XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.62K subscribers
7.34K photos
1.03K videos
9 files
4.7K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
😀😃😄😆😊

Huquqlarni e'tirof etish bosqichlari va to'lovlari

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:

▪️Toshkent shahrida — BHMning 5 baravari miqdorida;
▪️ Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — BHMning 3 baravari miqdorida;
▪️viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda — BHMning 2 baravari miqdorida;
▪️ boshqa aholi punktlarida — BHMning 1 baravari miqdorida.

😮 Bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagilar ozod etiladi:

🫥 bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar;
🫥 I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

🫥 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik to‘lov ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan to‘lovning 50 foizi miqdorida undiriladi.


▫️ Asos: 🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuni

#DavKadastrPalata #937_qonun

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlov jarayonlari OAV nigohida


🇺🇿 Xabaringiz bor, joriy yilning 8-noyabridan O‘zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonuni kuchga kirishi munosabati bilan tasdiqlangan reja-grafik asosida joylarda ko'chmas mulklarni texnik inventarizatsiyadan o'tkazish ishlari boshlandi.

◼️Poytaxtimizdagi mahallalarda olib borilayotgan xatlov jarayonlari haqida batafsil ma'lumotlar "O'zbekiston 24" telekanalining "Axborot 24" dasturida efirga uzatildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikamizda jismoniy shaxslar egaligidagi umumiy ko'chmas mulklar soni qancha?

🌟 Davlat kadastrlari palatasi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha 2024-yilning 10 oyi davomida jismoniy shaxslar egaligidagi jami obyektlar soni 8 090 645 tani tashkil etadi.

📊 Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p mulkdorlar doimgidek Samarqand viloyati hisobiga to'g'ri kelmoqda.

👆 Hududlar kesimidagi batafsil ma'lumotlar mazkur infografikada.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦

▶️ DIQQAT E’LON!

⭐️🌟 Kadastr agentligining “Ko‘chmas mulk-3” va “Ko‘chmas mulk-4” ma’lumotlar bazalarida profilaktika ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 2024-yil 15-16-noyabr kunlari tizimlarni ishlashida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishini ma'lum qilamiz.

◼️ Yuzaga kelishi mumkin bo'lgan noqulayliklar uchun yurtdoshlarimizdan uzr so'raymiz.

#DavKadastrPalata #profilaktika #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🟦🟦🟦

XATLOVDAN XABARLAR


📍Xorazm viloyati, Urganch shahri.

#DavKadastrPalata #OʼRQ_937 #xatlov2024 #xorazm_viloyati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Quyidagi
kadastr xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi:

🇺🇿Kadastr pasportini shakllantirish;

🇺🇿Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🇺🇿Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma olish;

🇺🇿Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish uchun ariza topshirish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;

🇺🇿Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish;

🇺🇿Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🇺🇿Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🇺🇿Kadastr obyektiga taʼqiq bor/yo‘qligini tekshirish;

🇺🇿O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish;

🇺🇿Davlat Reyestridagi har qanday ko‘chmas mulk obyektining kadastr qiymatini bilish.

#DavKadastrPalata #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yetim bolalarga ko‘rsatilgan kadastr xizmatlari uchun davlat boji undirilmaydi


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun davlat boji to‘lashdan ozod etilishi belgilangan.

Asos: 29.04.2022-yildagi PQ-230-son Qaror

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqlar e'tirof etilayotgani OAV nigohida


🇺🇿O'zbekiston Respublikasining “Ozboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida”gi Qonuni mazmuni, huquqlarni e'tirof etish asoslari, bir martalik to'lov miqdorlari va boshqa muhim jihatlar haqida Kadastr tizimi vakillari "O'zbekiston 24" telekanalining "Maxsus reportaj" dasturida batafsil ma'lumotlar berdilar.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O'RQ-937-sonli Qonunga ko'ra ijara huquqi e'tirof etilgan yer uchastkasini xususiylashtirish qanday amalga oshiriladi?

📃 Yer uchastkasiga bo‘'lgan ijara huquqi "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi Qonunga muvofiq e'tirof etilib, unga bo'lgan huquq belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilganidan keyin mazkur yer uchastkasi qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda va asoslarda xususiylashtirilishi mumkin.

◾️Asos: 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonun

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Nizolarni sudgacha hal qilish imkoni bor

🇺🇿 Hukumat qarori bilan, 2023 yilning 29-avgust kuni Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.

▶️Mulkingizni ro'yxatdan o'tkazishda muammolarga duch kelsangiz, uni qay tartibda hal etish haqida batafsil mazkur videorolik orqali ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM