Ta'lim nazorati
103K subscribers
4K photos
966 videos
422 files
5.92K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
Yetakchi korxonalarni texnikumlarga bog‘lab, “dual ta’lim”ni yo‘lga qo‘yish zarurligi aytildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-dekabr kuni to‘qimachilik va charm sanoatidagi islohotlar natijadorligini yanada oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Charm sanoatida bichuvchi, tikuvchi, kosib kabi o‘rta bo‘g‘in kadrlari yetishmayotgani, bu yo‘nalishda yiliga bor-yo‘g‘i 167 nafar mutaxassis tayyorlanayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, poyabzal ishlab chiqarish rivojlangan Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi yetakchi korxonalarni texnikumlarga bog‘lab, “dual ta’lim”ni yo‘lga qo‘yish zarurligi aytildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kambagʻal oilalar farzandlarini tayyorlab, 2025-yilda 3,5 ming yoshlarni oliygohga grant asosida qabul qilish topshirig‘i berildi

Prezident raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish o‘tkazilmoqda.

Yigʻilishda, kambagʻal oilalar farzandlarini tayyorlab, 2025-yilda 3,5 ming yoshlarni oliygohga grant asosida qabul qilish zarurligi qayd etildi.

Oliygoh rektorlari ham kambagʻal oiladan jami 4 ming nafar yoshlarni oʻqitishga bosh-qosh boʻladi. Vazir Q.Sharipovga bu borada tegishli topshiriqlar berildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️2025-yilda kambag‘al oilalar farzandlarining bog‘cha to‘lovi qisman qoplab beriladi

Bu haqda ayni paytda Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida aytildi.

Unga ko‘ra, 2025-yildan boshlab oilaviy bog‘cha o‘rinlarining 15 foizi kambag‘al oila farzandlari uchun ajratiladi va ularga bog‘cha to‘lovi qisman qoplab beriladi.

Shuningdek, maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarovaga kelgusi yili kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan mingta mahallada bittadan oilaviy bog‘cha faoliyatini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Bir maktabdan boshqa maktabga o‘tkazish davlat xizmati kengaytirilmoqda

2025-yil 1-yanvardan boshlab bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati 45 ta tuman va shaharlarda joriy etiladi.

👩🏻‍💻 Fuqarolar maktabga bormagan holda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki vazirlikning elektron platformasi (my.maktab.uz) orqali onlayn ariza yuborishlari mumkin. Davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.

❗️ Elektron qabul tizimi ota-onalarga qulaylik yaratish bilan birga byurokratik to‘siqlar, ovvoragarchilik, inson omilini kamaytirishga qaratilgan.

👉 Boshqa maktabga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati joriy etilgan hududlar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun ingliz, nemis, fransuz, ispan, uyg'ur va hind tili bo'yicha chet tili imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni

Bugun, 14-dekabr kuni ingliz, nemis, fransuz, ispan, uyg'ur va hind tili bo'yicha chet tili imtihonlarida ishtirok etish bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatga olishning oxirgi kuni.

💴 To‘lov 15-dekabrgacha amalga oshirilishi lozim.

✍️ Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari joriy yilning 28-29-dekabr kunlari o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Universitetda o’qish uchun mablag’ yo’qmi?

Ha endi Poytaxt mikromoliya tashkiloti orqali nafaqat kunduzgi balki sirtqi ta’lim shaklida ham 10 daqiqada ta’lim kreditini rasmiylashtira olasiz.

Hoziroq quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’ting:
https://forms.gle/bfLvzrjwrNxdH2Hr5

📞 78-113-72-10
Taʼlim sohasi vakillariga talab kamaygan ammo 7 ta hududda ehtiyoj yuqori – tadqiqot

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan mahalliy mehnat bozorida ishchi kadrlarga boʻlgan talabni aniqlash uchun respublikaning 180 ta tuman va shaharlaridan jami 7 700 dan ortiq ish beruvchilar orasida soʻrov oʻtkazdi.

Unga koʻra, mamlakatdagi eng koʻp talab 5,8 foizlik natija bilan savdo mutaxassislari va onlayn sotuvchilariga oid ekanligi aniqlangan.

Nisbatan pastroq talab esa 1,2 foizlik natija bilan taʼlim muassasalaridagi xorijiy tillar (ingliz, nemis, koreys va boshqa chet tillar), matematika va axborot texnologiyalari fani oʻqituvchilariga tegishli.

Respondentlarning 60 foizi taʼlim sohasida ishchilar soni ortganini qayd etishgan. Shuningdek, hisobotda hududlar kesimida taʼlim sohasi xodimlariga talab eng yuqori boʻlgan hududlar nomi ham keltirilgan.

Xususan, taʼkidlanishicha,

Xorazm viloyatida matematika, algebra, geometriya
(4,0 foiz), ingliz tili (3,9 foiz), rus tili va adabiyoti fanlari oʻqituvchilariga (2,2 foiz) falsafa, psixologik, sotsiologik, tarixiy va siyosiy fanlar boʻyicha universitet oʻqituvchilariga (1,0 foiz);

Toshkent viloyatida maktablarda matematika, algebra, geometriya oʻqituvchilariga (4,9 foiz);

Qoraqalpogʻiston Respublikasida maktablarda chet tili (2,6 foiz), matematika, algebra, geometriya oʻqituvchilariga (1,4 foiz);

Qashqadaryo viloyatida maktab, kollej va oʻquv markazlarida matematika, algebra, geometriya fani oʻqituvchilariga (2,3 foiz);

Andijon viloyatida eng yuqori talab maktab va kollej oʻqituvchilariga (1,8 foiz);

Namangan viloyatida ingliz tili oʻqituvchilariga (1,7 foiz);

Jizzax viloyatida maktab, kollej va oʻquv markazlarida matematika, algebra, geometriya oʻqituvchilariga (1,5 foiz) talab shakllangan.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️70% ustama toʻlanishida attestatsiya turi va amaldagi toifaning ahamiyati yoʻq

Savol: Men hozirda 1-toifaga ega oʻqituvchiman. 2025-yilda boʻladigan bahorgi attestatsiyaga navbatdan tashqari qatnashmoqchiman. Savolim shuki, 86 ball va undan yuqori ball toʻplaganlarga toʻlanadigan ustama faqatgina navbatdagi majburiy ishtirok etganlarga toʻlanadimi yoki navbatdan tashqari ishtirok etganlarga ham toʻlanadimi?

Javob: 70% ustama toʻlanishida attestatsiya turi va amaldagi toifaning ahamiyati yoʻq. Toifa testlarida ishtirok etish hamda 86 va undan yuqori ball toʻplash kerak boʻladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️70 foizlik ustama — toifa testlarida 86 va undan koʻp ball toʻplagan pedagoglarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish uchun joriy etilmoqda

Savol: Men 2025-yil bahorda boʻlib oʻtadigan attestatsiyada 70 foizlik ustama uchun topshirmoqchiman. “Agar 86 balldan past boʻlsa, toifasi pasaytiriladi” — deyishdi. Shu toʻgʻrimi?

Javob: Bu notoʻgʻri albatta. 70 foizlik ustama — bu toifa testlarida 86 va undan koʻp ball toʻplagan pedagoglarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish uchun joriy etilmoqda. 86 ball toʻplay olmagan pedagoglarga nisbatan salbiy qarorlar qabul qilinmaydi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Umrbod toifaga ega boʻlgan pedagoglar ham 70 foizlik ustama uchun toifa testlarida ishtirok etishlari mumkin

Savol: Umrbod toifaga (XXX-cheksiz muddatli sertifikatga) ega boʻlgan ustozlar ham 70%lik attestatsiyaga qatnasha oladimi?

Javob: Albatta, umrbod toifaga ega boʻlgan pedagoglar ham oʻz ixtiyorlariga koʻra, attestatsiyaning navbatdan tashqari turi boʻyicha ishtirok etishlari mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zbekiston Qahramoni Fanlar akademiyasiga prezident etib saylandi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Fanlar akademiyasining prezidentini saylashga bag‘ishlangan umumiy majlis bo‘lib o‘tdi.

Unda akademik Ayupov Shavkat Abdullayevich Fanlar akademiyasining prezidenti etib saylandi.

Eslatib o'tamiz, Shavkat Ayupov (1952- yilda tug‘ilgan) – fizika-matematika fanlari doktori. Oliy Majlis Senati a’zosi. 2021-yilda O‘zbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

O‘zA

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar (ayniqsa, telegram guruhlari)da 2024-yil avgust-dekabr oylarida oʻtkazilgan attestatsiyada ishtirok etgan pedagoglarning barchasiga ikki (toʻrt, olti va h.k.z.) baldan qoʻshib berilganligi toʻgʻrisida asossiz, notoʻgʻri xabarlar tarqatilmoqda.

Aslida esa attestatsiya jarayonida foydalanilgan test topshiriqlari boʻyicha kelib tushgan eʼtirozlar belgilangan tartibda oʻrganib chiqilganligini hamda fan ekspertlarining xulosasi hamda Apellyatsiya komissiyasining qaroriga asosan faqatgina, eʼtirozlari oʻrinli boʻlgan ishtirokchilarga (shuningdek, ushbu savollar tushgan boshqa ishtirokchilarga ham, ular murojaat qilgan yo qilmaganliklardan qatʼi nazar) shu savollar uchun tegishli ballar qoʻshib berilganligini maʼlum qilamiz.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Bilimni baholash agentligi tomonidan chet tillaridan joriy yil 28–29-dekabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan milliy sertifikat imtihonlari 26–27-dekabr kunlari tashkil etiladi.

Talabgorlardan test sinovi uchun ruxsatnomalar e'lon qilinganidan so‘ng ruxsatnomada ko‘rsatilgan sanada imtihonda ishtirok etishlari so‘raladi.

28–29-dekabr kunlari chet tillaridan imtihonlar o‘tkazilmaydi.

✔️ Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 21–22-dekabr (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

🖥 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

📄 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Менинг мактабим .pdf
2.6 MB
⚡️“Mening maktabim” loyihasiga start berildi

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi 2024-yil 5-dekabrdagi qarori bilan "Mening maktabim" loyihasini amalga oshirish tartibi to'g'risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

2024/2025-o'quv yilidan boshlab Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 1 tadan tumani (shahri)da sinov tariqasida "Mening maktabim" loyihasi amalga oshiriladi. Joriy yilgi mavsumi dekabr oyida o'tkaziladi.

Ushbu loyiha uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan:

2025-2026-oʻquv yilidan boshlab barcha umumtaʼlim maktablarida “Mening maktabim” loyihasini amalga oshirish maqsadida tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlarining 2025-yil uchun xarajatlar smetasida bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablagʻ ajratiladi;

ushbu mablagʻ “Mening maktabim” loyihasi doirasida 5-11-sinf oʻquvchilari tanloviga koʻra elektron doska, kompyuter, sport jihozlari, kitoblar kabi maktab uchun zarur tovarlarga sarflanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkazilgan malaka sinovlarida qatnashgan pedagog kadrlar diqqatiga!!!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifalarini berish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga asosan:

5 654 nafar pedagogga — oliy malaka toifasi;
23 987 nafar pedagogga — birinchi malaka toifasi;
33 545 nafar pedagogga — ikkinchi malaka toifasi berildi.
6 099 nafar pedagog mutaxassis lavozimiga loyiq, deb topildi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 48-bandiga asosan:

pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi.


⚡️ Shunga muvofiq, joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkazilgan malaka sinovlarida qatnashgan barcha ishtirokchilarning oylik maoshlari joriy yil 16-dekabrdan boshlab yangi toifalari boʻyicha hisoblanishini eslatib oʻtamiz.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Янги йил байрами бўйича.pdf
227.8 KB
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 17.12.2024 dagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim, ixtisoslashtirilgan, ijod va Prezident maktablari hududida Yangi yil bayrami tadbirlarini sermazmun va qiziqarli tarzda tashkil etish hamda yongʻin xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilgan holda oʻtkazish boʻyicha tavsiya va koʻrsatmalar o‘rin olgan xati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱Sun’iy Intellekt so‘rovnomasi: Sizning fikringiz muhim!

👤Aziz do‘stlar!
Bugungi kunda sun’iy intellekt (AI) texnologiyalaridan hayotimizning turli sohalarida: ta’limdan sog‘liqni saqlashgacha, transportdan biznesgacha faol foydalanilmoqda.

⚖️Joriy yilda “2030-yilgacha sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda belgilangan maqsadlarga erishish uchun so‘rovnoma tashkil etilmoqda. Ushbu so‘rovnoma natijalari davlat tomonidan sun’iy intellektni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun sharoit yaratish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

So‘rovnoma uchun vaqt: 2-3 daqiqa.

🔗 Ishtirok etish uchun havola: https://infocom.uz/news/suniy-intellekt-haqida-qanchalik-tushunchaga-egasiz

📱Опрос по искусственному интеллекту: Ваше мнение важно!

👤Дорогие друзья!
Сегодня технологии искусственного интеллекта (ИИ) активно используются в различных сферах нашей жизни: от образования до здравоохранения, от транспорта до бизнеса.

⚖️В текущем году было принято постановление Президента «Об утверждении стратегии развития технологий искусственного интеллекта до 2030 года». Для достижения целей, поставленных в данном постановлении, организуется опрос. Результаты данного опроса являются определяющими в предпринимаемых мерах со стороны Государства в целях поддержки и создания условий для развития искусственного интеллекта.

Время на опрос: 2-3 минуты.

🔗Ссылка для участия: https://infocom.uz/news/suniy-intellekt-haqida-qanchalik-tushunchaga-egasiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
400-son buyruq(@summativelab).pdf
88.3 KB
Oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan umumiy o'rta ta'lim maktablarida II chorak yakuni boʻyicha summativ baholash sinovlarini oʻtkazish maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 16-dekabrdagi 400-sonli buyrug'i tasdiqlandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM