Ta'lim nazorati
99.7K subscribers
4.01K photos
969 videos
431 files
5.95K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
⚡️Bugun o'qishni ko'chirish bo'yicha arizalar qabul boshlanadi

Qishda ham o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi?
Ha, davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan bo‘ladi.

Ruxsat kimlarga beriladi?

➡️ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;

➡️ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Qachon hujjat topshirsa bo’ladi?
20-dekabrdan 20-yanvargacha.

Qanday hujjatlar talab etiladi?
Hududiy ishchi guruhlarga 20-dekabrdan boshlab quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
pasport nusxasi;
yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Quyidagi videoda ushbu tartib soddaroq tushuntirilgan: 👉 🌐 https://www.instagram.com/reel/DDevW2vOWqo/

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentdagi bayram ta’tillari uchun qulay turar joy izlayapsizmi?

STARS International University bayram va ta’til davrida shaharda qoladigan talabalar uchun o‘z eshiklarini ochadi. Ko‘plab Toshkentdagi talaba yotoqxonalarida bu vaqtda xizmat ko‘rsatish to‘xtatiladi, qisqa muddatli kvartira ijarasi esa deyarli imkonsiz. Biz esa zamonaviy va qulay yechim taklif etamiz!

Bizning TTJ metro Buyuk Ipak Yo‘li bekatidan piyoda yura oladigan masofada joylashgan – bu sizning ish yoki o‘qishga oson yetib borishingiz uchun juda qulay.

Nega aynan bizni tanlash kerak?

Bizning yotoqxonamizda qulay hayot uchun barcha sharoitlar yaratilgan:

📚 Kutubxona – dars qilish va kitob o‘qish uchun alohida joy.
🏖 Dam olish hududi – do‘stlaringiz bilan hordiq chiqarish yoki PlayStation 5 o‘ynash imkoniyati.
💻 Kovorking-zona – zamonaviy internet bilan ishlash va o‘qish uchun maxsus joy.
📺 Shaxsiy Smart TV – 3000 dan ortiq telekanallar va 2000 dan ziyod filmlardan foydalanish imkoniyati (quloqchinlar bilan).
🗣 Bepul Wi-Fi – 500 Mbit/soniya tezlikda (Unifi 6G).
🗄 Shaxsiy javonlar – har bir odamga 2 tadan.
💳 Javonlar uchun NFC kalitlar – foydalanish oson va qulay.
🚾 Zamonaviy hojatxonalar – tozalik va qulaylik kafolatlangan.
🛁 Alohida yuvinish xonalari – qulay va xotirjamlikni ta’minlaydi.
🚿 24/7 issiq va sovuq suv.
❄️ Muzlatgichlar – umumiy foydalanish uchun.
🔥 Mikroto‘lqinli pechlar – ovqatni tez isitib olish imkoniyati.
🧺 Kir yuvish mashinalari – hech qanday tashvishlarsiz yuvinish.
⚡️ 24/7 elektr energiyasi – hatto shahar bo‘ylab elektr o‘chirilganda ham (o‘z generatorimiz mavjud).
📹 Videokuzatuv kameralari – yotoqxona hududi bo‘ylab xavfsizlikni ta’minlaydi.

🧺 Bepul kir yuvish va dazmollash – kiyimlaringiz va choyshablaringiz bizning xodimlar tomonidan g‘amxo‘rlik bilan yuvilib, dazmollanadi.

Yashash shartlari:
Oylik narx: 1 500 000 so‘m.
Sutkalik narx: 150 000 so‘m.

Kimlar qolishi mumkin?
• Har qanday universitet talabalari va magistrantlari.
• Universitet o‘qituvchilari va xodimlari.
• Ta’til davrida Toshkentda qoladigan mutaxassislar.
• Boshqa oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va xodimlari.

Nega aynan bizni tanlashadi?
• Shahar markazida qulay turar joy.
• Dam olish va ishlash uchun keng imkoniyatlar.
• To‘liq xizmat – kir yuvish, tozalash va boshqa kundalik ehtiyojlar haqida qayg‘urishingizga hojat yo‘q.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola

📞 Bron qilish uchun telefon raqamlari:
1. +998 78 129 19 19

2. +998 93 222 24 49

STARS Talabalar Turar Joyi sizni kutmoqda!
Sizning ta’tillaringiz tinch va qulay muhitda o‘tishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga tayyormiz.
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 23-noyabrdan 13-dekabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 23–25-dekabr kunlari my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 31-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun bаzаviу va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiуmatidan 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2024-yil 31-dekabri (shu kuni hаm) etib belgilandi:

to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);

o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklagan talabalar;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiу o‘rta, o‘rta-maxsus va professional ta'lim muassasalarini tаmomlаgаn yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar.

❗️Eslatma: Bu 2024/2025-o‘quv yilida qabul qilingan abituriyentlar uchungina amal qiladi. Amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugun kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Ro‘yxatga olish jarayonlari 23-29-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

💴 To‘lovlar esa 30-dekabrgacha amalga oshirilishi mumkin.

✍️ Test sinovlari kimyo fani bo‘yicha 25-yanvar, biologiya fani bo‘yicha 26-yanvar kuni o‘tkaziladi.

Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ПФ-223.pdf
12.1 MB
⚡️Xalqaro tan olingan sertifikatlarini olishga o‘rgatadigan mutaxassislar yoki tashkilotlarga ijara to‘lovi undirilmasdan binolar ajratiladi

Prezidentning “Hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish va aholi bandligini taʼminlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni (2024-yil 20-dekabr PF-233)da:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklariga xalqaro tan olingan xorijiy til va malaka sertifikatlarini olishga o‘rgatadigan mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar yoki tashkilotlarga dastlabki birinchi yili ijara to‘lovi undirilmasdan, 5 yil muddatga keyinchalik uning muddatini uzaytirish sharti bilan ijara asosida binolar ajratish vakolati berildi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
№ 867 uzluksiz kasbiy rivojlanish.pdf
3.3 MB
⚡️Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarining xodimlari uchun besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda oʻtkaziladigan malaka oshirish kurslari joriy qilinadi

Vazirlar Mahkamasining 20.12.2024-yildagi"Maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi 867-son qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimi (vazirlik — malaka oshirish muassasasi — taʼlim tashkiloti) yoʻlga qoʻyilishi;

maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarining xodimlari uchun besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda oʻtkaziladigan malaka oshirish kurslari joriy qilinishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilindi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2025_yil_1_yanvardan

🔰Qonunchilikka ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab amal qiladigan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to'lovi miqdorlari yuqoridagicha belgilanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jismoniy tarbiya №31354.pdf
1.1 MB
Sport vazirining buyrugʻi 23.12.2024-yildagi buyrug‘i (roʻyxat raqami 3135-4) bilan Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Raqamlashtirish №848.pdf
5.1 MB
“Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi

Hukumatning "Maktabgacha ta'lim tizimini raqamlashtirish va maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori (18.12.2024 №848) qabul qilindi.

Unga ko‘ra 2025-yil 1-fevraldan boshlab tajriba-sinov tariqasida Toshkent shahridagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida, 2025-yil 1-iyuldan boshlab esa barcha davlat MTTlarida:

xodimlar va tarbiyalanuvchilarning elektron davomatini yuritish;
ish vaqti tabellarini shakllantirish;
tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat xarajatlarini natura shaklida hisoblash;
ota-onalar to‘lovi va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish
“Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

2025-yil 1-iyuldan boshlab ota-onalar to‘lovi hamda boshqa to‘lovlar haqidagi ma'lumotlar “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimida avtomatik tarzda qayd etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ITSM (“Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi”) faoliyati tugatiladi

Hukumat qarori (18.12.2024 №848)ga asosan 2025-yil apreldan boshlab maktab va maktabdan tashqari ta'lim sohasidagi axborot tizimlarini bosqichma-bosqich Yagona ta'lim axborot ekotizimiga birlashtirish chora-tadbirlarini ko‘riladi.

Bunda:

Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator “UZINFOCOM” MCHJ bilan birgalikda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlari xatlovdan o‘tkaziladi;

Xatlov natijalari asosida dolzarb bo‘lmagan axborot tizimlari, resurslar va dasturiy mahsulotlar faoliyati tugatiladi;

Takomillashtirish talab etiladigan axborot tizimlari, resurslar va dasturiy mahsulotlar Yagona ta'lim axborot ekotizimi doirasida yangilanadi.

2025-yil 1-aprelga qadar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” davlat unitar korxonasi faoliyatini ko‘rib chiqib, uning faoliyatini tugatish chora-tadbirlari ko‘riladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Prezident malaka sinovlari tartibini takomillashtirish, barcha pedagoglarga teng imkoniyat berish zarurligini ta’kidladi

Bugun, 24-dekabr kuni Davlatimiz rahbariga maktabgacha va maktab ta’limi tizimida 2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar bo‘yicha axborot berildi.

Endi toifasini oshirgan pedagoglar rag‘batlantiriladi, ularga to‘plagan baliga qarab 70 foizgacha ustama beriladi.

Davlatimiz rahbari malaka sinovlari tartibini takomillashtirish, sog‘lom raqobat muhitini yaratib, barcha pedagoglarga teng imkoniyat berish zarurligini ta’kidladi.

Shu maqsadda keyingi yildan hududlardagi malaka oshirish markazlarida o‘quv jarayonlari o‘zgartiriladi. Bunda har bir o‘qituvchining ehtiyojidan kelib chiqib, tabaqalashgan malaka oshirish tizimi joriy qilinadi. Malaka sinovidan o‘ta olmaganlar alohida dastur asosida qo‘shimcha o‘qitiladi. Viloyatlardagi 5 ta Pedagogik mahorat markazi zamonaviy sharoitda ish boshlaydi. Barcha markazlar situatsion o‘quv texnikalari va virtual laboratoriya bilan jihozlanadi.

Ta’lim tashkilotlariga malakali rahbarlarni jalb etish va faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, qo‘shimcha manbalar hisobidan, maktab va bog‘chalar direktorlari hamda ularning o‘rinbosarlarini moddiy rag‘batlantirish taklifi bildirildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Guruh nazoratchiligiga nomzodlar diqqatiga!

📣
Ma’lumki, 2024-yil 6-dekabr kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun birinchi tanlov e’lon qilingan edi.

Tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar bilan 2025-yil 6-7-yanvar kunlari suhbat o‘tkaziladi.

🖥 Nomzodlar suhbat kuni, joyi hamda vaqtini my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga birinchi tanlov” bo‘limi orqali bilishlari va suhbatda ishtirok etish uchun ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

‼️Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan xizmat ko‘rsatish shartnomasi rasmiylashtiriladi.

🔗 Havola: https://my.uzbmb.uz/service/32

Izoh: tanlovning suhbat bosqichiga kelmagan nomzodlar tanlovdan chetlatiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rahbar xodimlarning maoshlari ikki barobarga oshirilishi kutilmoqda

Prezidentga maktabgacha va maktab ta’limi tizimida 2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar bo‘yicha axborot berilgani haqida xabar bergan edik.

Unda ta’lim muassasalari rahbar xodimlarining oylik maoshlarini sezilarli darajada oshirish borasida ham bir qancha takliflar ilgari surildi.

2025-2026-o’quv yilidan boshlab maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari direktorlari, maktab direktori o’rinbosarlarining ish haqi miqdorlari oshiriladi.

Shuningdek, 2026-yildan boshlab maktab direktorlari va ularning o’rinbosarlariga faoliyat samaradorligi natijalariga ko’ra qo‘shimcha ustamalar joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi boshqaruv xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama hamda boshqa qo‘shimcha to‘lovlar to’lanishi yo’lga qo’yiladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining ta’kidlashicha, maktab direktorlarining oylik maoshi 20 foizgacha oshiriladi. Agar ular “Direktorlar maktabidan” o‘tsa, oylik maoshlari yana 50 foizga oshirilishi hisobiga ularning maoshini ikki barobar oshirishga erishiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3735_Тоифа_татбиқ_этилиши_тўлдирилган+боғча.pdf
450.1 KB
⚡️Pedagog xodimlarning malaka toifalari qaysi fan(lar)ga tatbiq etilishi mumkinligi haqida maʼlumot berildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 17.12.2024-yildagi 03-14-3735-sonli xati bilan “Umumtaʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarning olgan malaka toifalari fanlar kesimida tatbiq etilishi boʻyicha” MAʼLUMOT taqdim etildi.

🗂Xat va unga ilovalar bilan yuqoridagi faylda batafsil tanishishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM