XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.63K subscribers
7.34K photos
1.03K videos
9 files
4.7K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2023-yil 1-maydan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️Davlat ko'chmas mulklari va aksiya paketlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tkaziladi.
👉 Batafsil

⚜️Rasmiy daromadga ega bo'lmagan shaxslarga ham ipoteka kreditlari beriladi.
👉 Batafsil

⚜️Yangi “dom”larning tomiga quyosh panellari o‘rnatish majburiy bo‘ladi.
👉 Batafsil

⚜️Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Halok bo‘lgan harbiy xizmatchining yaqinlari ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi.
👉 Batafsil

⚜️Ma’muriy jarimalarni 15 kun ichida to‘laganlik uchun chegirma miqdori oshiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Rahbar kadrlar uchun inson huquqlari va gender tenglik bo‘yicha o‘quv kurslari joriy qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️Bank hisobvarag‘ini masofadan turib ochishga ruxsat etiladi.
👉 Batafsil

⚜️“Metan-zapravka”larga onlayn kamera o‘rnatish majburiy bo‘ladi;
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalari beriladi.
👉 Batafsil

⚜️Ayrimlarga shifoxonada bepul ovqat beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim turdagi tovarlar xaridi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarib beriladi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2023-yil 1-iyundan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️Aholi va tadbirkorlarga kredit ajratish jarayonida qarz oluvchini ID-kartadagi biometrik ma’lumotlar asosida identifikatsiya qilish yo‘lga qo‘yiladi.
👉 Batafsil

⚜️Respublika hududlarida mavjud faol tektonik yer yoriqlarining ko'rsatkichlarini o'rganish ishlari tashkil etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim tartib va cheklovlar bekor bo‘ladi.
👉 Batafsil

⚜️Aholi punktlarida transport harakatlanish tezligi tushiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Har yili "Inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi ta'lim va innovatsiyalar" milliy tanlovi o'tkazib boriladi.
👉 Batafsil

⚜️Halok bo‘lgan harbiy xizmatchining yaqinlariga imtiyozlar beriladi.
👉 Batafsil

⚜️Tug‘ilganlik bo‘limlarida qayd qilinganligi haqida QR-kodli “metrika” beriladi.
👉 Batafsil

⚜️Kontrafakt mahsulotdan himoyalanishning yana bir usuli ishga tushadi.
👉 Batafsil

⚜️«To‘maris izdoshlari» jamoaviy faoliyati guruhlari yo'lga qo'yiladi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Fuqarolar normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazishda ishtirok etishi mumkin

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 08-avgustdagi “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida” gi 860-sonli Qonuni haqida batafsil mazkur infografika orqali tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿“Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-907-son, 14.02.2024 y.) Prezident tomonidan imzolandi

📃 Unga ko‘ra, xususiylashtiriladigan davlat mulki obyektlari quyidagilardan iborat:

▪️davlat ko‘chmas mulk obyektlari;
▪️davlat ulushlari (aksiyalari, ulushlari);
▪️davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari.

Davlat mulki, to‘liq yoki qisman xususiylashtirilishi mumkin. (Bundan davlat mulkini boshqarish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan xususiylashtirilmaydigan davlat mulki mustasno).

◼️Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

◼️Xususiylashtiriladigan davlat mulkining boshlang‘ich narxi vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilanadi.

👔Davlat mulkini xususiylashtirish quyidagi usullardan foydalangan holda amalga oshiriladi:

- auksion;
- tanlov savdolari;
- muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish;
- raqobatga asoslangan muloqot;
- birja savdolari;
- davlat unitar korxonasini yoki davlat muassasasini mulkiy majmua tarzida xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish;
- davlat ulushlarini va davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish;
- davlat unitar korxonasini yoki davlat muassasasini keyinchalik xususiylashtirish sharti bilan ijaraga berish.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-936-son, 17.07.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi


📃 Yer kodeksiga hamda “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra, endilikda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlari 10 yilgacha boʻlgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin boʻladi.

◼️Shuningdek yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan mazkur yer uchastkalarida hamda bogʻlar va tokzorlarning qator oralariga maqbul ekinlar ekilishini yoki tut koʻchatlari oʻtqazilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

◼️Bundan tashqari Yer kodeksiga pillachilik va tutchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga, agrosanoat klasterlariga va boshqa yuridik shaxslarga maydoni 10 gektargacha boʻlgan yer uchastkalari ajratilishi mumkinligi toʻgʻrisidagi qoʻshimcha kiritildi.

🫥 Ilgari bunday norma mavjud emas edi.

◼️Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchaga koʻra, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyalariga maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga doir vakolatlar berildi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM