosni qabul qilish va boshqalar) qaratilgan xatti-harakatlari.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Huquq egasi — ko‘chmas mulk obyektining belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi asosida unga bo‘lgan huquqqa ega yuridik va jismoniy shaxs.

Xorazm_Kadastr_Axborot_Xizmati:

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Kadastr pasporti — huquq egasiga beriladigan hamda ko‘chmas mulk obyekti va obyektning kadastr raqami haqida umumiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan plastik shaklda yoki qog‘oz shaklda beriladigan elektron hujjat.

Xorazm_Kadastr_Axborot_Xizmati:

Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Obyektning ichki manzili — obyektning maʼmuriy-hududiy yoki hududiy birlik hududida joylashuvini tavsiflovchi manzilning tarkibiy elementi.

Xorazm_Kadastr_Axborot xizmati:
Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Tematik qatlam — ma’lum hududdagi obyektlar to‘plami uchun umumiy bo‘lgan koordinatalar tizimida bir mavzuga (o‘simliklarga, avtomobil yo‘llariga va h.k.) tegishli bir tipdagi fazoviy obyektlarni raqamli ifodalash majmui.

Xorazm_Kadastr_Axborot xizmati:
Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Geokod — berilgan koordinatalar tizimida obyektning fazoviy joylashuvini identifikatsiya qiluvchi ma’lumotlar yig‘indisi bo‘lib, ular obyektni uni ma’lum bo‘lgan koordinatalar yordamida topish imkonini beradigan geografik joyga bog‘lab qo‘yishni nazarda tutadi.

Xorazm_Kadastr_Axborot xizmati:
Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Huquqni belgilovchi hujjatlar — ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishini, boshqa shaxsga o‘tishini, cheklanishi va bekor qilinishini belgilovchi hujjatlar.

Xorazm_Kadastr_Axborot_Xizmati:

Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Magistral yo‘llar — keng va to‘g‘ridan to‘g‘ri shahar ko‘chasi, odatda jadal harakatlar bo‘ladigan ko‘chalar, shahardan tashqariga olib chiquvchi ko‘chalar.

Xorazm_Kadastr_Axborot_Xizmati:

Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri — ko‘chmas mulk obyektlari va ularga bo‘lgan huquqlar to‘g‘risida, shuningdek, huquq egalari haqidagi ma’lumotlardan iborat yagona axborot ma’lumotlar bazasi.

Xorazm_Kadastr_Axborot_Xizmati:

Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Qurilishi tugallanmagan obyektlar – qurilishi belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq boshlangan, lekin belgilangan kunida tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, ammo qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanish uchun ruxsatnomasi asosida foydalanishga qabul qilinmagan bino va inshootlar.

Xorazm_Kadastr_Axborot_Xizmati:
Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri — manzillar, ularning geokodlari, o‘zgarish tarixi va hozirgi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona axborot tizimi.

Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar

📝#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarning davlat ekspertizasi — geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarning qonunchilik talablariga muvofiqligini aniqlashga qaratilgan hamda Kadastr agentligi tomonidan o‘tkaziladigan toponimik, etnografik, lingvistik, kartografik va boshqa tadqiqotlar majmui.

**********************************

#terms_in_the__cadastral_field

📝State examination of proposals for naming and changing names of geographical objects - aimed at determining compliance with legal requirements of proposals for naming and changing names of geographical objects, as well as toponymic, ethnographic, carried out by the Cadastre Agency , a set of linguistic, cartographic and other studies.

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

✔️ Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari bilan aniqlanishi mumkin bo‘lgan, strategik ahamiyatga, yirik sanoat korxonalariga va rivojlangan infratuzilmaga ega, shuningdek istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar bo‘lgan aholi punktlari.

*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣

#terms_in_the__cadastral_field

✔️ The cities under the republic are settlements that can be determined by the decisions of the chambers of the "Oliy Majlis" of the Republic of Uzbekistan, have strategic importance, have large industrial enterprises and developed infrastructure, as well as promising economic and cultural centers.

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish — yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi faktini davlat tomonidan tan olish.

ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 Telegram  I 🌐 Instagram I 🌐 Facebook I  🌐  Youtube

*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣
State registration of rights to real estate
is state recognition of the fact that legal and natural persons' rights to real estate have been created, transferred, limited, and canceled

Our pages on social networks:
🌐 Telegram  I 🌐 Instagram I 🌐 Facebook I 🌐  Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM