XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.63K subscribers
7.34K photos
1.03K videos
9 files
4.7K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2023-yil 1-maydan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️Davlat ko'chmas mulklari va aksiya paketlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tkaziladi.
👉 Batafsil

⚜️Rasmiy daromadga ega bo'lmagan shaxslarga ham ipoteka kreditlari beriladi.
👉 Batafsil

⚜️Yangi “dom”larning tomiga quyosh panellari o‘rnatish majburiy bo‘ladi.
👉 Batafsil

⚜️Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Halok bo‘lgan harbiy xizmatchining yaqinlari ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi.
👉 Batafsil

⚜️Ma’muriy jarimalarni 15 kun ichida to‘laganlik uchun chegirma miqdori oshiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Rahbar kadrlar uchun inson huquqlari va gender tenglik bo‘yicha o‘quv kurslari joriy qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️Bank hisobvarag‘ini masofadan turib ochishga ruxsat etiladi.
👉 Batafsil

⚜️“Metan-zapravka”larga onlayn kamera o‘rnatish majburiy bo‘ladi;
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalari beriladi.
👉 Batafsil

⚜️Ayrimlarga shifoxonada bepul ovqat beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim turdagi tovarlar xaridi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarib beriladi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Ko‘chmas mulk haqida tuzilgan bitimlar — fuqaro va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni o‘rnatishga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga (boshqa shaxsga o‘tkazish, ipotekaga qo‘yish, uzoq muddatli ijaraga olish, merosni qabul qilish va boshqalar) qaratilgan xatti-harakatlari.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Xorazm viloyati jami yer maydonining necha foizi qishloq xo‘jaligi yerlari hisoblanadi?
Final Results
33%
52,3 %
33%
54,5 %
17%
56,4 %
17%
55,4 %
#Geoinnovatsiya #quyosh_panellari

🌟 Kadastr agentligi "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi mutaxassislari 🇨🇳Xitoy xalq Respublikasining LONGi korxonasi bilan 600 kw quyosh panellari yetkazib berishga shartnoma imzolangani haqida xabar bergan edik.

Ana shu quyosh panellari yurtimizga yetib kelishi bilanoq o‘rnatish ishlari boshlab yuborildi. Ayni damda 🌟 Kadastr agentligining 💫 Davlat kadastrlari palatasi binosiga o‘rnatilmoqda.

💬 Eslatib o‘tamiz mazkur LONGi Hi-MO5 550w quyosh panellarining o'ziga xos xususiyati shundaki u ikki tomonlama quvvatlanuvchi Monokristal panel hisoblanib, to'g'ridan to'g'ri quyosh nuri tushmagan holatda, shuningdek bulutli kunda ham yorug'likni o'zida ishlay oladi. Quyosh panellari maxsus kompyuter dasturida loyihalashtirilib, joyning geografik koordinatlari, bino va tom konstruksiyasi inobatga olingan holda, har bir obyektga individual yondashib o‘rnatiladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Huquq egasi — ko‘chmas mulk obyektining belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi asosida unga bo‘lgan huquqqa ega yuridik va jismoniy shaxs.

Xorazm_Kadastr_Axborot_Xizmati:

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
▪️Xorazmda xatlov jarayonlari▪️

◼️Xorazm viloyatidagi ko‘chmas mulk obyektlari, shu jumladan, yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazish  hamda  «UzKAD» axborot tizimiga kiritish bo‘yicha ishlar jadallik bilan davom etmoqda.

⚡️ Ayni dam, Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati  boshchiligida ishchi guruhdagi jarayonlar tahliliga kirishilingan.

◼️Rejaga asosan, ishchi guruh tomonidan kuniga 28-30 ming gektar yer maydoni xatlovdan o‘tkazilishi belgilangan va buning uchun yetarlicha mutaxassislar jalb qilingan.

◼️Viloyatdagi jami yer hisoboti bo‘yicha 608 158 gektar yer maydonidan hozirgi kunga qadar 324 100 gektar yer maydoni xatlovdan o‘tkazildi. Shundan, 182 559 gektar yer maydoni qishloq xo‘jaligi yerlari  hisoblanadi.

📝 Jarayonlar haqida yana ma'lumot taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
#onlayn_xizmatlar #kadastr

📃 Kadastr pasportini shakllantirish bo'yicha my.gov.uz portali orqali 1-may holatiga kelib tushgan arizalar bo'yicha umumiy statistika.

💻 Yagona portal orqali- 54 114 ta
🏢 Davlat xizmatlari markazi orqali- 184 314 ta

📱 Kadastr pasportini onlayn shakllantirish

➡️HARAKATLAR KETMA-KETLIGI➡️

1️⃣ Ariza beruvchi YAIDXPda ro‘yxatdan yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi.

2️⃣ Mutaxassis organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va YAIDXP orqali elektron shaklda talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi.

3️⃣ Ariza beruvchi to‘lovni amalga oshiradi.

4️⃣ Vakolatli organ kadastr pasportini shaklantiradi va YAIDXP orqali arizachiga xabarnoma yuboradi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2023-yilda Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasiga kelib tushgan (prezident xalq qabulxonasi, prezident pochtasi, veb-sayt, sayyor qabul, ishonch telefoni orqali) murojaatlar ijrosi yuzasidan ma’lumot 01.05.2023 holatiga.

Telegram l Instagram
Facebook l Youtube
#kadastr #matbuot #bayram

🎙Bugun, 3 may - Jahon matbuoti erkinligi kuni

BMT Bosh Assambleyasining
1993-yil 20-dekabrdagi rezolyusiyasiga ko'ra, 1994-yildan boshlab har yili 3-may – Jahon matbuot erkinligi kuni sifatida nishonlanib kelinadi.

⭐️ Kadastr agentligi jamoasi barcha matbuot xodimlari va jurnalistlarni 3 may –Jahon matbuoti erkinligi kuni bilan samimiy tabriklab, ijodiy muvaffaqiyatlar tilaydi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️DKPning jamoatchilik bilan aloqalari▪️

🌟 Ochiqlik tashkilotning jamoatchilik bilan aloqalarini, natijada sohani yanada rivojlanishiga zamin yaratadi. Har bir tanqidiy, tahliliy fikrlarga to‘g‘ri yondashgan holda Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati hamda hududiy boshqarmalarining axborot xizmatlari ularni o‘rganib, zaruriy choralarni ko‘rishda davom etadi.

📊 Mazkur ma'lumotlar Davlat kadastrlari palatasining Markaziy apparati va hududiy boshqarmalariga 2023 yil aprel oyida kelib tushgan murojaatlarga matbuot xizmatlarining rasmiy munosabatlari tahlili haqida.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda #axborot_hisoboti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Kadastr pasporti — huquq egasiga beriladigan hamda ko‘chmas mulk obyekti va obyektning kadastr raqami haqida umumiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan plastik shaklda yoki qog‘oz shaklda beriladigan elektron hujjat.

Xorazm_Kadastr_Axborot_Xizmati:

Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📤 SAVOL: Joy oldi-sotdi qildim va ro'yxatdan o'tkazish uchun ariza berdim. To'lovlarini to'ladim. Ma'lumotnomani qancha vaqtda olsam bo'ladi?

✍️ JAVOB: O'zbekiston Rspublikasi Vazirlar Mahkamasining 1060-son qaroriga ko'ra, ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, 2 ish kuni mobaynida davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. Shundan so'ng ma'lumotnomani olish mumkin.

************

👉@Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Hafta davomida 5 618 ta kadastr pasporti shakllantirilgan▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi jamoatchilikka o‘z faoliyati va xizmatlari bo‘yicha muntazam ma’lumotlar berishda davom etadi.

📃 Navbatdagi ma’lumotda ko‘chmas mulkning kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan bir hafta davomida respublika bo‘yicha kelib tushgan arizalar va tayyorlangan kadastr pasportlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni mazkur infografika orqali ko‘rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔸 Intizom - asosiy mezon.

♦️Bugun Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyat boshqarmasida "Davlat fuqarolik xizmatchilari ning odob-axloq qoidalari" mavzusi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyat boshqarmasi boshlig‘i B.Jumabaev va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi X.Matkarimovlar ishtirok qilishdi.

📝 Yig‘ilish davomida xodimlarning fuqarolar bilan munosabatda odob-axloq qoidalariga qatʼiyan rioya qilinishi hamda xolislikni taʼminlash, taʼkidlab o‘tildi. Shuningdek boshqarma binosiga begona shaxslarning nazoratsiz kirib chiqishga yo‘l qo‘ymaslikga alohida urg'u berildi.

🔴 Bundan tashqari davra suhbatida, xodimlarni o‘z xizmat vazifalari huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni keltirib chiqaradigan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, uning oqibatlari tizim xodimlariga salbiy taʼsir yetkazishi tushuntirildi.

Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube