XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.63K subscribers
7.34K photos
1.03K videos
9 files
4.69K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha bo‘lishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalarni olib o‘tishga mo‘ljallangan, tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat, yer tepasida, yer yuzasida va yer ostida hajmli, yassi yoki chiziq tarzida joylashgan qurilish tizimi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Interoperabellik (o‘zaro birgalikda amal qilish qobiliyati) — fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasi fazoviy ma’lumotlarining, metama’lumotlarining, texnik va dasturiy vositalarining axborot va funksional jihatdan o‘zaro birgalikda amal qilish qobiliyati.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Magistral yo‘llar — keng va to‘g‘ridan to‘g‘ri shahar ko‘chasi, odatda jadal harakatlar bo‘ladigan ko‘chalar, shahardan tashqariga olib chiquvchi ko‘chalar.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar
#atama

Kadastr raqami — yer uchastkasi, bino, inshoot va ko‘p yillik daraxtlarning o‘ziga xos, O‘zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan alohida raqami hisoblanadi va ushbu raqam ko‘chmas mulkni shakllantirishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq beriladi va ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud bo‘lishi davrida saqlab qolinadi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasi (FMMI) — tashkiliy tuzilma, ilmiy-texnika siyosati, texnik va dasturiy vositalar, bazaviy va sohaga oid fazoviy ma’lumotlar, metama’lumotlar hamda metama’lumotlar bazalarini, fazoviy ma’lumotlar servislarini, normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni, xalqaro standartlarni, O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilishi mumkin bo‘lgan fazoviy ma’lumotlarni ishlab chiqish, yangilash, ularga ishlov berish, ularni saqlash, berish, integratsiyalash hamda ulardan foydalanish masalalariga doir O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlarini o‘z ichiga oladigan tizim.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Aholi punktlarining ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlari — ko‘chalar, tor ko‘chalar, o‘tish yo‘llari, boshi berk ko‘chalar, qiyaliklar, kirish yo‘llari, istirohat bog‘lari, xiyobonlar, shox ko‘chalar, magistrallar, maydonlar, bulvarlar, katta yo‘llar, sohilbo‘yi, avtomobil yo‘llari.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Manzil — Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va u haqida tuzilgan bitimlarning davlat reyestrida ro‘yxatga olingan yoki ro‘yxatga olinmagan ko‘chmas mulk obyektlari — yer uchastkalari, binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan imoratlar, shu jumladan, qurilayotgan, alohida ajratilgan joylar, avtomobil saqlash joylari (chiziqli inshootlar bundan mustasno) (keyingi o‘rinlarda obyektlar deb ataladi) joylashgan joyni bir xil identifikatsiyalaydigan elementlarning noyob yig‘indisi.

Xorazm_Kadastr_Axborot_Xizmati:

Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestri — ma’lum bir hudud uchun ularga mos bo‘lgan holda kompyuter yordamida o‘qiladigan toponimlarni (geografik nomlarni) o‘z ichiga olgan raqamli ma’lumotlar bazasi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestri — ma’lum bir hudud uchun ularga mos bo‘lgan holda kompyuter yordamida o‘qiladigan toponimlarni (geografik nomlarni) o‘z ichiga olgan raqamli ma’lumotlar bazasi.

Xorazm_Kadastr_Axborot_Xizmati:

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Ko‘chmas mulk haqida tuzilgan bitimlar — fuqaro va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni o‘rnatishga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga (boshqa shaxsga o‘tkazish, ipotekaga qo‘yish, uzoq muddatli ijaraga olish, merosni qabul qilish va boshqalar) qaratilgan xatti-harakatlari.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube