XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.62K subscribers
7.35K photos
1.03K videos
9 files
4.7K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
🔹Ma'lumot o'rnida🔹

⚪️ Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun nima qilish kerak?

Kadastr pasporti yoʻqolganda yoki yaroqsiz holga kelganda, qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti 2 ish kuni mobaynida beriladi.

▫️Batafsil mazkur infografikada

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▪️Yangi turmush qurgan yoshlarga o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratiladi▪️

💸 “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun 33 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratish tartibi belgilangan.

◼️ Kredit quyidagi shartlar asosida ajratiladi:
- bozor stavkasida mijoz xohishiga ko‘ra 6 oy imtiyozli davr bilan;
- 20 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga;
- boshlang‘ich badali yakka tartibdagi xonadonda qo‘shimcha qurilayotgan uy-joy qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda.

◼️ Shuningdek, qarz oluvchi quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos bo‘lishi lozim, jumladan:
- kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
- “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning yangi turmush qurganlari (nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan bo‘lishi lozim);
- daromad manbalariga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligidan yohud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga ega bo‘lishi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Uy sotganimda soliqdan xat keldi▪️

➡️ Uy sotilganda soliq to'lanadimi?

➡️ Agar to'lansa qancha miqdorda va qay shaklda to'lanadi?

➡️ Meros yoki hadya bo'lib nomingizga o'tgan uyni sotish uchun ham soliq hisoblanadimi?

🌟 Kadastrga bo'ladigan murojaatlarni aksariyati ham shu mavzuda.

Davlat solq qo'mitasi tomonidan tayyorlangan mazkur video orqali savollaringizga batafsil javob topishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Respublikamizda bajarilgan qurilish ishlari▪️

📆 2023-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 80,5 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

🏗 Respublikada yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 23,7 % ni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 58,9 % hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 17,4 % ni tashkil etdi.

📊 Shu jumladan, 2023-yil 1-avgust holatiga, qurilish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning soni 52 057 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 108,8 % ni tashkil etdi. So‘nggi yillarning mos davrida ushbu sohada ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning dinamikasi quyidagicha:

▫️2019-yilda – 34 553 ta
▫️2020-yilda – 41 479 ta
▫️2021-yilda – 46 509 ta
▫️2022-yilda – 47 827 ta
▫️2023-yilda – 52 057 ta

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Bu muhim!▪️

▶️ Xabaringiz bor, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda kelib tushgan arizalar orasida respublika bo‘yicha to‘lovini kutayotgan murojaatlar juda ko‘pligi haqida ma’lum qilgan edik.

📃 Qonunchilikka ko'ra, belgilangan vaqt ichida haq to‘lanmasligi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etilishiga asos bo'lishini yana bir bor eslatib o'tamiz.

◼️ Shu munosabati bilan, fuqarolarimizdan ariza ijobiy xulosa olgan kundan boshlab 30 ish kuni ichida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to'lovlarini amalga oshirishlari so'raladi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xususiy sektorlar ishtirokida kadastr xizmatlari ko‘rsatiladi

🇺🇿 "Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni keng jalb etish doirasida kadastr sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasining qarori (VM-411, 22.08.2023y.) qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

🌟 Mazkur qaror mazmun-mohiyati haqida ushbu videorolik orqali batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Aholining uy-joy bilan taʼminlanish darajasi yuqori hudud

📊 2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida bir kishining oʻrtacha uy-joy bilan taʼminlanishi 18,5 kv.m ni tashkil etdi. Hududlar orasida eng yuqori koʻrsatkich Xorazm (24,1 kv.m) va Navoiy (24,0 kv.m) viloyatlarida qayd etildi.

🏢Respublika boʻyicha jami kvartira (uy)lar sonida yakka tartibdagi uy-joylarning ulushi esa 2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, kvartira (uy)lar soni 7 301,2 ming taga yetib, shundan 79,9 foizi (yoki 5 836,7 ming ta) yakka tartibdagi uy-joylar ulushiga toʻgʻri keldi.

📎Mavzuga doir qo'shimcha ma'lumotlar:

▫️ O‘zbekistonda 1 kilometr kvadrat maydonga qancha aholi to‘g‘ri keladi?
▫️ Yurtimizda 84,8 % uy xo‘jaliklari hovlida yashaydi
▫️ Respublikamizda qancha uy (kvartira) bor?
▫️ Respublikamizda bajarilgan qurilish ishlari
▫️ Qurilish ishlari hajmida hududlar ulushi
▫️ 6 oyda 68,1 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bir harakatda noturar obyektlarni kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkin!

📃 Buning uchun: Jismoniy yoki yuridik shaxs Davlat xizmatlari markazlariga yoki onlayn - my.gov.uz orqali murojaat qilishi lozim.

◼️Shu o'rinda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun BHMning 1 barobaridan 80,5 barobarigacha yig‘im undiriladi.

📆 Ariza 5-25 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi. Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti (qog‘oz yoki plastik shaklda) taqdim etiladi.

◼️Keyingi qadamda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) DXMga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.

◼️BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha bo'lgan miqdorda yig'im undirilgandan, so'ng real vaqt rejimida Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi ko‘chirmani yuklab olish mumkin bo'ladi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zbekistonda 47,8 ming ta ko‘p kvartirali uylar bor

📊Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda ko‘p kvartirali uylar soni 47 776 tani tashkil etgan.

◼️Hududlar bo‘yicha ko‘p kvartirali uylar soni:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1782 ta
▫️Andijon viloyati – 2011 ta
▫️Buxoro viloyati – 2385 ta
▫️Jizzax viloyati – 2726 ta
▫️Qashqadaryo viloyati – 2194 ta
▫️Navoiy viloyati – 1835 ta
▫️Namangan viloyati – 1754 ta
▫️Samarqand viloyati – 3300 ta
▫️Surxondaryo viloyati – 4045 ta
▫️Sirdaryo viloyati – 2362 ta
▫️Toshkent viloyati – 6147 ta
▫️Farg‘ona viloyati – 4149 ta
▫️Xorazm viloyati – 1828 ta
▫️Toshkent shahri – 11258 ta

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yosh tadbirkorlarga ijara uchun imtiyoz

🇺🇿 Qonunchilikka ko‘ra, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bino va inshootlarni ijaraga olgan yosh tadbirkorlarga bir yillik ijara xarajatlarining 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha (8 mln 250 ming so‘mgacha) bo‘lgan miqdori kompensatsiya qilinishi belgilangan.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM