Ta'lim nazorati
101K subscribers
4.01K photos
968 videos
428 files
5.94K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
Қўшма хат!.pdf
629.3 KB
November 30, 2020
January 9, 2021
January 8, 2023
February 1, 2023
March 11, 2023
April 7, 2023
April 8, 2023
#Savol_javob

Olis hududdagi maktabga borib ishlash niyatida boʻlgan pedagog xodim oliy yoki birinchi toifali oʻqituvchi boʻlishi kerak, toʻgʻrimi?

Albatta. Endigina oliy ta’limni tamomlagan oʻqituvchilarga bunday imkoniyat mavjud emas.

Qolaversa, pedagog xodim beriladigan imtiyozlardan foydalanishi uchun, albatta, boshqa hududdan kelgan boʻlishi kerak.

Yanada tushunarliroq qilib aytadigan boʻlsak, oʻqituvchining oʻzi shundoq ham olis hududdagi manzilda yashaydigan boʻlsa, ularga bu imtiyozlar berilmaydi.

Oʻqituvchi boshqa tuman yoki viloyatdan kelib ishlagan taqdirdagina, ustama toʻlanishi mumkin.

Oyina.uz saytida ushbu mavzu bo'yicha foydali maqola e’lon qilindi:
👉 https://oyina.uz/uz/article/1723

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 23, 2023
#savol_javob

Maktab direktorligiga nomzodlar uchun menejerlik o‘quv kurslariga sohadagi istalgan nomzod ishtirok etishi mumkinmi? Asosiy talablar nimalardan iborat?

Mazkur savolga Abdulla Avloniy nomidagi Milliy tadqiqot instituti rektori Abduvali Ismoilov javob berdi.

Nomzodlar vazirlikning hududiy boshqarmalari tavsiyasiga asosan ixtiyoriy ravishda qabul qilinishi ko’zda tutilgan. Bunda ular maxsus portal orqali elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tadi hamda menejerlik o‘quv kursida o‘qish uchun ariza topshiradi.

Nomzodlar kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotga, ta’lim sohasida besh yillik pedagogik ish stajiga, xorijiy tillardan birining boshlang‘ich darajasi hamda zamonaviy axborot-texnologiyalaridan foydalana olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 30, 2023
#savol_javob

Savol: “Men 2000-yilda maktabda ish faoliyatimni boshlaganman. 2021-yilda birinchi malaka toifasini oldim. 2026-yilda malaka toifa sertifikatim muddati tugaydi. Ungacha pedagogik stajim 26 yilga yetadi. 2026-yilda birinchi malaka toifam saqlanib qoladimi?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mutaxassisi Safarali Xamrayev javob berdi:

"Ha albatta yangi tartib boʻyicha 25-yillik pedagogik staj boʻlsa amaldagi malaka toifasi saqlanib qoladi. Bunday holatda 2026-yilda birinchi malaka toifasini bir umrga saqlab qolish boʻyicha murojaat qilish lozim boʻladi. Ushbu murojaatga asosan bir umrlik birinchi malaka toifasi sertifikati beriladi."

Onlayn muloqotdagi boshqa savollarga javoblarni kanalimiz (@uztdi)da e`lon qilamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 9, 2024
#savol_javob

Telegram botimiz(@uztdibot)ga “Biz oʻqiyotgan universitet litsenziyasi bekor qilingani uchun ariza yozib boshqa universitetga koʻchiryapmiz. Lekin shu paytgacha oʻqib kelgan universitetimiz toʻlov kontraktni ikkinchi yarim yillik uchun ham toʻlashni talab qilmoqda. Biz oʻqishni koʻchirgan universitetga ham ikkinchi yarim yillik uchun kontrakt toʻlayapmiz. Qaysi biriga toʻlashimiz kerak oʻzi? Ikki barobar xarajat qilishimiz kerakmi?”

Nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov kontrakt summasi talabalar va universitet oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan toʻlanadi. Siz pulni oliy taʼlim xizmatlaridan foydalanganimiz uchun toʻlaysiz. Agar universitetingiz litsenziyani bekor boʻlib, siz boshqa bir oliygohga koʻchirgan boʻlsangiz. Bu holatda Siz faqat ayni paytda oʻqishingizni koʻchirgan universitetga kontrakt toʻlaysiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 23, 2024
#abituriyent #savol_javob

Imtihonda ishtirok etib chiqqan abituriyentlar tomonidan eng koʻp berilayotgan savollar 1-qism

@Uztdibot telegram botimizga eng koʻp berilayotgan savollarga javob berib oʻtamiz.

➡️ Imtihonda ishtirok etib chiqqan abituriyentlar yoʻnalishni qachon tanlaydi?

Joriy yilda davlat OTMlariga hujjat topshirgan barcha abituriyentlar uchun test sinovlari toʻliq yakunlanib boʻlgach, abituriyentlarga yoʻnalish tanlash imkoniyati ochiladi.

➡️ 66,5 balldan kam toʻplaganlar davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilinmaydimi ?

Hozirlikcha minimal oʻtish ballari tasdiqlanmagan. Davlat qabul komissiyasi bir hafta muddatda tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishining oldingi oʻquv yilidagi oʻrtacha oʻtish ballarini hisobga olgan holda davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishning minimal oʻtish balini tasdiqlaydi.

➡️ Minimal oʻtish ballidan kam toʻplaganlar bir yil kutishi kerakmi?

Agar abituriyent davlat oliy taʼlim tashkilotlariga kirmoqchi boʻlsa kelasi yilni kutishi va qayta imtihon topshirib koʻproq ball toʻplashi lozim. Yoki nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan biriga hujjat topshirib shu yilning oʻzida talaba boʻlishi mumkin. Litsenziyasi mavjud, davlat namunasida diplom beradigan ishonchli nodavlat universitetlar haqida Taʼlim nazorati rasmiy kanali (@uztdi) orqali eʼlon berib boriladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 22, 2024