#8_dekabr #konstitutsiya_30
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi muborak boʻlsin!
Aziz hamyurtlar, Siz, azizlarni, koʻpmillatli xalqimizni qutlugʻ ayyom – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi bilan Davlat soliq xizmati organlari jamoasi va oʻz nomimdan tabriklayman.
Bosh Qomusimiz erishgan va erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori boʻlib kelayotganini hammamiz yaxshi anglaymiz va yuksak qadrlaymiz.
Shu boisdan ham bu bayram qalblarimizga quvonch va shukuh bagʻishlab, oilalarimizda, mehnat jamoalari, taʼlim maskanlari, mahallalarda shodu xurramlik bilan nishonlanmoqda.
Mana shunday ulugʻ bayram bilan Siz azizlarga yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etish baxtiga muyassar boʻlganimdan bagʻoyat xursandman.
Taʼkidlash lozimki, Yurtboshimiz tashabbuslari bilan Yangi Oʻzbekiston poydevoriga tamal toshi qoʻyilishida ham aynan Konstitutsiyamizda muhrlab qoʻyilgan huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish gʻoyasi muhim ahamiyatga ega.
Oʻtgan qisqa davrda erkinlik va ochiqlik, qonun ustuvorligi, inson manfaatlari, jahon hamjamiyati bilan oʻzaro hamkorlikni kengaytirish davlatimiz siyosatining asosiy yoʻnalishiga aylandi.
Darhaqiqat, bugun Oʻzbekistonda ijtimoiy adolat va insonparvarlik tamoyillarini taʼminlashga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Eng muhimi, bunday oʻzgarishlar natijalarini har bir inson kundalik hayotida koʻrmoqda, his etmoqda.
Hurmatli yurtimiz ahli, aziz vatandoshlar Konstitutsiya kuni bilan barchangizni yana bir bor chin dildan tabriklab, Sizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman.
Sherzod Kudbiyev,
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#8_dekabr #konstitutsiya
Soliqlar mamlakatni har tomonlama ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiy etishi uchun sarflanadi. Yaʼni xalq farovonligi, fuqarolar turmush darajasining oshishi uchun ishlatiladi.
Shu sababli har bir fuqaro oʻzi yashab turgan davlatda qonun bilan belgilab qoʻyilgan soliqlarni toʻlashi shart. Bu uning davlat oldidagi fuqarolik burchi, mamlakat rivoji uchun qoʻshgan hissasidir.
Konstitutsiyamizning 63-moddasida ham “Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yigʻimlarni toʻlashi shart.
Soliq va yigʻimlar adolatli boʻlishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga toʻsqinlik qilmasligi kerak”, - deya belgilab qoʻyilgan
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads