Ta'lim nazorati
104K subscribers
4.07K photos
953 videos
451 files
6.05K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
#kun_tarixi

🗓 28–MART - BUTUNJAHON TARIXCHILAR KUNI

Ushbu sana munosabati bilan tarixchi ustozlar, tadqiqotchilar va shu sohadagi barchani samimiy qutlaymiz!

Faoliyatingizda omad va zafarlar yor bo‘lsin!

📷 Suratda o‘quvchilarni qiziqtirish uchun darsni ritsar zirhida olib borgan, o‘z kasbini sevuvchi tarix fani o‘qituvchisi (internetdan olindi).

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

🗓 12-aprel Xalqaro kosmonavtlar kuni

Insoniyat tarixida ilk bor 1961-yil 12-aprelda Yuriy Gagarin kosmosga parvoz qilgan.

🚀 1962-yildan boshlab bu sana kosmonavtlar kuni sifatida keng nishonlanadigan bo‘lgan.

Ammo bu taklifni Gagarin emas, uning dublyori, ikkinchi kosmonavt German Titov bergan.

➡️ Yuriy Gagarin kosmosga qadami yetgan birinchi odam bo‘lib tarixda qolgan bo‘lsa, Valentina Tereshkova tarixdagi birinchi ayol kosmanavt sifatida qolgan.

U – dunyoning birinchi ayol fazogiri, dunyoning birinchi kosmonavtlar juftligi hamda Sovet armiyasining birinchi ayol generali bo‘lgan.

▶️ Bundan tashqari, fazoni o‘zlashtirish borasida yana bir o‘ta muhim loyiha bo‘lgan AQShning Space Shuttle shatllar parvozi loyihasi ham aynan 12-aprel sanasidan boshlangan.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#kun_tarixi

🍀 Bugun, 15-aprel "Ekologik bilimlar kuni"

Har yili 15-aprel dunyoning koʻplab mamlakatlarida "Ekologik bilimlar kuni" sifatida nishonlanadi. Aynan shu kuni 1992-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtgan atrof muhit muammolari muhokamasiga bagʻishlangan konferensiyasida dunyoning barcha mamlakatlarida insoniyatning hayot tarzi va barqaror rivojlanishi strategiyasini amalga oshirishda ekologik taʼlimning ulkan ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlangan edi.

🌎 Bugungi bayramning asosiy maqsadi ekologik bilimlarni targʼib qilish va aholining ekologik madaniyatini shakllantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ishlar holati va atrof-muhit holati toʼgʼrisida jamoatchilikni xabardor qilish, shuningdek, ekologik fikrlaydigan fuqaroni oʼqitish va tarbiyalashdan iborat.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#kun_tarixi

Bugun Boychechaklar kuni va Xalqaro yaproqlardagi moʻjiza bayrami kuni

🗓 19-aprel sanasi bilan bogʻliq bayramlar va muhim hodisalar:

Har yili 19-aprel kunida koʻplab mamlakatlarda Boychechaklar kuni (The Day of Snowdrop) nishonlanadi. Ushbu bayram 1984-yildan boshlab Angliyadan nishonlana boshlangan.

BMT Bosh assambleyasi tomonidan 1988-yil 19-aprel Xalqaro Yaproqlardagi moʻjiza bayrami kuni deya eʼlon qilgan, tabiatshunos olimlar ushbu bayramni keng nishonlaydilar.

1996-yil 19-aprel kuni — Oʻzbekiston Yoshlarining “Kamolot” jamgʻarmasi taʼsis etilgan.

1918-yil Oʻzbekiston Sanʼat muzeyi tashkil etilgan.

Prezidentning 1995-yil 19-aprel farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi) tashkil etilgan

Shoir va tarjimon Shuhrat (Gʻulom Alimov) 1918-yilning 19-aprelda tavallud topgan.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi

🗓 15-may jahon miqyosida Xalqaro oila kuni (International Day of Families) hisoblanadi.

➡️ Ushbu bayram BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yil 20-sentyabrdagi Xalqaro oila yili toʻgʻrisidagi rezolyutsiyaga muvofiq 1994-yil 15-maydan buyon muntazam nishonlanib kelinadi.

❗️Prezidentning 2018-yil 27-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, 15-may har yili Xalqaro oila kuni sifatida respublika boʻylab keng nishonlanishi belgilangan.

Xalqaro oila kunini oʻtkazishdan maqsad jahon hamjamiyati diqqatini oilaviy qadriyatlarga va oila instituti bilan bogʻliq muammolarga qaratishdir.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM