Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
14.1K photos
1.28K videos
84 files
5.74K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
Baxtimiz qomusining 30 yilligi nishonlandi

🟢 Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

🔹 Tadbirda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Farrux Axmedjanov baxtimiz qomusi, asosiy qonunimiz – Konstitutsiyaning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar, ushbu jarayonda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining faol ishtiroki xususida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

🔹 Bayram tadbirida viloyat davlat soliq xizmati organlaridagi samarali va fidokorona mehnati, huquqiy madaniyatni yuksaltirishdagi xizmatlari uchun bir guruh xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 8-noyabrdagi farmoniga binoan taʼsis etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

🔹 Shuningdek, boshqarma, shahar va tuman davlat soliq inspeksiyalarining bir guruh xodimlari faxriy yorliq bilan mukofotlandi.

🖊 Samarqand viloyati davlat soliq
boshqarmasi matbuot xizmati
#8_dekabr #konstitutsiya_30

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi muborak boʻlsin!

Aziz hamyurtlar, Siz, azizlarni, koʻpmillatli xalqimizni qutlugʻ ayyom – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi bilan Davlat soliq xizmati organlari jamoasi va oʻz nomimdan tabriklayman.

Bosh Qomusimiz
erishgan va erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori boʻlib kelayotganini hammamiz yaxshi anglaymiz va yuksak qadrlaymiz.

Shu boisdan ham bu bayram qalblarimizga quvonch va shukuh bagʻishlab, oilalarimizda, mehnat jamoalari, taʼlim maskanlari, mahallalarda shodu xurramlik bilan nishonlanmoqda.

Mana shunday ulugʻ bayram bilan Siz azizlarga yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etish baxtiga muyassar boʻlganimdan bagʻoyat xursandman.

Taʼkidlash lozimki, Yurtboshimiz tashabbuslari bilan Yangi Oʻzbekiston poydevoriga tamal toshi qoʻyilishida ham aynan Konstitutsiyamizda muhrlab qoʻyilgan huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish gʻoyasi muhim ahamiyatga ega.

Oʻtgan qisqa davrda erkinlik va ochiqlik, qonun ustuvorligi, inson manfaatlari, jahon hamjamiyati bilan oʻzaro hamkorlikni kengaytirish davlatimiz siyosatining asosiy yoʻnalishiga aylandi.

Darhaqiqat, bugun Oʻzbekistonda ijtimoiy adolat va insonparvarlik tamoyillarini taʼminlashga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda.

Eng muhimi, bunday oʻzgarishlar natijalarini har bir inson kundalik hayotida koʻrmoqda, his etmoqda.

Hurmatli yurtimiz ahli, aziz vatandoshlar Konstitutsiya kuni bilan barchangizni yana bir bor chin dildan tabriklab, Sizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman. 

Sherzod Kudbiyev,
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 9-dekabr

dekabr oyi uchun:

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism);

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeks 460-modda 5-qism).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️9 декабря 2022 года последний день

за декабрь:

- уплаты налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения в размере 1/12 части годовой суммы налога;
(часть первая статьи 432 Налогового кодекса);

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции предприятиями розничной торговли и общепита;
(часть пятая статьи 460 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#raqamlashtirish #murojaatlar

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga Samarqand viloyatidan
6 030 ta (9,2 foiz) murojaat kelib tushgan.

☎️ Joriy yilning 1-dekabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Call-markaziga Samarqand viloyatidan 31 817 ta murojaat kelib tushgan.

Тelegram | Facebook | Youtube
SAVOL: Mansabdor shaxslarning soliq toʻlovchining hududiga kirishi tartibi qanday?

🖊 Aslom Berdimurodov

JAVOB: Soliq kodeksining 144-moddasiga asosan bevosita soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi soliq organlari mansabdor shaxslarining tekshirilayotgan shaxsning hududiga yoki binosiga kirishi ushbu mansabdor shaxslar tomonidan xizmat guvohnomalari va soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) ushbu shaxsning soliq tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi (qarori) taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.

👉 Soliq organlarining bevosita soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi mansabdor shaxslari koʻrsatilgan obyektlar toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlarning tekshirilayotgan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asoslangan maʼlumotlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida tekshirilayotgan shaxsning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan hududlarini yoki binosini yoxud soliq solish obyektlarini koʻzdan kechirishni oʻtkazishi mumkin.

👉 Soliq organlarining soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi mansabdor shaxslariga mazkur hududlarga yoki binolarga (bundan turar-joy binolari mustasno) kirishiga toʻsqinlik qilingan taqdirda soliq organining mansabdor shaxsi oʻzi va tekshirilayotgan shaxs tomonidan imzolanadigan dalolatnomani tuzadi. Bunday dalolatnoma asosida soliq organi tekshirilayotgan shaxs toʻgʻrisida oʻzida mavjud boʻlgan maʼlumotlar yoki xuddi shunday soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasini mustaqil tarzda aniqlashga haqli. Tekshirilayotgan shaxs koʻrsatilgan dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda mazkur dalolatnomaga tegishli qayd kiritiladi.

❗️ Soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi soliq organlari mansabdor shaxslarining turar-joy binolariga ularda yashovchi jismoniy shaxslarning xoxishiga qaramay yoki xoxishiga qarshi qonunda yoki sudning qarori asosida belgilangan hollardan boshqacha tarzda kirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

📢 Savolga Samarqand viloyati DSB davlat soliq bosh inspektori Umid Alimov javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
Noyabrda “taksichi”lar yetakchi bo‘ldi

Samarqand tumani davlat soliq inspeksiyasiga noyabr oyi uchun budjet daromadlariga 12 014,0 mln. so‘mlik reja belgilangan. Amalda esa 12 946,4 mln. so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 107,9 foizga bajarildi.

➡️ Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#madhiya

1992-yil 10-dekabr — O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

Bugun, milliy o‘zligimiz, xalqimizning asriy orzulari, buguni va kelajagi aks etgan davlatimiz madhiyasi qabul qilinganiga 30 yil to'ldi.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash har birimizning vatanparvarlik burchimizdir.

Davlat soliq qo‘mitasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan muborakbod etadi❗️

Vatanimiz hurligi, kuch-qudrati va buyuk kelajagimizni madh etuvchi bu ohang toabad baralla yangrasin!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Ishtixonda 949 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qildi

👉 Ishtixon tumani davlat soliq inspeksiyasiga noyabr oyi uchun budjet daromadlariga 7 745,0 mln. so‘mlik prognoz ko‘rsatkichi belgilangan. Amalda esa 8 368,2 mln. so‘mlik tushum taʼminlandi va prognoz ko‘rsatkichi 108 foizga (632,2 mln. so‘m ortig‘i bilan) bajarildi.

👉 Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube