XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.62K subscribers
7.34K photos
1.03K videos
9 files
4.7K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#21ta_kadastr
Avtomobil yo’llari davlat kadastri (AYDK) - bu avtomobil yo`llari ob’ektlari, ularning jug`rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash to`g`risidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi. AYDK Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi hamda avtomobil yo`llari ob’ektlarini hisobga olish va ularning holatini baholash maqsadida yuritiladi. Mavjud bo`lgan va qurilayotgan avtomobil yo`llari, maxsus inshootlar hamda O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan avtomobil yo`llarining boshqa obyektlari AYDK obyektlari hisoblanadi.

Avtomobil yo’llari davlat kadastri Avtomobil yo’llari davlat qo‘mitasi tomonidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)

Jami obyektlar soni: 184 039 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 42 695 tani tashkil etadi
Forwarded from Kadastr - Live
#21ta_kadastr
Neft, gaz va gaz kondensatini yetkazib berishga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi mavjud va qurilayotgan yetkazib berish quvurlari va ularga xizmat ko‘rsatish obyektlari: belgilangan armaturali va yer usti inshootlari bilan birgalikda yetkazib berish quvurlarining liniyali qismi, kompressor va nasos stansiyalari, elektrokimyoviy himoya vositalari, gaz taqsimlash stansiyalari va neft, gaz va gaz kondensati transporti korxonalari balansida bo‘lgan, katta uzunlikdagi, yuqori bosimli, ularning yuqori xavfliligi munosabati bilan qo‘riqlash zonasiga ega bo‘lgan boshqa ko‘chmas mulk Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri obyektlari hisoblanadi.

Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri “O’zbekneftegaz” AJ, “O’ztransgaz” AJ tomonidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)

Jami obyektlar soni: 16 877 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 4 501 tani tashkil etadi
Forwarded from Kadastr - Live
#21ta_kadastr
O‘zbekiston Respublikasining «Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq belgilangan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan texnogen hodisalar (yong‘inlar, portlashlar, xavfli zararli moddalarni tashqariga chiqarish, binolar, inshootlar, texnik qurilmalar va shu kabilar) zonalari hamda:
-radioaktiv moddalar va materiallar ishlab chiqariladigan, ulardan foydalaniladigan, ular qayta ishlanadigan, hosil bo‘ladigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo‘q qilib tashlanadigan obyektlar;
-barcha turdagi sanoat elektr qurilmalari qo‘llanadigan obyektlar;
-gidrotexnika inshootlaridan, shu jumladan yirik korxonalar chiqindixonalari va tindirgichlaridan foydalaniladigan obyektlar;
-ionli nurlanishlar manbalaridan foydalaniladigan obyektlar;
-favqulodda vaziyatlarga (suv, gaz, issiqlik va elektr energiyasi ta'minotining to‘xtab qolishiga, uy-joy massivlarini suv bosishiga, kanalizatsiya va suvni tozalash tizimlarining ishdan chiqishiga) olib keluvchi buzilishlar (zararlanishlar) sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan obyektlar Texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar Davlat kadastri obyektlari hisoblanadi.

Texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar Davlat kadastri Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Yadro fizika instituti, Favqullotda vaziyatlar vazirliklari tomonidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)

Jami obyektlar soni: 10 875 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 1 291 tani tashkil etadi.
Forwarded from Kadastr - Live
#21ta_kadastr
Kartografiya-geodeziya davlat kadastri - bu Kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlari to`g`risidagi, O`zbekiston Respublikasi hududi to`g`risidagi kartografiya-geodeziya ma’lumotlari, bajariladigan geodeziya, topografiya va kartografiya ishlari to`g`risidagi, shu jumladan ularning miqdor va sifat tavsiflari to`g`risidagi yangilab boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir.

Kartografiya-geodeziya davlat kadastri O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi tomonidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)

Jami obyektlar soni: 115 616 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 103 811 tani tashkil etadi.
Forwarded from Kadastr - Live
#21ta_kadastr
Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri — hayvonot dunyosi obyektlari va ulardan foydalanish hajmlarini davlat tomonidan hisobga olish ma’lumotlariga asoslangan, ularning geografik tarqalishi, turlari tarkibi, soni, boshqa son va sifat tavsiflari, yashash muhiti, ulardan xo‘jalikda foydalanish va iqtisodiy baholash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan muntazam yangilanadigan axborot tizimi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida tabiiy erkin sharoitda yashaydigan va davlat tomonidan hisobga olinadigan yovvoyi hayvonlar Hayvonot dunyosining davlat kadastri obyektlaridir.

Hayvonot dunyosining davlat kadastri Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)

Jami obyektlar soni: 250 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 250 tani tashkil etadi.
Forwarded from Kadastr - Live
#21ta_kadastr
Temir yo’llari davlat kadastri (TYDK) - bu temir yo`llar obyektlari, ularning jug`rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash to`g`risidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi.
TYDK DKYTning tarkibiy qismi hisoblanadi hamda temir yo`llar obyektlarini hisobga olish va ularning holatini baholash maqsadida yuritiladi.
Mavjud bo`lgan va qurilayotgan temir yo`llar, stansiyalar hamda O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yo`llarning boshqa obyektlari TYDK obyektlari hisoblanadi.

Temir yo’llari davlat kadastri "O`zbekiston temir yo`llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)

Jami obyektlar soni: 5 243 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 5 149 tani tashkil etadi.
Forwarded from Kadastr - Live
#21ta_kadastr
Energetika obyektlari davlat kadastri (EODK) - bu еnergetika obyektlari, ularning jug`rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to`g`risidagi yangilab boriladigan ishonchli ma’lumotlar tizimidir.
Faoliyat ko`rsatayotgan va qurilayotgan gidravlik hamda issiqlik еlektr stansiyalari, o`z ichiga yordamchi stansiyalarni oladigan еlektr tarmoqlari, "O`zbekеnergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida jamlangan havo va kabel liniyalari hamda O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, texnologik jarayonning yaxlitligi vositasida еnergiya tizimi bilan bog`langan boshqa еnergiya obyektlari EODK obyektlari hisoblanadi.

Energetika obyektlari davlat kadastri “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)

Jami obyektlar soni: 4 192 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 4 192 tani tashkil etadi.
Forwarded from Kadastr - Live
#21ta_kadastr
Binolar va inshootlar davlat kadastri binolar va inshootlardan samarali foydalanishni va ularni muhofaza qilishni, mulk egalarining va bu obyektlardan boshqa foydalanuvchilarning huquqlarini, shuningdek binolar va inshootlarga egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash uchun yuritiladi.

Binolar va inshootlar davlat kadastri Davyergeodezkadastr qo’mitasi tomonidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)

Jami obyektlar soni: 7 735 261 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 6 492 352 tani tashkil etadi.
Forwarded from Kadastr - Live
#21ta_kadastr
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri bu hududlarning toifalari va turlari, ularning jug‘rofiy holati, miqdor va sifat xususiyatlari, ekologik, iqtisodiy, ilmiy, ma'rifiy va boshqa jihatdan ahamiyati to‘g‘risidagi, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar haqidagi, shuningdek yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari haqidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tominidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)

Jami obyektlar soni: 430 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 395 tani tashkil etadi.
Forwarded from МЕНИНГ УЙИМ
#21ta_kadastr

Давлат ер кадастри Давлат кадастрлари ягона тизимининг асосий таркибий қисми ҳисобланиб, у ерларнинг табиий, хўжалик, ҳуқуқий режими, тоифалари, сифат хусусиятлари ва қиммати, ер участкаларининг ўрни ва ўлчамлари, уларнинг ер эгалари, ердан фойдаланувчилар, ижарачилар ва мулкдорлар ўртасидаги тақсимоти тўғрисидаги маълумотлар ҳамда ҳужжатлар тизимидан иборатдир.

Давлат ер кадастри (фақат аҳоли яшаш жойлари) Давергеодезкадастр қўмитаси томонидан юритилади.
(2019 йил ҳолатига)
Жами обектлар сони: 7 435 261 та
Шундан Давлат кадастрлари ягона тизимига (ДКЙТ) киритилганлас сони: 6 492 352 та
Умумий шакллантирилганлиги: 87%

Давлат ер кадастри ер участкаларига бўлган ҳуқуқларнинг давлат рўйхатидан ўтказилишини, ерларнинг миқдори ва сифатининг ҳисобга олинишини, тупроқ бонитировкасини, ерларнинг қиймат баҳосини, шунингдек ер кадастрига доир ахборотлар бир тизимга солиниши, сақланиши ва янгилаб турилишини ўз ичига олади.

Саҳифаларимиз: 👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram