Ta'lim nazorati
138K subscribers
4.17K photos
1.01K videos
493 files
6.39K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash yo‘riqnomasi

25-iyuldan oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bosqichi boshlandi.

Yuqoridagi video orqali Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

👇Kvotalar taqsimoti esa bu yerda:

BAKALAVR:

KUNDUZGI — 148 400 nafar;
KECHKI — 28 ming 732 nafar;
MASOFAVIY — 18 ming 195 nafar.

MAGISTRATURA:

KUNDUZGI — 20 ming 210 nafar;
KECHKI — 1 ming 319 nafar;
MASOFAVIY — 420 nafar.

MAQSADLI QABUL:

Sog‘liqni saqlash (1 173);
Maktab ta’limi (626);
San’at sohasi (4).

IMTIYOZLI KVOTALAR:

5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun (2 500 ta);
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (3 907 ta).

QOʻSHIMCHA KVOTALAR:

Mehribonlik uyi va bolalar shaharchalarining bitiruvchilari uchun (1 953 ta);
Qurolli Kuchlar 5 foizli (9 766 ta)


@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 DTM BALINGIZ BILAN IMTIHONSIZ TALABA BO'LING!

🔵Nufuzli universitetning 8 ta fakulteti hamda 50 dan ortiq yo‘nalishida professorlardan sifatli ta’lim oling!
_________________

— Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
Magistratura mutaxassisliklari

Rasmiy qabul platformasi: qabul.afu.uz
Qabul boti: @AfuQabulBot

☎️ +99878 122 75 57
🌐 @Alfraganus_callcenter

📌 Lokatsiya

😁 AFU | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyent grantni tanlasa, kontraktda o‘qiy olmaydimi?

◼️ Tanlov ustvorligini tanlash —
abituriyentlar uchun yaratilgan eng qulay imkoniyatlardan biri. Bunda abituriyent bilimiga qarab avval grantda o‘qish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.

Qanday qilib tanlash mumkin?

Abituriyent OTMga hujjat topshirayotganda 2 xil usuldan birini tanlashi mumkin:

1️⃣ “Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

2️⃣ “Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

📌
Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik asosida amalga oshiriladi.

Qisqa aytganda, abituriyent 1-usulda eng avval faqat grantga balli yetadigan joylarni, 2-usulda esa ham grant, ham kontraktga balli yetadigan joylarni tanlagan holda talaba bo‘lishi mumkin.

Masalan, abituriyent grant ustuvorligini tanlagan: u Toshkent tibbiyot akademiyasiga kontrakt, Samarqand tibbiyot institutiga esa grant o‘qishga kirdi. U grant ustuvorligini tanlagani uchun avtomatik ravishda Samarqand tibbiyot insituti talabasi bo‘ladi.

❗️Tanlashdan avval @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining o‘tgan yillardagi oʻtish ballari bilan tanishishib chiqishni tavsiya qilamiz.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (
@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Eslatma: magistraturaga ro‘yxatdan o‘tish ertaga yakunlanadi

2025/2026 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura bosqichiga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda.

🗓 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 30-iyul kuni yakunlanadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, joriy o‘quv yilidan boshlab ilk marotaba kechki va masofaviy ta’lim shakllarida ham magistraturaga qabul yo‘lga qo‘yildi. Bu esa ko‘plab talabgorlar uchun qo‘shimcha qulaylik va imkoniyat yaratmoqda.

📎 Magistratura bo‘yicha qabul parametrlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

➡️KUNDUZGI
➡️KECHKI
➡️MASOFAVIY

Turdosh taʼlim yo‘nalishlari esa bu yerda

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etiladi

Prezident harbiy ta’lim tizimini takomillashtirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Xususan, Qurolli Kuchlar akademiyasi isloh qilinib, uning negizida O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda. Mudofaa vazirligining barcha harbiy ta’lim muassasalari – 5 ta institut, Serjantlar tayyorlash oliy maktabi hamda Aviatsiya va uchuvchisiz uchish apparatlari mutaxassislarini tayyorlash markazi institut maqomida mazkur universitet tarkibiga o‘tkaziladi.

Masalan, Serjantlar tayyorlash oliy maktabida armiyaning asosiy tayanchi bo‘lgan serjantlarni o‘qitish, ularda yetakchilik qobiliyatini shakllantirish, zamonaviy qurollar va yangi taktik usullar bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirishning yangi tizimi joriy etiladi.

Tor doiradagi ixtisosliklar bo‘yicha “2+2” tartibi yo‘lga qo‘yiladi. Ya’ni, psixolog, aloqachi, ta’minotchi, omborchi kabi 18 xil yondosh soha mutaxassislari boshqa oliy ta’lim muassasalarining 2-bosqich talabalari orasidan saralab olinadi.

Bitiruvchi bosqich kursantlari uchun tanlov asosida “Oliy Bosh Qo‘mondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi. Mazkur stipendiya sohibi bakalavriatni tamomlaganidan so‘ng 5-yil mobaynida oliy harbiy ta’lim muassasalarining magistraturasiga imtihonlarsiz qabul qilinadi.

Endilikda oliy harbiy ta’lim muassasalarining 36 ta ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari biryo‘la ikkita diplom – fuqarolik va harbiy kasbga mo‘ljallangan mutaxassislik egasi bo‘ladi. Bu ularning harbiy xizmatdan keyin ham faol ishlashi imkonini beradi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul imtihonlari bo‘yicha rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlar tarqalmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihon natijalari rasman e’lon qilinmagan. Ayni paytda natijalarni shakllantirish ishlari yakuniy bosqichda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi imtihon natijalarini bugun kunning ikkinchi yarmida rasmiy sahifalari orqali e’lon qilinishini ma’lum qiladi.

Hurmatli ota-onalar va nomzodlar! Iltimos, norasmiy va tasdiqlanmagan manbalarga ishonmang.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025 #ixtisoslashtirilgan_maktablar

2025-yilda Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarining natijalari quyidagi tartibda baholanadi

🤩Kirish imtihonlarini baholash jarayonida savollarning murakkabligi va yechish bosqichlari hisobga olinib, 1,1 va 2,1 ballik tizimda baholanadi.

🔎 Masalan, 5-sinfga kirish imtihonlari quyidagicha baholanadi:
📘 Matematika — 30 ta savol:
▪️ 12 ta savol — 1,1 ball
▪️ 18 ta savol — 2,1 ball
Umumiy ball: 51 ball

📗 Ingliz tili — 15 ta savol:
▪️ 6 ta savol — 1,1 ball
▪️ 9 ta savol — 2,1 ball
Umumiy ball: 25,5 ball

✔️ Jami ikkala fan bo‘yicha maksimal ball: 76,5 ballni tashkil etadi.

❗️Barcha sinflar kesimida maksimal ball 76,5 ballni tashkil etadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Buxoro innovatsiyalar universiteti Sirdaryo filialida qabul davom etmoqda!

Universitetning Sirdaryo filialida 2025/2026 o'quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda.

21ta bakalavr
4 ta magistratura
DTM bali bilan talaba bo'lish imkoniyati
Grant asosida o'qish imkoniyati
Stipendiyalar
10 dan ortiq imtiyozlar va chegirmalar
O'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar uchun 10%lik chegirmalar hammasi faqatgina bizda.

Litsenziya (370726)

👨‍💻Rasmiy qabul ofisi manzili: Sahovat majmuasi 4-etajida joylashgan

Ro'yxatdan o'tish: qabul.bui.uz
Batafsil: (78)-221-00-01 |
@BIU_Sirdaryo

📍Manzil: Guliston shahri, Ezgulik kochasi, 5-a-uy.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Instagram | Web sahifa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣Bugun magistratura uchun ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni

2025/2026 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura bosqichiga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda.

🗓 Ro‘yxatdan o‘tish bugun, 2025-yil 30-iyul kuni yakunlanadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, joriy o‘quv yilidan boshlab ilk marotaba kechki va masofaviy ta’lim shakllarida ham magistraturaga qabul yo‘lga qo‘yildi. Bu esa ko‘plab talabgorlar uchun qo‘shimcha qulaylik va imkoniyat yaratmoqda.

📎 Magistratura bo‘yicha qabul parametrlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

➡️KUNDUZGI
➡️KECHKI
➡️MASOFAVIY

Turdosh taʼlim yo‘nalishlari esa bu yerda

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ IMTIHON NATIJALARI EʼLON QILINDI!

Joriy yilning 7-, 8-, 9-, 10-, 11-IYUL kunlari Tayanch va hududiy
ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻtkazilgan imtihon natijalari eʼlon qilindi.

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:


🤖@natijalar_piima_1_2025_bot
🤖@natijalar_piima_2_2025_bot
🤖@natijalar_piima_3_2025_bot
🤖@natijalar_piima_4_2025_bot
🤖@natijalar_piima_5_2025_bot

❗️DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

‼️ESLATMA!

Joriy yilning 31-iyul kuni imtihon natijalari bo‘yicha o'quvchilar ro‘yxati tegishliligi bo'yicha Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda e’lon qilinadi.


📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (
@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
474-sonli qaror dam olish.pdf
710.4 KB
📣 Ilgʻor pedagoglar hamda iqtidorli oʻquvchilarga dam olish maskanlariga bepul yoʻllanma beriladi

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-iyuldagi tegishli qarori bilan “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi dam olish maskanlariga dam oluvchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi.

Unga koʻra, vazirlik tizimidagi dam olish maskanlariga vazirlik tizimi xodimlari, jumladan, pedagog kadrlar hamda davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining (7-14 yosh) iqtidorli oʻquvchilarini qabul qilish tartibi belgilandi.

👉 Dam olish maskanlarida:


vazirlik tizimi xodimlari hamda ilgʻor pedagoglar uchun — sentabr-may oylarida;
iqtidorli oʻquvchilar uchun — iyun-avgust oylarida 12 kunlik dam olish kunlari belgilanadi.

📍 Yoʻllanmalar saralash mezonlari asosida taqsimlanadi hamda eng yuqori natijalarga erishgan vazirlik tizimi xodimlari, pedagog kadrlar hamda iqtidorli oʻquvchilarga ketma-ketlik asosida bepul yo’llanma beriladi.

👉 Maskanlarda dam oluvchi ilgʻor pedagoglar quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:

xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;
oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar gʻoliblari;
xorijiy til va STEAM fanlaridan mutaxassisligi boʻyicha xalqaro sertifikatlarga ega oʻqituvchilar
(TESOL Level 5, SEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, vazirlik tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);
asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;
respublika bosqichidagi koʻrik-tanlovlarda faxrli oʻrinlarga ega boʻlgan oʻqituvchilar;
oliy va birinchi malaka toifasiga ega boshlangʻich sinf oʻqituvchilari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari;
asosiy olimpiadalarning viloyat bosqichi gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar.


👉 Maskanlarda dam oluvchi iqtidorli oʻquvchilar (7-14 yosh) quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:


asosiy olimpiadaning uchinchi va toʻrtinchi bosqichlarida fanlar kesimida 1-, 2-, 3-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar;
mintaqaviy xalqaro olimpiadalar gʻoliblari;
nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etgan oʻquvchilar;
xalqaro tanlov, festival va musobaqa gʻoliblari;
respublika darajasidagi tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan turli koʻrik-tanlovlar va musobaqalarning respublika bosqichi gʻoliblari.


📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
IJOD MAKTABLARIGA O’TKAZILGAN IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:


🤖@natijalar_piima_1_2025_bot
🤖@natijalar_piima_2_2025_bot
🤖@natijalar_piima_3_2025_bot
🤖@natijalar_piima_4_2025_bot
🤖@natijalar_piima_5_2025_bot

DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

❗️ESLATMA!

Joriy yilning 31-iyul kuni imtihon natijalari bo‘yicha o'quvchilar ro‘yxati tegishliligi bo'yicha Agentlik tizimidagi ijod maktablarda e’lon qilinadi.


📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlarining yangi spetsifikatsiyasi eʼlon qilinishi rejalashtirilmoqda

📌Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari boʻyicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari yangi spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi.

🔽Quyidagi havolalar orqali mazkur spetsifikatsiyalar bilan tanshishingiz mumkin.

Biologiya
Boshlangʻich taʼlim (oʻzbek tilida)
Boshlangʻich taʼlim (rus tilida)
Boshlangʻich taʼlim (qoraqalpoq tilida)
Boshlangʻich taʼlim (qirgʻiz tilida)
Boshlangʻich taʼlim (qozoq tilida)
Boshlangʻich taʼlim (tojik tilida)
Boshlangʻich taʼlim (turkman tilida)
Davlat va huquq asoslari
Defektolog-pedagoglar
Fizika
Fransuz tili
Geografiya
Informatika va axborot texnologiyalari
Ingliz tili
Iqtisodiy bilim asoslari
Jismoniy tarbiya
Kimyo
Koreys tili
Logoped-pedagoglar
Matematika
Musiqa madaniyati
Xitoy tili
Turkman tili va adabiyoti
Tojik tili va adabiyoti
Texnologiya (Servis xizmati)
Texnologiya (texnologiya va dizayn)
Tarix
Tarbiya
Tasviriy sanʼat va chizmachilik
Rus tili va adabiyoti
Rus tili (taʼlim boshqa tillarida olib boriladigan maktablar uchun)
Qozoq tili va adabiyoti
Qoraqalpoq tili (davlat tili)
Qoraqalpoq tili va adabiyoti
Qirgʻiz tili va adabiyoti
Psixolog-pedagoglar
Ona tili va adabiyot
Oʻzbek tili (Davlat tili)
Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik


P.S. Kasbiy Sertifikatlar uchun sinovlar joriy yilning avgust oyida oʻtkaziladi.

📍Kasbiy Sertifikat sinovlari oʻtkaziladigan manzillar
ushbu havolada.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Karimova E’zoza Gapirjanovna Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tasdiqlandi

U bunga qadar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

E’zoza Karimova:

— 2021−2021-yillarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi bo‘limi boshlig‘i;

— 2021−2023-yillarda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi;

— 2023−2024-yillarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

E’zoza Gapirjanovnaga kelgusi faoliyatida omad tilaymiz!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mandat #akademik_litsey

⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor

2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.

Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin.

Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.

Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh
: 👉https://t.iss.one/eduuz/23710

Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025

2025-2026-o‘quv yili uchun 1-sinfga elektron qabul joriy etilgan hududlarda mikrohududdan tashqari qabul jarayoni joriy yil 1-avgust kuni soat 10:00 dan boshlanadi.

Shuningdek, o'quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilishi jarayonlari ham 1-avgust sanasidan davom ettiriladi.

Agar sizda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki telegramdagi @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali javob olishingiz mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlandi

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:

➡️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
➡️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
➡️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679

🔹 Ma’lumot uchun, 2025/2026-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Univertur" dasturining navbatdagi sonida Navoiy innovatsiyalar universiteti bilan yaqindan tanishdik!

"Yoshlar telekanalida "Univertur" dasturining Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida joylashgan Navoiy innovatsiyalar universiteti faoliyatiga bag‘ishlangan soni efirga uzatildi.

Ko‘rsatuv davomida:

Rektor stipendiyasi va 2 milliard so'mlik grantlar;

18 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo'nalishlari;

tan olinadigan diplom va ishga joylashishda ko'mak;

talabalarning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.


Shuningdek, dasturda NIU ning boshqa oliygohlardan farqli jihatlarga ham to‘xtalib o‘tilgan.

🌐To‘liq ko‘rsatuv: https://youtu.be/PrNh0pVWXT4
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toifa olish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlandi

📌 Joriy yilning 1-avgustidan boshlab avgust dekabr oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlandi.

Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari joriy yil avgust dekabr oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 1-avgustdan 1-oktyabrga qadar roʻyxatdan oʻtishi va murojaat yuborishi mumkin.

Murojaatlarni:
➡️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining veb-saytidagi pedagog.uzedu.uz — platformasi orqali (ONE ID-tizimi orqali shaxsiy kabinetga kiriladi va tegishli maʼlumotlar kiritiladi)

➡️Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz/uz orqali

➡️davlat xizmatlari markazlari orqali yuborish mumkin.

💬 Eslatib oʻtamiz: joriy yil avgust dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari ayni vaqtda Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun hamda «Yil oʻqituvchisi« tanlovining birinchi bosqich saralash sinovi ham hisoblanadi. Shuningdek, mazkur attestatsiyada 86 va undan yuqori ball toʻplab olingan yoki saqlab qolingan oliy hamda birinchi malaka toifalari uchun keyingi ikki yil davomida 70% ustama toʻlab berish amaliyoti ham davom ettiriladi.


🔹Avgust sentyabr oylarida murojaatlar qabul qilinadi;
🔹Oktyabr-Noyabr oylarida malaka (test) sinovlari oʻtkaziladi;
🔹Dekabr oyida Sertifikatlar tarqatiladi.

Shuningdek, barcha oʻquv fanlaridan quyidagi botlarda bepul onlayn repetitsiyalar davom etmoqda:

@uztditestbot orqali Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni bepul bajarishingiz mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Magistraturaga my.gov.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning arizalari ham belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi
 
Magistraturaga kirishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning arizalarini qabul qilish bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

2025-yil 1-30-iyul kunlari magistraturaga my.gov.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning arizalari belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Bunda:
ushbu toifadagi abituriyentlarga arizalarining holatini my.edu.uz platformasiga OneID orqali kirgan holda kuzatib borish imkoniyati yaratiladi;
ro‘yxatdan o‘tgan arizalarning asossiz rad qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
 
Vazirlik bu borada abituriyentlarning hech bir xavotirlanishiga asos yo‘qligini hamda tanlovlar adolat, ochiq-oshkoralik tamoyillari asosida o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM