Ta'lim nazorati
101K subscribers
4.01K photos
968 videos
428 files
5.94K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Barcha maktablarda 4-sinf bitiruvchilarini fanlar boʻyicha ixtisoslashtirilgan sinflarga saralab olish tizimi joriy etiladi

Batafsil
: https://tdi.uz/news/737/

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari 👇👇👇
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimi takomillashtiriladi

Hukumat qarori (562-son, 09.09.2021 y.) bilan Umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o‘tkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va g‘oliblarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizomga ko‘ra, maktab o‘quvchilari o‘rtasida umumtaʼlim fanlari bo‘yicha quyidagi olimpiadalar tashkil etiladi:

👉 asosiy olimpiada;
👉 qo‘shimcha respublika olimpiadalari;
👉 onlayn olimpiada;
👉 nufuzli xalqaro olimpiadalar;
👉 mintaqaviy xalqaro olimpiadalar.

Jumladan, asosiy olimpiadalar tegishli fanlardan ikki guruhga ajratilgan holda 4 bosqichda quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

1-bosqich – maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablar miqyosida sentyabr oyida;
2-bosqich – tuman (shahar) miqyosida oktyabr oyida;
3-bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida noyabr oyida;
4-bosqich – respublika miqyosida barcha fanlardan aprel-may oylarida.

🏢 Barcha fanlardan nazorat turlari, shakllari, baholash mezonlari Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

📌 4-bosqichda maktablarning 11-sinf, kasb-hunar maktablari, akademik litseylarning 2-bosqich o‘quvchilari qatnashadi.

🏆 Har bir fan yo‘nalishida ballar ketma-ketligida 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar g‘olib hisoblanadi.

☑️ Asosiy olimpiada g‘oliblariga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:

👉 3-bosqichda g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchiga:

● 1-o‘rin – BHMning 6 baravari;
● 2-o‘rin – BHMning 4 baravari;
● 3-o‘rin – BHMning 3 baravari.

👉 4-bosqichda g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchiga:

● 1-o‘rin – BHMning 12 baravari;
● 2-o‘rin – BHMning 8 baravari;
● 3-o‘rin – BHMning 6 baravari.

🧾 Shuningdek, 4-bosqich g‘oliblariga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat OTMlariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va 3 yil davomida amal qiluvchi elektron sertifikatlar beriladi.

🎓 Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha mazkur sertifikatni olgan o‘quvchilarga ixtisoslik fan sifatida matematika fanidan davlat OTMlariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqi beriladi.

💰 Taʼlim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib ishlayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi to‘lanadi.

Ta’lim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktablar Prezident sovrini bilan mukofotlanadi

Qaror bilan Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

📌 Nizomga ko‘ra, Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab tanlovi har yili ingliz, nemis, fransuz tillari (xorijiy tillar) o‘qitiladigan maktablar o‘rtasida o‘tkaziladi.

📝 Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan maktab har yili 20 sentyabrgacha Xalq taʼlimi vazirligi axborot tizimida maktab terma jamoasini ro‘yxatdan o‘tkazadi.

🗓 Shunga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan maktab har yili 20 oktyabrgacha axborot tizimiga xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha belgilangan asosiy ko‘rsatkichlarini kiritadi.

🏫 Tanlovda har bir maktabdan bitta til bo‘yicha bitta terma jamoa ishtirok etishi mumkin. Terma jamoa 7-9-sinflarda o‘qiydigan 5 nafar o‘quvchidan tashkil topadi.

🔘 Tanlov 3 bosqichda quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

👉 1-bosqich (tuman bosqichi) – har yili fevral oyida. Bunda ishtirokchilarning xorijiy tillarni bilish darajasi test topshiriqlari vositasida sinovdan o‘tkaziladi.

👉 2-bosqich (viloyat bosqichi) – har yili aprel oyida. Ushbu bosqichda ishtirokchilarning tinglab tushunish (listening), yozish (writing), o‘qish (reading) va leksik-grammatik ko‘nikmalari baholanadi.

👉 3-bosqich (respublika bosqichi) – har yili avgust oyida. Mazkur bosqichda ishtirokchilarning tinglab tushunish (listening), yozish (writing), gapirish (speaking) va o‘qish (reading) ko‘nikmalari chet tilini bilishning xalqaro sertifikatsiyalangan standartlari asosida sinovdan o‘tkaziladi hamda tegishli til ona tili sifatida foydalaniladigan mamlakatlar haqidagi bilimi tekshiriladi.

🏆 Respublika bosqichida 1-o‘rinni ko‘lga kiritgan maktab Prezident sovrini sohibi sifatida eʼlon qilinadi.

🔰 Tanlov g‘oliblari quyidagi miqdorlarda Prezident sovrini bilan mukofotlanadi:

☑️ Tuman (shahar) bosqichida:

👉 1-o‘rin – 100 million so‘m;
👉 2-o‘rin – 75 million so‘m;
👉 3-o‘rin – 50 million so‘m.

☑️ Viloyat bosqichida:

👉 1-o‘rin – 250 million so‘m;
👉 2-o‘rin – 200 million so‘m;
👉 3-o‘rin – 150 million so‘m.

☑️ Respublika bosqichida:

👉 1-o‘rin – 500 million so‘m;
👉 2-o‘rin – 400 million so‘m;
👉 3-o‘rin – 300 million so‘m.

Ta’lim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Talabalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida turar joylar quriladi

“Respublika oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (563-son, 09.09.2021 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, talabalar turar joylari davlat-xususiy sheriklik asosida quyidagi shakllarda barpo etiladi:

loyihalarni tadbirkorning o‘z mablag‘idan kelishiladigan shartlar asosida moliyalashtirish;
loyihalarni tadbirkor va Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan aralash moliyalashtirish (kamida 200 o‘rinli turar joyni barpo etish uchun);
loyihalarni tadbirkorning to‘liq o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish (kamida 400 o‘rinli turar joyni barpo etish sharti bilan).

Turar joylarni qurish uchun viloyat hokimlari tomonidan OTMga 0,5 gektargacha yer unga yaqin joylardan ajratiladi.

Tadbirkorga tegishli yer yoki binoda kamida 50 o‘rinli turar joy tashkil etish tizimi joriy etiladi.

💰 Bunda, to‘lov OTM bilan kelishiladi hamda u yerda yashagan har bir talaba uchun tadbirkorga bir o‘quv yili uchun Toshkent shahrida BHMning 10 baravari, boshqa hududlarda esa 5 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.

☑️ OTMlarning oshxona va bufetlarini olgan tadbirkorlarga davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari qo‘llaniladi.

Bunda, tadbirkorlar talabalar uchun sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar tayyorlash hamda ularni arzon narxlarda sotish majburiyatini oladi.

📌 2021 yil 1 sentyabrdan talabalar bilan ishlash bo‘yicha “guruh murabbiyi” instituti bekor qilindi hamda o‘rniga 1–3-kurs talabalari uchun muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam ko‘rsatuvchi tyutorlarni biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

💼 Har 120–150 nafar talabaga 1 ta shtat birligi hisobida “Tyutor” lavozimi kiritiladi.

Qarorga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 228 ta talabalar turar joylari (400 o‘rinli) barpo etiladi. Shundan hududlarda 2022 yilda 47 ta, 2023 yilda 67 ta, 2024 yilda 62 ta, 2025 yilda 52 ta talabalar turar joylarining qurilishi belgilangan.

Ta’lim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Avtomaktab oʻqituvchilari IIV Akademiyasida malaka oshiradi

Haydovchilar tayyorlovchi taʼlim tashkilotlari oʻqituvchi va haydovchi-yoʻriqchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tartibga soluvchi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3421, 02.03.2023-y.)

🔰 Nizomga koʻra, taʼlim tashkilotlari oʻqituvchi va haydovchi-yoʻriqchilarini shartnoma asosida qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish (har 3 yilda bir marta) Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

➡️ Bunda tinglovchilar asosiy ish joyidan ajralgan holda oʻqitiladi.

🔢 Oʻquv jarayoni 25 nafardan ortiq boʻlmagan tinglovchidan iborat guruhlarda tashkil qilinadi.

Mazkur kurslarda oʻqish uchun talabgorlar Akademiyaning rasmiy veb-sayti orqali ariza bilan murojaat qiladi.

🗓 Ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran 3 ish kuni ichida oʻrganib chiqilib, kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda Akademiya va talabgor oʻrtasida shartnoma tuziladi.

💰 Toʻlov miqdorlari:

▫️haydovchi-yoʻriqchilarni qayta tayyorlash, shuningdek malakasini oshirish kurslarining har biri uchun – BHMning 4,5 baravari (1 mln 350 ming soʻm);

▫️oʻqituvchilarni qayta tayyorlash kursi uchun – BHMning 4 baravari (1,2 mln soʻm), ularning malakasini oshirish kursi uchun – BHMning 7 baravari (2,1 mln soʻm).

Tinglovchilarga ularning oʻquv jarayonida ishtirokini taʼminlash hamda oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishda tyutor (oʻqituvchi-konsultant) yordamlashadi.

📝 Qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchiga diplom, malaka oshirish kursini tamomlagan tinglovchiga esa sertifikat taqdim etiladi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Professional taʼlim tashkilotlarining bir qator sohalar bo‘yicha oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlim ustalariga imtiyozli shartlarda subsidiya berish tartibi joriy etiladi

“2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–51-son, 13.04.2023-y.) qabul qilindi

🔰Farmonga koʻra,2023-yil 1-maydan quyidagi oʻzgartirishlar kiritiladi:

🔹professional taʼlim tashkilotlarining muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalaridagi maxsus fanlar boʻyicha dars berayotgan yoki oʻquv amaliyotini oʻtkazayotgan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlim ustalariga imtiyozli shartlarda subsidiya xabarnomalarini berish tartibi joriy etiladi;

🔹uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun olinadigan ipoteka kreditlari boʻyicha berilgan subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomalarning amal qilish muddati 4 oy etib belgilanadi;

🔹2023-yil uchun ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishga doir arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2023-yil 1-maydan 2023-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi;

🗓 Farmonga koʻra, 2023-yilda:

🔸 kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun respublika boʻyicha jami 44 690 ta ipoteka kreditlari ajratiladi.

Mazkur kreditlarning kamida 30 foizi xotin-qizlarga ajratilishi belgilangan.

🔸ipoteka kreditlari boʻyicha 30 ming nafar shaxsga subsidiyalar ajratiladi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Yosh chegarachilar” klublari tashkil etiladi

Hukumat qarori (261-son 26.06.2023 y) bilan “Yosh chegarachilar” to'g'risida nizom tasdiqlandi

🔰 Nizomga ko'ra, chegaraoldi shahar va tumanlardagi maktablarda “Yosh chegarachilar” klublari tashkil etiladi.

🏫 Klub maktab direktori tomonidan tasdiqlangan ramziy bayrog'i, vimpeli va shioriga ega bo'ladi.

Klub a'zoligiga maktablarning 9, 10 va 11-sinf o'quvchilari, o'z xohishiga ko'ra, cheklanmagan miqdorda qabul qilinadi.

Klubga qabul qilish uchun a'zolik badali yoki boshqa to'lovlar amalga oshirilishiga yo'l qo'yilmaydi.

🔢 Qaror bilan shuningdek, “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasini o'tkazish tartibi belgilandi.

📝 Unga ko'ra, “Yosh chegarachilar” klublarining chaqiriqqacha tayyorgarlik yoshidagi (10–11-sinf) a'zolari o'rtasida quyidagi 3 bosqichli musobaqalar o'tkaziladi:

🔹tuman (shahar) bosqichi – mart-aprel oylarida;
🔹viloyat (Qoraqalpog'iston Respublikasi) bosqichi – aprel oyining uchinchi o'n kunligida;
🔹respublika bosqichi – may oyining ikkinchi o'n kunligida.

🔢 Musobaqada ishtirok etuvchi jamoa o'quv yilining boshida klubning musobaqa shartlari bo'yicha yuqori natija ko'rsatayotgan 10 nafar a'zosidan (8 nafar o'g'il, 2 nafar qiz) iborat tarkibda tuziladi.

🎁 Musobaqaning har bir bosqichida 1, 2 va 3-o'rinni egallagan jamoalar diplom, kubok va sovg'alar bilan mukofotlanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Davlat-xususiy sheriklik asosida bog'cha tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar foiz stavkalari va shartlari tasdiqlandi

“Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada qo'llab-quvvatlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–316-son, 27.09.2023-y.) qabul qilindi.

📝 Qarorga ko'ra, davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar loyiha tashabbuskorlariga quyidagi tabaqalashtirilgan foiz stavkalarida va shartlarda ajratiladi:

Toshkent shahrida – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 12 foiz stavka bo'yicha;

Nukus shahri, viloyatlar markazlari va viloyatga bo'ysunuvchi shaharlarda – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 8 foiz stavka bo'yicha;

tumanlarda
– 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavka bo'yicha.

Yangi qarorga ko‘ra, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etilishi rad etilmasa, axborot tizimida avtomatik shakllantirilgan bitim xususiy sherik va davlat sherigi tomonidan elektron raqamli imzo orqali imzolanadi.

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim davlat sherigi tomonidan imzolanganidan keyin boshlashga haqli.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to'lovi miqdorlarini tasdiqlash to'g'risida”gi Hukumat qarori (246-son, 29.04.2024 y.) qabul qilindi.

🔰Unga ko'ra, 2024-yil 1-iyundan va 2025-yil 1-yanvardan boshlab amal qiladigan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to'lovi miqdorlari tasdiqlandi.

Davlat bogʻchalari toʻlovi 1-iyundan oʻrtacha 20%ga, yangi yildan esa yana 10%ga qimmatlamoqda. Oxirgi marta bogʻcha puli 3-yil avval, 2021-yil 1-mayda 15%ga oshirilgandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Maktabgacha ta'lim agentligi faoliyati tugatildi

“Maktabgacha va maktab ta'limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-98-son, 02.07.2024 y.) qabul qilindi

🔰 Farmonga ko'ra, Maktabgacha ta'lim agentligi (Agentlik) faoliyati tugatildi hamda Agentlikning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tasarrufiga o'tkazildi.

🏢 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi zimmasiga quyidagi qo'shimcha funksiyalar yuklatildi, jumladan:

🔹ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

🔹maktabgacha ta'lim va tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta'lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish;

🔹maktabgacha ta'limning o'quv reja, dastur va o'quv-metodik majmualarini takomillashtirish, ularning umumiy o'rta ta'lim dasturlari bilan uzviyligini ta'minlash;

🔹davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari orasida sog'lom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha ta'lim bilan bosqichma-bosqich qamrab olinishini ta'minlash.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Nodavlat taʼlim muassasalari uchun berilgan imtiyozlar muddati uzaytiriladi

2030-yil 1-yanvargacha:

🔹xususiy bolalar bog'chasi va maktablar barcha soliq va yig'imlardan ozod qilinadi (ijtimoiy soliq bundan mustasno);

🔹xususiy bog'cha va maktablarda faoliyat yuritayotgan xorijiy o'qituvchilar va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi
2- va 75-moddalari

Ma'lumot uchun
: Imtiyoz dastlab 2021-yil 1-yanvargacha
berilgan edi, keyin 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.

Joriy yilning 9 oyi davomida 679 ta xususiy bog‘cha va maktablar 113,5 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM