✅ Stol tennisi ustalari bellashdi
🏓 Samarqand shahri, Sartepa maskanida joylashgan 55-umumtaʼlim maktabida stol tennisi bo‘yicha “Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
➡️ Bellashuvlarda viloyatimizning tuman va shaharlaridan iqtidorli stol tennisi ustalari ishtirok etdi. Shaxsiy bahslarda erkaklar o‘rtasida Samarqand shahri vakili Shohruh Iskandarov g‘olib bo‘ldi. Jomboylik Jasmina Abduolimova esa ayollar ishtirokidagi bellashuvlarda shohsupaning birinchi o‘rnidan joy oldi.
➡️ Aralash juftliklar o‘rtasida ham bellashuvlarning qizg‘in va murosasiz o‘tganini taʼkidlash joiz. Ushbu yo‘nalishda ishtixonlik Umar Bobomurodov va Guliraʼno Bobomurodovalarga teng keladiganlar topilmadi.
➡️ Orzimurod Abdumalikov (Urgut tumani) va Suhrob Sulaymonov (Jomboy tumani) tandemi erkaklar o‘rtasidagi juftlik musobaqalarida barcha raqiblaridan ustun kelib, g‘oliblik nashidasini surdi. Ayollar o‘rtasidagi bahslarda samarqandlik Muiza Pardaboyeva va oqdaryolik Noila Nishonovalar oltin medallarni qo‘lga kiritdi.
🏆 🥇🥈🥉 Turnir g‘olib va sovrindorlari diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
🖊 Samarqand viloyati davlat soliq
boshqarmasi matbuot xizmati
Тelegram | Facebook | Youtube

#raqamlashtirish #soliq_tushumlari
2022-yilning o‘tgan 11 oyida Samarqand viloyatida budjetga 3,8 trln. so‘m undirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 959 mlrd. so‘mga yoki 134%ga o‘sishga erishildi.
👉2022-yil I yarim yillikda hududlar kesimida soliq tushumlari
Тelegram | Facebook | Youtube
2022-yilning o‘tgan 11 oyida Samarqand viloyatida budjetga 3,8 trln. so‘m undirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 959 mlrd. so‘mga yoki 134%ga o‘sishga erishildi.
👉2022-yil I yarim yillikda hududlar kesimida soliq tushumlari
Тelegram | Facebook | Youtube
🟢 Korrupsiyaga qarshi kurashish – dolzarb vazifa
☑️ Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasida 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan shaxsiy tarkib uchun profilaktik tadbir o‘tkazildi.
➡️ Tadbirda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Farrux Ahmedjanov davlat soliq xizmati organlari xodimlari sharafli kasbga munosib bo‘lishi, o‘z vazifasini vijdonan ado etishi, har qanday holatda nafs balosiga uchmasligi lozimligini alohida taʼkidlab o‘tdi. Shuningdek, davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan jinoiy xatti-harakatlar va salbiy holatlar bo‘yicha misollar keltirildi.
➡️ Yig‘ilishda Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i G‘ayrat Matsapayev korrupsion holatlarga olib keluvchi sabablar, jinoyatga jazo muqarrar ekani, har bir xodim doimo ogoh va sergak bo‘lishi, xodimlarni rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida to‘xtalib o‘tdi.
➡️ Profilaktik suhbatda Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi davlat soliq bosh inspektori Jasur Sulaymonov huquqni muhofaza qilish idoralarining taqdimnomalarini ishtirokchilarga o‘qib eshittirdi.
➡️ Tadbirda barcha shahar va tuman davlat soliq inspeksiyalari xodimlari radioaloqa orqali ishtirok etdi.

❓ SAVOL: Yigʻimlarni toʻlash tartibi qanday?
🖊 Rufat Iskandarov
✅ JAVOB: Yigʻimlarni toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 460-moddasida belgilangan. Xususan, chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘im chet davlatning avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirayotganda undiriladi.
🔹 Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi to‘g‘risida xabarnoma yuborilgan paytdan e’tiboran to‘lanadi. Bunda xabarnoma joriy oyning yigirmanchi sanasiga qadar yuborilganda yig‘im ushbu oy uchun to‘liq hajmda, xabarnoma joriy oyning yigirmanchi sanasidan keyin yuborilganda esa keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab hisoblab chiqariladi.
🔹 Agar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilish bir nechta statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlari orqali amalga oshirilsa, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar belgilangan stavkalar doirasida statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlarining soniga, shuningdek ularning har biri joylashgan hudud o‘lchamlariga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi hamda undiriladi.
🔹 Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish faoliyati to‘xtatib turilganda yoki tugatilganda yig‘imni hisoblab chiqarish keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab to‘xtatib turiladi.
🔹 Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im har oyda oldindan to‘lov tarzida, joriy oyning o‘ninchi sanasiga qadar to‘lanadi.
❗️ Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun undiriladigan yig‘imlar qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
📢 Savolga Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Umid Alimov javob berdi.

#raqamlashtirish #yuridik_shaxs
Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida Samarqand viloyatida yuridik shaxslar soni o‘sishi 6,4 foizni tashkil etdi.
Xususan, 2022-yilning 1-yanvarida yuridik shaxslar soni 51 117 tani tashkil qilgan bo‘lsa, 1-dekabr holatiga bu ko‘rsatkich 54 395 taga yetdi.

Soliqlar – budjetning bosh qon tomiri
Budjet tushumlarining asosiy qismi, taʼbir joiz bo‘lsa bosh qon tomirini soliqlar tashkil etadi. Soliqlar davlat va jamiyat taraqqiyotining muhim mexanizmi, farovon turmushimizning asosidir. Shu bois soliqlarni o‘z vaqtida undirish, belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasiga noyabr oyi uchun budjet daromadlariga 312,8 mlrd. so‘mlik reja belgilangan. Haqiqatda esa 392,0 mlrd. so‘mlik tushum taʼminlandi va prognoz ko‘rsatkichi 125 foizga (79,2 mlrd. so‘m ortig‘i bilan) bajarildi.
Masalan, noyabr oyida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha belgilangan 67.7 mlrd. so‘mlik reja haqiqatda 108.3 mlrd. so‘m (160,0 foiz)ga, aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha 14.5 mlrd. so‘mlik reja 15.0 mlrd. so‘m (103.8 foiz)ga bajarilganini taʼkidlash joiz.
Tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga yaqindan yordam berish davlat soliq xizmati organlarining asosiy maqsadidir. Taʼkidlash joizki, boshqarma tomonidan ushbu yo‘nalishda ham izchil ishlar amalga oshirilayotir. Tahlillarga nazar solsak, joriy yilning o‘tgan davrida 6692 ta tadbirkorlik subyektiga dastlabki buxgalteriyani yuritish, 2635 tasiga 34903 mln. so‘mlik boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lovini qaytarish, 16 tasiga 2078,1 mln. so‘mlik soliq qarzini to‘lash muddatini uzaytirish, 9899 tasiga E-aktiv, E-ijara, E-imtiyoz avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘mak berildi.
Aholi bandligini taʼminlash, jumladan, jismoniy shaxslarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida ham izchil chora-tadbirlar hayotga tatbiq qilinayotir. Birgina o‘zini o‘zi band qilgan holda tadbirkorlik faoliyatini yuritish borasida imkoniyatlar eshigi tobora keng ochilmoqda. Viloyat bo‘yicha joriy yil 30 noyabr holatiga 155 071 nafar jismoniy shaxs o‘zini o‘zi band qilganini qayd etish lozim. Sohalar kesimida olib qarasak, maishiy xizmatlar yo‘nalishi yetakchilik qildi. Jumladan, ushbu yo‘nalishda 50821 kishi o‘zini o‘zi band qilib, faoliyat yuritishni boshladi.
Telegram messenjeridagi Soliqchi-ko‘makchi Samarqand DSB, SoliqMaslahatchilari guruhlari orqali soliq to‘lovchilarning murojaatlari va savollariga malakali mutaxassislar tomonidan tezkorlik bilan javob qaytarilmoqda. Masalan, noyabr oyida SoliqMaslahatchilari guruhida 300 ga yaqin savollarga atroflicha javob berildi.
Muxtasar aytganda, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yana-da oshirish, tadbirkorlik subyektlarining eng yaqin ko‘makchisiga aylanish, pirovardida, iqtisodiy yuksalishga munosib hissa qo‘shish faoliyatimizning bosh mezonidir.
Farrux Axmedjanov,
Samarqand viloyati davlat soliq
boshqarmasi boshlig‘ining
birinchi o‘rinbosari

#raqamlashtirish #YTT
📈 Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 28 798 tani tashkil etdi.
❗️ Taʼkidlash joizki, Samarqand viloyati ushbu koʻrsatkich boʻyicha respublikada yetakchilik qilmoqda.

#raqamlashtirish #ozini_ozi_band_qilish
📈 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Samarqand viloyatida 236 ming 400 kishi oʻzini-oʻzi band qildi.
✅ Qayd etish joizki, Samarqand viloyati oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar soni boʻyicha respublikada yetakchilik qilayotir.
Тelegram | Facebook | Youtube
📈 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Samarqand viloyatida 236 ming 400 kishi oʻzini-oʻzi band qildi.
✅ Qayd etish joizki, Samarqand viloyati oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar soni boʻyicha respublikada yetakchilik qilayotir.
Тelegram | Facebook | Youtube
❓ SAVOL: Chorva mollarni soʻyish xizmati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar qanday soliq imtiyozlariga ega?
🖊 Nurbek Abdullayev
✅ JAVOB: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasida ushbu faoliyat turi bilan shugʻullanuvchilarga soliq imtiyozi nazarda tutilgan. Chunonchi, chorva mollarni soʻyish boʻyicha zamonaviy avtomatlashtirilgan komplekslarga ega boʻlgan, shuningdek, terini qayta ishlovchi va charmdan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi soliq toʻlovchilar yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlashdan 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda ozod etiladi.
📢 Savolga Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Umid Alimov javob berdi.
Тelegram | Facebook | Youtube
🖊 Nurbek Abdullayev
✅ JAVOB: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasida ushbu faoliyat turi bilan shugʻullanuvchilarga soliq imtiyozi nazarda tutilgan. Chunonchi, chorva mollarni soʻyish boʻyicha zamonaviy avtomatlashtirilgan komplekslarga ega boʻlgan, shuningdek, terini qayta ishlovchi va charmdan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi soliq toʻlovchilar yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlashdan 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda ozod etiladi.
📢 Savolga Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Umid Alimov javob berdi.
Тelegram | Facebook | Youtube
🟢 Bulungʻurda prognoz koʻrsatkichi necha foizga bajarildi?
✅ Bulung‘ur tumani davlat soliq inspeksiyasiga noyabr uchun budjet daromadlariga 8 003.0 mlrd. so‘mlik reja belgilangan bo‘lib, haqiqatda 8 213.2 mlrd. so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 103 foizga (211.2 mln. so‘m ortig‘i bilan) bajarildi.
👉 Batafsil