XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.62K subscribers
7.42K photos
1.04K videos
9 files
4.75K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦

YURTDOSHLARIMIZGA TAVSIYALAR!

☯️ Xabaringiz bor 8-noyabrdan butun respublika boʻyicha reja jadval asosida xatlov ishlari olib borilmoqda. Davlat kadastrlari palatasi vakillari mazkur jarayonni katta shijoat bilan olib borar ekanlar, xonadon sohiblari boʻlmish sizlardan ham bu jarayonda oʻz xissangizni qoʻshishingizni soʻraymiz. Qanday qilib deysizmi? 👇

📹 Mazkur videoni tomosha qiling!👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xorazmda kadastrning yangi binosi foydalanishga topshirildi


🇺🇿 Bayram shukuhi hali tark etmay turib, Xorazm viloyatining Xonqa tumanida kadastrning yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish marosimida viloyat va tuman mutasaddilari hamda kadastr tashkiloti mas'ullari ishtirok etib, mazkur yangi bino xodimlarning sifatli kadastr xizmatlarini taqdim etishlarida ko'makdosh bo'lishi haqida ta'kidladilar.

🏢 Yangi bino zamonaviy loyihalar asosida qurilgan boʻlib, u qulay mebel jixozlari, zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlandi.

#DavKadastrPalata #yangi_bino

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦

Ariza berilishi talab etilmaydi


Ariza berilishi talab etilmaydigan, oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish boʻyicha tadbiq etilgan qonun haqida aniq va toʻliq maʼlumotlarga ega boʻlishni istasangiz muzkur videoni tomosha qiling! 👆

🌏 Qonuning toʻliq matni: https://lex.uz/docs/7049383

🌐 https://www.youtube.com/watch?v=gAActsA-T9I

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌳 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida

🌿 Muntazam xabar berib borayotganimizdek, Davlat kadastrlari palatasi tomonidan nafaqat ekologik muammolarga yechim topish, balki jamiyatni barqaror rivojlantirishga qaratilgan ushbu umummilliy loyiha doirasida bir qancha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

📊 Mazkur infografika orqali markaziy apparat hamda hududiy boshqarmalar tomonidan joriy yilning kuz mavsumida “Yashil makon” loyihasi asosida rejalashtirilgan va bajarilgan ishlar haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #yashil_makon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ijara huquqini eʼtirof etishda kimlar bir martalik to‘lovlardan ozod etiladi?


Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagi shaxslar ozod etiladi:

◼️bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar;

◼️ I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik to‘lov belgilangan to‘lovning 50 foizi miqdorida undiriladi.

🔍 Asos: 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonun

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPda diktantlar tanlovi


⚡️ Bugun, Davlat kadastrlari palatasida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash maqsadida xodimlar o'rtasida diktant yozish boyicha tanlov o'tkazildi.

📝 "Davlat tilida to‘g‘ri va chiroyli yozamiz!" shiori ostida o'tkazilgan mazkur tanlovda Markaziy apparat xodimlari faol ishtirok etib, o'z bilimlarini mustahkamladilar.

✍️ Tanlov natijalar haqida yana batafsil ma'lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #tanlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat xizmatlari markazlaridagi kadastr xizmatlari


Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish tartibi bilan tanishing 👆

🗓 Xizmat ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni

#DavKadastrPalata #davlat_xizmatlari_markazi #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📃 "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi lavozimlariga tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2024 yil 6-dekabrdagi 202-sonli buyrug‘i qabul qilindi.

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi lavozimlariga ishga qabul qilish chog‘ida tanlov o‘tkazish tartibini belgilaydi.

◼️Tanlov ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organdagi bo‘sh (vakant) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi lavozimi uchun munosib nomzodlarni tanlash maqsadida tashkil etiladi va o‘tkaziladi.

◼️Tanlovning o‘z vaqtida va sifatli tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisining buyrug‘i bilan doimiy faoliyat yuritadigan tanlov komissiyasi tashkil etiladi.

Tanlov quyidagi bosqichlardan iborat hisoblanadi:

- tanlovning o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon berish;
- nomzodning hujjatlarini qabul qilish va ularni o‘rganib chiqish;
- nomzodni test va suhbat sinovlaridan o‘tkazish;
- tanlov natijalarini e’lon qilish.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

😞😡😞😕- YIL SАRHISOBI

🕔 Roppa rosa bir yil avval oldimizga qoʼygan maqsad va istaklarimiz sarhisobi, natija va samaralar koʼrsatkichlari, faoliyatimiz bahosi – yil yakunida koʼz oldimizda koʼzgu boʼladi. Erishganlarimizni siz bilan sarhisob qilamiz va yangi rejalarni birgalikda tuzamiz.

🪬 Surxondaryo viloyati
🪬 Toshkent shahri
🪬 Qashqadaryo viloyati
🪬 Xorazm viloyati
🪬 Farg'ona viloyati
🪬 Toshkent viloyati
🪬 Jizzax viloyati
🪬 Qoraqalpog'iston Respublikasi
🪬 Samarqand viloyati
🪬 Buxoro viloyati
🪬 Andijon viloyati
🪬 Namangan viloyati
🪬 Navoiy viloyati

🎉 Yangi marralar, yangi gʼoya-fikrlar, yangi tashabbus va takliflar bilan erishilgan daraja – pogʼonadan yanada yuqorilash uchun yangi yil, bizga yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

#DavKadastrPalata #yilnoma #sarhisob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"BILISHINGIZ MUHIM" sarhisobi


🌟 Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati tomonidan ushbu loyiha fuqarolarimizning huquqiy bilimlarini yanada oshirish, ovoragarchiliklarni kamaytirish va sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklardan muntazam boxabar qilib borish maqsadida yo'lga qo'yilgan.

⚖️ Jamiyatda qonunlarga nisbatan hurmatni oshirish va ularni keng targ'ib qilish bilan aholining o'z huquqlarini chuqurroq tushunishi va himoya qilishida yordam berishga qaratilgan mazkur ruknda 2024-yil davomida mutaxassislarimiz tomonidan quyidagi savol va murojaatlarga batafsil ma'lumotlar asosida javob berib borildi:

🇺🇿 Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijarga berish tartibi

🇺🇿 Ko‘chma savdo do‘konlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

🇺🇿 Ko‘chmas mulk obyektlari qarzdorligini aniqlash

🇺🇿 Yerga yoki binoga egalik huquqini olish

🇺🇿 Kadastrda "qizil chiziq" qanday tartibda belgilanadi?

🇺🇿 Bino-inshootni xususiylashtirish tartibi

🇺🇿 937-sonli Qonun haqida muhim ma'lumotlar

🇺🇿 937-sonli Qonun ijrosi qanday bosqichlarda amalga oshiriladi?

🇺🇿 937-sonli Qonunga ko'ra huquqlarni e'tirof etishda davlat organlari nazorati

🇺🇿 937-sonli Qonunda qaysi muddatgacha qurilgan uylarga mulk huquqini e’tirof etish ko’zda tutilgan?

🇺🇿 Huquqni e’tirof etish uchun ijobiy xulosa berilgan taqdirda fuqarolar qanday xabar topadi?

🇺🇿 Necha sotixgacha bo‘lgan yerlarga mulk va ijara huquqi rasmiylashtirib beriladi?

🇺🇿 Binolar 2018-yilgacha qurilganligini aniqlash

🇺🇿 Sugʻoriladigan yerlar boʻyicha masalalar

🇺🇿 Bogʻdorchilik va uzumchilik yerlari boʻyicha masalalar

🇺🇿 Ijara huquqi eʼtirof etilgan yer uchastkasini xususiylashtirish tartibi

🇺🇿 Tuman-shahar hokimlarining qarorlari tasdiqlanmagan yerlarga huquqlarni e'tirof etish asoslari

🇺🇿 Kichik sanoat zonalarida joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish asoslari

🇺🇿 Ijara huquqi eʼtirof etilgan yer uchastkasining yer fondi toifasini oʻzgartirish

🇺🇿 Xatlov bo'yicha tavsiyalar 1, 2

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim #sarhisob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM