Ta'lim nazorati
140K subscribers
4.16K photos
998 videos
475 files
6.34K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
#сўраган_эдингиз

Нопeдагог кадрлар қайта тайёрлаш курсларида таҳсил олишлари мумкинлиги ҳақида эълон берганимиздан сўнг, айрим фойдаланувчиларимиз Телеграм (@Uztdibot) ботимизга қайта тайёрлов жараёнлари ҳақида турли саволлар билан мурожаат қилишди.

Қуйида ушбу жараёнлар ҳақида асосий маълумотларни келтириб ўтамиз.

Қайта тайёрлашнинг асосий турлари:

педагогик қайта тайёрлаш;

касбий қайта тайёрлаш.

Педагогик маълумотга эга бўлмаган бошқа соҳа мутахассисларига педагогик фаолият олиб бориши учун соҳасига мос фандан касбий ҳамда педагогик қайта тайёрлашдан ўтиши талаб қилинади.

Вақтинча ишламайдиган педагоглар ҳам ўз хоҳишига кўра қайта тайёрлаш курсларида ўқиши мумкин.

Қайта тайёрлашга иккинчи олий таълимни олиш сифатида қаралмайди, қайта тайёрлаш натижасида бериладиган ҳужжат (диплом) фақат муайян лавозимда фаолият кўрсатиш ёки муайян фанлар бўйича ўқув машғулотлари олиб бориш ҳуқуқини беради.

Қайта тайёрлаш дастурларини ўзлаштириш муддати ўқув режасига киритилган фанлар сони ҳамда уларнинг юкламалари ҳажмидан келиб чиқиб белгиланади ва у камида 576 соатни ташкил қилади.

Аудитория машғулотлари ҳафталик юкламасининг энг юқори ҳажми ҳафтасига 36 соат этиб белгиланади.

Қайта тайёрлаш курслари ишлаб чиқаришдан ажралмаган ҳолда таълим олиш, масофавий таълим ёки дуал таълим шакллари орқали амалга оширилиши мумкин.

Бунда, курсларнинг камида бир ойи, яъни 144 соати бевосита ихтисослаштирилган таълим ташкилотида ўтказилиши шарт.

Каналга уланиш: 👇
https://t.iss.one/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз

Ona tili fani o‘qituvchisiman. 27 yildan buyon maktabda dars beraman, 2027-yilda nafaqaga chiqishim kerak. Hozirda malaka toifam oliy, sertifikatim muddati 2026-yilda tugaydi. Shunda men ham 2026-yilda majburiy attestatsiyaga jalb etilamanmi?


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021-yilda "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 572-sonli Qarori kuchga kirgan.

Mazkur Qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 6-bandiga muvofiq, jumladan quyidagilar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi belgilangan:

pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar;

yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog xodimlar.

Ushbu Nizomning 7-bandida esa "Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlarning amaldagi malaka toifalari (lavozimlari) saqlanib qoladi hamda ularga ta’lim tashkilotlarida ishlagan davrida mazkur malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanishi belgilab qo‘yilgan.

❗️Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Siz navbatdagi majburiy attestatsiyadan ozod qilinasiz va Sizning amaldagi toifangiz umrbod saqlanib qolinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Вазир_жамғармаси

Vazir jamgʻarmasi hisobidan beriladigan bir martalik pul mukofoti kimlarga beriladi, miqdori qancha?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan bir martalik pul mukofotlari:

maktab taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan ilgʻor xodimlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qaroriga muvofiq xalqaro va asosiy olimpiadaning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlarga toʻlanishi belgilangan.


❗️Bir martalik pul mukofotlarini toʻlash jarayonlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida tashkil etiladigan Ishchi guruh tomonidan muvofiqlashtiriladi hamda mukofotlanuvchilar roʻyxati vazir tomonidan tasdiqlanadi.

💰Bir martalik pul mukofoti mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5,5 baravari (hozirda 5 775 000 soʻm)ni tashkil etadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM