Ta'lim nazorati
105K subscribers
4.11K photos
965 videos
468 files
6.21K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
#Rasmiy_bayonot

So‘nggi kunlarda vazirlik Ishonch telefon raqami hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali magistratura mutaxassisliklariga 2022/2023-o‘quv yili qishki qabuli natijalari qachon chiqishi yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda.

Ushbu murojaatlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Magistratura qishki qabuliga topshirilgan sertifikatlarni tegishli tashkilotlar bazalaridan tekshirish jarayoni maʼlum vaqt talab etmoqda. Hozirgi kunda hujjatlarning asosiy qismi tekshirildi. Bu jarayon tez kunda yakuniga etkaziladi va natijalar eʼlon qilinadi.

Shu oʻrinda, ijtimoiy tarmoq faollaridan ushbu mavzuga doir asoslanmagan xabarlarni tarqatmasliklarini, jamoatchilikdan esa faqat vazirlik rasmiy manbalari orqali eʼlon qilinadigan xabarlarga ishonishlarini soʻrardik.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Kanalga ulanish👇
@uztdi
#RASMIY_BAYONOT

Ustama to‘lanadigan ayrim xalqaro sertifikatlar ro‘yxatdan olib tashlangani yuzasidan RASMIY BAYONOT

2023-2024-o‘quv yili davomida umumta‘lim maktablarining pedagoglariga 50 va 20 foiz ustama to‘lab beriladigan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlangani haqida avvalroq xabar bergandik.

Shu o‘rinda, ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikatlar bo‘yicha quyidagilarni ma‘lum qilamiz:

Vakolatli tashkilotlar tomonidan ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikatlarni o‘rganish natijasida quyidagilar aniqlangan: 

Sertifikatlarni berishda onlayn nazorat to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, yaʼni bir shaxs o‘rniga boshqasi kirib topshirib chiqish holatlari mavjudligi;

Baʼzi sertifikatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoniyati mavjud emasligi;

Sertifikatlarning haqqoniyligini tekshirilganda test topshiruvchining shaxsini aniqlash imkoniyati mavjud emasligi;

Ayrim sertifikatlarni berish uchun o‘tkaziladigan test sinovlarida axborot xavfsizligi talablariga to‘liq javob bermaganligi, test savollarining doimiy takrorlanishi.

Shunday bo‘lsa-da, ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikat egalarining 1-avgustga qadar olgan sertifikatlari uchun sertifikat yakuniga yetish muddatiga qadar ustama to‘lovlari to‘lab borilishi belgilandi.

Shu bilan birga amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq  APTIS for teachers, Linguaskill sertifikatlaridan yangi ishga qabul qilayotgan talabgorlarni ishga qabul qilish jarayonlarida foydalanilish imkoniyati saqlanib qolinayotganligini eslatib o‘tmoqchimiz.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_bayonot

“Abu Rayhon Beruniy universiteti” NTMda nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun 2024-yil 21-avgust kuni tizimda yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli xato berilgan (avtomatik shakllangan) litsenziyani (№ 363695-raqamli) bekor qilish shaklidagi huquqiy ta’sir chorani qo‘llash to‘g‘risida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza kiritildi.

Abituriyentlar va ularning ota-onalariga “Abu Rayhon Beruniy universiteti” nodavlat oliy ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirmaslik, to‘lov shartnomasini olmaslik va o‘qish uchun to‘lovni amalga oshirmaslik tavsiya etiladi.

Shuningdek, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan talabgorlar vazirlikning stat.edu.uz saytidagi ro‘yxatda mavjud oliy ta’lim tashkilotlariga hujjat topshirishi maqsadga muvofiqligini ma’lum qilamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_bayonot

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2024-yil 10-oktabrdagi hal qiluv qarori bilan lisenziya talab va shartlariga amal kilmaganligi uchun “Digital university” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 2022-yil 13-sentabrda nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun berilgan 038673-sonli litsenziya bekor qilindi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM